Mavzu: Xorijiy investitsiyalarni sug‘urtalash masalalari. Mavzu: Xorijiy investitsiyalarni sug‘urtalash masalalari


Download 19.05 Kb.
bet2/7
Sana02.06.2024
Hajmi19.05 Kb.
#1837664
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xorijiy investitsiya

Bundan tashqari, mazkur Prezident qarori asosida, mol-mulk sug‘urtasi va hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash bo‘yicha aholi va korxonalarning to‘lagan sug‘urta mukofotlari ularning daromad solig‘i bazasidan chiqarilishi belgilandi, bu bilan shaxsiy sug‘urtani va avvalo jamg‘arib boriladigan sug‘urta turlarini rivojlanishiga ulkan baza yaratib berildi. Hozirda O‘zbekistonda 29 ta sug‘urta kompaniyasi faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu sug‘urta kompaniyalaridan 4 tasi davlat ulushiga ega sug‘urta kompaniyalari hisoblanadi, bular “O‘zbekinvest” EIMSK, “O‘zagrosug‘urta” DASK, “Kafolat” DASK va “Madad” Sug‘urta agentligidir. “O‘zbekinvest hayot” sug‘urta kompaniyasi hayot sug‘urtasi sohasida faoliyat yuritadi va yana bitta qayta sug‘urta faoliyatini amalga oshiruvchi “Transinshurans” sug‘urta kompaniyasi mavjud. Qolgan 27 ta sug‘urta kompaniyasi umumiy sug‘urta sohasida faoliyat yuritmoqda.

2007 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan sug‘urta kompaniyalarining jami nizom jamg‘armasi 26,7 mlrd. so‘mni va xorijiy valyutada 67,1 mln. AQSH doll. tashkil etadi. Takidlash joizki jami nizom jamg‘armasining so‘mdagi qismi o‘tgan yilga nisbatan 1,5 barobar oshdi.

O‘zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan sug‘urta kompaniyalari tomonidan 2007 yilda barcha sug‘urta turlari bo‘yicha 72.0 mlrd. so‘m, sug‘urta mukofotlari yig‘ilgan bo‘lib, bu 2006 yilga nisbatan 44,7 %ga ko‘pdir.

O‘zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan sug‘urta kompaniyalari tomonidan 2007 yilda barcha sug‘urta turlari bo‘yicha 72.0 mlrd. so‘m, sug‘urta mukofotlari yig‘ilgan bo‘lib, bu 2006 yilga nisbatan 44,7 %ga ko‘pdir.

Yig‘ilgan sug‘urta mukofotlarining 95,3% i ixtiyoriy sug‘urta turlariga to‘g‘ri keladi, majburiy sug‘urta turlarining ulishi esa 4,7% ni tashkil qiladi. Mazkur holat respublikamizda ixtiyoriy sug‘urta turlarining jadal rivojlanayotganligidan dalolat beradi. Sug‘urta bozori bo‘yicha jami to‘lab berilgan sug‘urta qoplamalarining hajmi 7,9 mlrd. so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 14,5% ga ko‘pdir. 2007 yil yakunlariga ko‘ra sug‘urta kompaniyalari tomonidan amalga oshirilgan investitsiyalar miqdori 207,9 mlrd. so‘mdan oshgan, bu ko‘rsatkich 2006 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 12,5 %ga ko‘pdir.


Download 19.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling