Mavzu: Xorijiy investitsiyalarni sug‘urtalash masalalari. Mavzu: Xorijiy investitsiyalarni sug‘urtalash masalalari

Download 19.05 Kb.
bet5/7
Sana02.06.2024
Hajmi19.05 Kb.
#1837664
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xorijiy investitsiya

Xususan, mahsulot va xizmatlar bozorlarida O‘zbekiston eksportchilariga sug‘urta himoyasini taqdim etish maqsadida, «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi tashkil etildi. Bu sug‘urta kompaniyasi milliy eksport qiluvchilarning iqgisodiy manfaatlarini chet ellarda xorijiy hamkorlar tomonidan qabul qilingan kontrakt majburiyatlarining bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi siyosiy, tijorat va tadbirkorlik xatarlaridan sug‘urtaviy himoya qilishni hamda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga sarmoya sarflayotgan xorijiy investorlarning mulkiy va shaxsiy manfaatlarini kompleks sug‘urtaviy himoya qilishni ta’minlaydi. Siyosiy xatarlardan sug‘urtalash bo‘yicha xalqaro tamoyillarga asoslangan holda «Uzbekinvest-interneyshnl» AJ xorijiy investitsiyalarni va savdoni sug‘urtalash sohalarida o‘zining sug‘urta xizmatlarini taqdim etadi. Bugungi kunda, bu kompaniya xorijiy investitsiyalarni quyidagi siyosiy xatarlardan sug‘urtalamoqda: mulkni musodara qilishdan; ekspropriatsiyadan; mulkdan mahrum qilishdan yoki milliylashtirishdan; qo‘shimcha xatarlar sifatida - tanlovli kamsitishlardan; aktivlardan majburiy mahrum etilishdan; eksport - import embargosidan; litsenziya bekor qilinishidan; urush va fuqarolar g‘alayonidan; hukumat shartnomasi bekor qilinishidan hukumat kafolatlarining noqonuniy ravishda yo‘q qilinishidan va boshqalardan.

Uzoq muddatli xatarlarni qoplash bo‘yicha kompaniya jahon sug‘urta biznesining etakchi sug‘urta va qayta sug‘urtalash kompaniyalari, xalqaro moliyaviy institutlari hamda davlat eksport - kredit agentliklari bilan, qisqa muddatli xatarlar bo‘yicha siyosiy xatarlarni sug‘urtalovchi xususiy bozor kompaniyalari bilan faol hamkorlikni rivojlantirmokda. Yirik investitsiya loyihalarini qoplash bo‘yicha qo‘shma korxonaning AIG (AQSH) sug‘urta kompaniyasi va Lloyds bozoridagi xususiy kompaniyalar bilan shartnomalari bor.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling