Mavzu: Xorijiy investitsiyalarni sug‘urtalash masalalari. Mavzu: Xorijiy investitsiyalarni sug‘urtalash masalalari


O‘zbekiston hukumati tomonidan sug‘urta sohasini rivojlantirishga katta e’tibor berilib, sug‘urta bozorini bosqichma-bosqich isloh qilish amalga oshirilmoqda


Download 19.05 Kb.
bet4/7
Sana02.06.2024
Hajmi19.05 Kb.
#1837664
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xorijiy investitsiya

O‘zbekiston hukumati tomonidan sug‘urta sohasini rivojlantirishga katta e’tibor berilib, sug‘urta bozorini bosqichma-bosqich isloh qilish amalga oshirilmoqda.

Hozirgi paytga kelib, sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi amaldagi, umumiy, maxsus qonunchilik hamda qonunga asoslangan va ma’muriy - me’yoriy hujjatlarni o‘z ichiga oluvchi qonunchilik tizimi yaratildi. Bunday sug‘urtalash huquqiy tizimining mavjudligi respublika sug‘urta bozorini rivojlantirishga va takomillashtirishga asos bo‘ldi.

SHuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta qonunchiligi O‘zbekiston hududida xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga sug‘urta tashkilotlarini tashkil etishda investorlarning nizom sarmoyasida qatnashish ulushini qattiq chegaralashni nazarda tutmaydi.

SHuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta qonunchiligi O‘zbekiston hududida xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga sug‘urta tashkilotlarini tashkil etishda investorlarning nizom sarmoyasida qatnashish ulushini qattiq chegaralashni nazarda tutmaydi.

2021 yilning oxiriga kelib respublikamizda 32 ta sug‘urta tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqdadi.. Ularning 300 bo‘linmasi, shu jumladan, chet el sug‘urta bozori vakillari ishtirokida tuzilgan to‘rtta sug‘urta va brokerlik kompaniyasi ish olib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarining ustuvor yo‘nalishlari amalga oshirilishi investitsiya faoliyatini jadallashtirishga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishga, eksport salohiyatini kengaytirish va eksportning o‘sishiga ko‘maklashishga qaratilgan. Bu esa, sug‘urta kompaniyalari faoliyatini keng qamrovda rivojlantirishni taqozo etadi.

Xususan, mahsulot va xizmatlar bozorlarida O‘zbekiston eksportchilariga sug‘urta himoyasini taqdim etish maqsadida, «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi tashkil etildi. Bu sug‘urta kompaniyasi milliy eksport qiluvchilarning iqgisodiy manfaatlarini chet ellarda xorijiy hamkorlar tomonidan qabul qilingan kontrakt majburiyatlarining bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi siyosiy, tijorat va tadbirkorlik xatarlaridan sug‘urtaviy himoya qilishni hamda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga sarmoya sarflayotgan xorijiy investorlarning mulkiy va shaxsiy manfaatlarini kompleks sug‘urtaviy himoya qilishni ta’minlaydi. Siyosiy xatarlardan sug‘urtalash bo‘yicha xalqaro tamoyillarga asoslangan holda «Uzbekinvest-interneyshnl» AJ xorijiy investitsiyalarni va savdoni sug‘urtalash sohalarida o‘zining sug‘urta xizmatlarini taqdim etadi. Bugungi kunda, bu kompaniya xorijiy investitsiyalarni quyidagi siyosiy xatarlardan sug‘urtalamoqda: mulkni musodara qilishdan; ekspropriatsiyadan; mulkdan mahrum qilishdan yoki milliylashtirishdan; qo‘shimcha xatarlar sifatida - tanlovli kamsitishlardan; aktivlardan majburiy mahrum etilishdan; eksport - import embargosidan; litsenziya bekor qilinishidan; urush va fuqarolar g‘alayonidan; hukumat shartnomasi bekor qilinishidan hukumat kafolatlarining noqonuniy ravishda yo‘q qilinishidan va boshqalardan.


Download 19.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling