Mavzu: Xorijiy investitsiyalarni sug‘urtalash masalalari. Mavzu: Xorijiy investitsiyalarni sug‘urtalash masalalari


Download 19.05 Kb.
bet7/7
Sana02.06.2024
Hajmi19.05 Kb.
#1837664
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xorijiy investitsiya

Xalqaro kafolatlar markaziy banklar, tijorat banklari, korporatsiyalar, xukumat va xalqaro tashkilotlar tomonidan beriladi. Xalqaro kafolatlar banklar va boshka kafolat beruvchi tashkilotlar uchun muhim daromad manbai hisoblanadi, ammo bular yuqori riskli operatsiyalar hisoblanadi.

Xalqaro kafolatlarda uchinchi bir tomonning ishtirok etishi shartdir. Aynan mana shu kafolat beruvchi tomonning to‘lovga layoqatliligi asosiy masala bo‘lib hisoblanadi. Xalqaro kafolatlar xalqaro mikyosda tan olingan sub’ektlar tomonidan beriladi.

Xalqaro kafolatlarning kuyidagi asosiy turlari mavjud:

Xalqaro kafolatlarning kuyidagi asosiy turlari mavjud:

To‘g‘ri kafolatlar - kafolat beruvchi tomon bevosita eksport-import operatsiyalariga kafolat beradi. Bunda mazkur to‘lov bo‘yicha majburiyatlarni to‘liq o‘z zimmasiga oladi. Bunday kafolatlar to‘lov talabnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar, hujjatlashtirilgan akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblarda keng qo‘llaniladi.

Vositalashgan kafolatlar. Bunda kafolat beruvchi uziga xos tarzda vositachilik vazifasini utaydi. Bunday kafolatlar eksport-import operatsiyalarida keng ishlatiladi.

Tasdiqlangan kafolatlar. Bunday kafolatlar berilgan kafolatlarni tasdiqlash shaklida namoyon bo‘ladi. Masalan, bank o‘z mijozi bo‘lgan import qiluvchining to‘lov majburiyatlari bo‘yicha kafolat bergan bo‘lsa, eksport qiluvchining banki ham ushbu kafolatlar bo‘yicha majburiyatni o‘z zimmasiga oladi. Bu esa mavjud kafolatlarni tasdiqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Xalqaro kafolatlarning yana quyidagi asosiy shakllari ham mavjud:

Xalqaro kafolatlarning yana quyidagi asosiy shakllari ham mavjud:

1.To‘lov bo‘yicha berilgan kafolatlar.

2.Sifatli maxsulotlar etkazib berish bo‘yicha berilgan kafolatlar (jarima, qo‘shimcha xarajatlar).

O‘zbekiston Respublikasida xalqaro kafolatlardan foydalanish masalasi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi. Respublikada katta summada moliyalashtirilayotgan loyihalarning aksariyatida davlat ulushining ko‘pligi sababli, xalqaro kafolatlarni ishlatuvchi sub’ekt hukumatdir. Bunday yirik loyihalarga Kukdumalok neft majmuini misol qilib keltirishimiz mumkin.

Olinayotgan xalqaro kreditlarning asosiy qismi O‘zbekiston Respublikasi hukumatining kafolati bilan olinmokda. Xalqaro kafolatlarni berishda tijorat tuzilmalari va banklarning ahamiyati kattadir. O‘zbekiston Respublikasida xalqaro kafolatlar o‘rnini bosuvchi majburiyatlarni pul mablag‘lari bilan ta’minlash tizimi keng qo‘llaniladi.


Download 19.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling