Mavzu: xotira
EMOSIONAL (hissiy) XOTIRA
Download 113.13 Kb.
|
Xotira-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- OBRAZLI XOTIRA
- Ba`zan EYDETIK
- Soʻz-mantiq xotirasi
EMOSIONAL (hissiy) XOTIRA - tuyg`u hissiyotga xos xotiradir. Emosional (hissiy) xotira biz boshimizdan kechirgan va xotiramizda saqlab qolgan hissiyotlar yo harakatga undovchi yoki o`tmishda salbiy kechinmalarga ega bo`lgan harakatlardan saqlab qoluvchi signal sifatida nomoyon bo`ladi. O`zga kishiga hamdard bo`lish qobiliyati, kitob qahramoni bilan birga qayg`urish hissiy xotiraga asoslanadi. Voqelikdagi narsa va hodisalardan, oʻz-oʻzimizga boʻlgan munosabatlarimizdan kelib chiqadigan yoqimli hamda yoqimsiz kechinmalarni esda qoldirish, esda saqlash, esga tushirishdan iborat xotira turi hissiy xotira turi deb ataladi.
OBRAZLI XOTIRA - tasavvurlar, tabiat va hayot manzaralari, shuning bilan birga, tovushlar, hidlar, ranglar, shakllar va ta`mlar bilan bog`liq xotiradir. Xotiraning bu turi KO`RISh, EShITISh, TUYISH, HID BILISH va TA`M xotiralaridan iborat bo`ladi. Xotiraning bu turlari turli odamlarda turlicha rivojlangan bo`lib, ko`pchilikda ko`rish va eshitish etakchi rol o`ynaydi. Ammo ba`zi kasblarda va ba`zi ko`rish va eshitish qobiliyatini yo`qotgan kishilarda xotiraning boshqa turlari yaxshi rivojlangan bo`ladi. Ba`zan EYDETIK deb atalgan ("eydos" - yunoncha so`z bo`lib OBRAZ degan ma`noni anglatadi) xotira turiga ega odamlar ham uchrab turadi. Ularda ko`rgan predmetlar, sharoitlar butunligicha, xuddi rasmga tushirib olingandek butun, barcha tafsilotlari bilan eslab qolinadi. Ular shu vaziyatni xuddi hozir idrok qilayotgandek "ko`ra oladilar". Soʻz-mantiq xotirasi mazmunini fikr va mulohazalar, aniq hukm hamda xulosa chiqarishlar tashkil etadi. Insonda fikr va mulohaza turli xil shakllar yordamida ifodalanganligi tufayli ularni ifodalash faqat oʻzlashtirilayotgan materiallarning asosiy ma’nosini izohlash, talqin qilib berish yoki ularni soʻzma-soʻz ifodalanishini aynan aytib berishga qaratilgan boʻlishi mumkin. Agar ma’lumot, axborot, xabar, material ma’no jihatidan qayta ishlanmasa, u holda materialni soʻzma-soʻz oʻzlashtirish, mantiqiy oʻrganish boʻlmasdan, balki aksincha mexanik esda olib qolishga aylanib qoladi. Soʻz-mantiq xotirasining vujudga kelishida birinchi signal bilan bir qatorda ikkinchi signallar tizimi asosiy hisoblanadi. Chunki soʻz mantiq xotirasi faqat insongagina xos boʻlgan xotiraning maxsus turi hisoblanib, bu xotira turi oʻzining sodda shakllari bilan hayvonlarga ham taalluqli boʻlgan harakat, his-tuygʻu va obrazli xotiralardan sifat, ham miqdor jihatdan keskin farq qiladi. Ana shu boisdan soʻz-mantiq xotirasi bir tomondan xotiraning boshqa turlari taraqqiyotiga asoslanadi, ikkinchidan ularga nisbatan yetakchilik qiladi. Shu bilan birga, boshqa turlarning rivojlanishi soʻz mantiq xotirasining takomillashuviga uzviy bogʻliqdir. Soʻz-mantiq xotirasining oʻsishi qolgan xotira turlarining barqarorlashuvini belgilaydi. Download 113.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling