Mavzu: xotira


Download 113.13 Kb.
bet1/5
Sana29.03.2023
Hajmi113.13 Kb.
#1306311
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Xotira-2


MAVZU: XOTIRA.
REJA
Xotira tushunchasi.
Xotira turlari .
Xotira jarayonlari
Xotiradagi individual xususiyatlari.
Xotiraning o’sishi.
O’qish faoliyatida xotirani o’stirish.
Xotira qonunlari va uning ahamiyatlari.
Dolzarbligi:Xotira insoning doimiy faoliyati, uning shaxs uchun ahamiyati, uning hayotdagi mavqei va qobiliyatlarining rivojlanganlik darajasi aynan xotirasining mazmuniga bog’liq . SHuning uchun bugungi kunda xotirasi mazmunli yoshlarni tarbiyalashimiz zarur.
Mavzuning maqsadi: Ushbu mavzuda talabalarga inson xotirasining ijtimoiy –tarixiy tabiati , inson xotirasi va faoliyati. Xotira mexanizmlari, tasavvuri turlari, jarayonlari tiblari, inson xayotidagi ahamiyati haqida ma’lumot berish.
Inson kundalik faoliyati davomida sezgan, idrok qilgan va fikr qilgan narsa va hodisalar izsiz yo’qolib ketmaydi. Ular ongimizda ma’lum darajada saqlanib qoladi. Keyinchalik kerak bo’lgan vaqtda esimizga tushurishimiz mumkin.
Demak, shaxsning ilgari idrok qilgan narsa va hodisalarini esda olib qolish, keyinchalik esga tushurish, esda saqlashdan iborat bo’lgan ruhiy jarayon xotira deyiladi. Inson ko’rgan kechirgan, his qilgan va eshitgan narsalarni juda oz miqdorinigina eslab qola oladi.
XOTIRA MEXANIZMLARI
Hozirgi kunda xotira mexanizmlari haqida juda ko`plab nazariyalar mavjud. Ularning barchasini bir necha guruhlarga birlashtirish mumkin.
Birinchi guruh nazariyalar - psixologik nazariyalar, ikkinchisi - neyrofiziologik nazariyalar. Ularga keyingi yillarda yangi nazariyalar, uchinchi yo`nalish - bioximik yo`nalishdagi nazariyalar qo`shilmoqda.
Barcha nazariyalar orasida eng oldin paydo bo`lib rivojlangan nazariyalarga psixologik nazariyalar kiradi. Bu nazariyalar xotira jarayonlarini tarkib toptirishda sub`ektning faolligiga qanday o`rin berilganligiga, sub`ekt faolligining o`ziga qanday qaralganligiga bog`liq ravishda klassifikatsiya qilinadi. Shunday oqimlardan biriga assosiativ nazariya kiradi.

Download 113.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling