Mavzu: xotira
Download 113.13 Kb.
|
Xotira-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- "ishchi" xotira
- Ixtiyorsiz esda qoldirishda
- Ixtiyorsiz esda qoldirishda
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
OPERATIV XOTIRA tushunchasi inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan aktual harakatlar, operatsiyalar uchun xizmat qiluvchi mnemik jarayonlarni bildiradi. Masalan, arifmetik amalni bajarayotganda biz oraliq natijalarni "yodimizda" saqlab turamiz. Ishlatilgan, ishlangan materiallar esa esdan chiqarib yuborilaveradi. Ish tugatilgach ko`pincha barcha informatsiyalar esdan chiqarib yuboriladi. Shu sababli xotiraning bu turini "ishchi" xotira ham deb yuritiladi.
Xotira faoliyati esda qoldirishdan boshlanadi. Esda qoldirish idrok qilingan narsa va hodisalarni miya poʻstida iz hosil qilishdir. Uning fiziologik asosi miya poʻstida muvaqqat nerv bogʻlanishining vujudga kelishidir. Esda qoldirish oʻzining faolligi jihatidan ikkiga boʻlinadi: a) ixtiyoriy esda qoldirish; b) ixtiyorsiz esda qoldirish. Ixtiyorsiz esda qoldirishda oldindan maqsad quyilmaydi, mavzu tanlanmaydi va iroda kuchi sarflanmaydi. Oʻzining goʻzalligi, hissiy ta’sirchanligi, hajmi, harakatchanligi, tezligi, shakli va boshqa xossalari bilan farq qiladigan narsa va hodisalar ixtiyorsiz esda qoladi. Masalan, tasodifiy hodisalar, karnay-surnay ovozi ixtiyorsiz esda qoladi. Ixtiyorsiz esda qoldirishda qiziqish katta rol oʻynaydi. Bizning oldingi tajribamiz bilan bogʻliq narsa va hodisalar beixtiyor oson esda qoladi. Biz ba’zi bir faktlarni bilsak, ular haqida tushunchaga ega boʻlsa, shu faktlarga tegishli boʻlgan hamma narsalar oson esda qoladi. Ixtiyorsiz esda qoldirish inson hayotida katta ahamiyatga ega boʻlib, undan ortiqcha harakat talab qilmagan holda hayotiy tajribalarni kengaytiradi va boyitadi. Biroq ixtiyorsiz esda qoldirish tez boʻlsa ham koʻpincha noaniq boʻladi, bunday esda olib qolingan narsa va hodisalar keyinchalik yanglish esga tushiriladi. Ixtiyoriy esda qoldirishda esa oldindan maqsad qoʻyib mavzu belgilanadi. Masalan, dars materiallarini esda olib qolish, imtihonga tayyorlanish va boshqalar. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!! Download 113.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling