Mavzu: Xotiraning nerv-fiziologik asosi va xotira nazariyalari
Download 80.53 Kb.
|
1 2
Bog'liqXotiraning nerv-fiziologik asosi va xotira nazariyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Sekin tez Birinchi tipdagi xotira egasi bo’lgan o’quvchilar materialni tez esga oladilar va uzoq muddat xotirada saqlaydilar. Ularda unutish jarayoni sekin sodir bo’ladi. Bu tip xotira egasi bo’lgan o’quvchilar yaxshi xotirali sifatida izohlanadilar. Ikkinchi tip xotira egasi bo’lgan o’quvchilar materialni sekin o’zlashtiradilar, ammo uni uzoq esda tuta oladilar. Ular birinchi tip xotira egasi bo’lgan o’quvchilardan bilimlarni o’zlashtirish jarayonining sekinligi bilan farq qiladilar. Uchinchi tip xotirali o’quvchilar materialni tez o’zlashtiradilar, lekin bu o’zlashtirish yuzaki bo’ladi va tez unutiladi, ularning materialni o’zlashtirishga bo’lgan harakati mexanik mohiyatga ega bo’ladi. To’rtinchi tip xotiraga taalluqli o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish jarayoni juda sekin bo’lib, o’zlashtirilgan bilimlarni unutishi esa ancha tezdir. Bu tipdagi o’quvchilar kuchsiz xotira egasi sifatida izohlanadilar, ular hamma vaqt o’qituvchining diqqat markazida bo’ladilar.
SHuni ta`kidlash lozimki, xotiraning yuqoridagi to’rt tipi hamma sinf o’quvchilari jamoasida mavjuddir. Bu hol har bir o’qituvchidan o’z sinfi o’quvchilarining xotira tipini bilishni va ana shundan kelib chiqib o’quvchilarga nisbatan individual munosabatda bo’lishni talab qiladi. CHunki o’qituvchi yuqoridagi uchinchi va to’rtinchi xotira tipiga taalluqli o’quvchilarni doim nazorat qilib turmasa, ularni o’z ustida sistemali ishlashga majbur etmasa, ularning xotirasi zaifligicha qolaveradi. Quyidagi hollar xotiraning asosiy qonuniyatlaridir: A) Maqsad aniq bo’lgandagina odam u yoki bu narsani uzoq muddat esda saqlaydi. B) Mazmuni to’liq tushunilgan, logik xotira yordamida o’rganilgan material uzoq vaqt esda saqlanadi V) esga olingan (o’zlashtirilgan) materialni xotirada saqlash uni vaqt-vaqti bilan takrorlab turishni, mashq qilishni taqozo etadi. G) Istagan materialni uzoq vaqt esda saqlash va mazmunini chuqur tushunish uchun uni qismlarga ajratish yo’li bilan o’rganish va takrorlash maqsadga muvofiqdir. Xotirani tarbiyalash muhim psixologik muammodir. Tarixda o’z xotirasi ustida ishlab, uni boyitgan, o’tkirlashtirgan va buning natijasida katta muvaffaqiyatlarga erishgan shaxslar juda ko’p. Ulug’ mutaffakir Alisher Navoiy juda o’tkir zehn va xotira egasi bo’lgan. U bir marta o’qigan sabog’ini qayta takrorlamagan, xotirasining mahsuldorligi tufayli Aristotel’ o’z zamonasigacha bo’lgan barcha fanlarga taalluqli kitoblarni o’qib chiqqan va bu ummondan ko’nglini oziqlantirgan. Muloqot, Psixologik ta`limotga muvofiq odamning shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etishi uzoq muddatli va murakkab jarayon hisoblanadi. Odamning shaxs sifatida kamolga etishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (odam yashab turgan sharoit), aniq maqsadga yo’naltirilgan tarbiya bilan birga uning boshqa shaxslar bilan muloqotlarining ham muhim ahamiyati bor. Tabiiyki, shaxs o’zi yashab turgan jamiyat odob-ahloq normalari qurshovida hayot kechiradi. SHunday ekan, uning ma`naviy olami mazmuni ijtimoiy muloqotlari mohiyati bilan izohlanadi. SHaxsning ijtimoiy muloqotlari qanchalik boy va mazmundor bo’lsa, uning ma`naviy olami shu qadar yuksak bo’ladi. Mustaqillik tufayli respublikamizda yangi mazmundagi ijtimoiy muhit yuzaga keldi. Buning natijasida inson shaxsi oldiga qo’yiladigan talablar ham o’zgardi, uning muloqotlari mazmuni va doirasi ham o’zgacha bo’lib qoldi. Istalgan jamoadagi singari oliy ta`lim tizimida ham shaxslararo muloqotlarning g’oyat murakkab ko’rinishlari bor. Bu g’oyat muhim muloqotlarni umuminsoniy axloq talablari nuqtai nazaridan davr axloqiy sifatlariga mos tushadigan va mazmunan unga zid bo’lgan yo’nalishlarga ajratish mumkin. Agar muloqotlar o’zaro ishonch, odillik, do’stlik, g’amxo’rlik, hurmat va e`zoz-e`tiborga asoslansa, ijobiy hissiyotlar manbai sifatida xizmat ko’rsatadi. Beodoblik, qalloblik, g’araz, hurmatsizlik va ishonchsizlik kabi yo’nalishda bo’lsa, salbiy hissiyotlar manbai mazmuniga ega bo’ladi. Muloqotlar mazmuni shaxslararo munosabatlar mohiyatini ifodalaydi. SHaxslararo muloqotlar guruhdagi talabalarning bir-biri bilan (guruh muhitida), boshqa guruhlar va kurslar talabalari bilan, o’qituvchilar, fakul’tet yoki bo’lim rahbarlari, o’qimaydigan do’stlari, oila a`zolari, qarindosh va og’a-inilar bilan bo’ladigan muloqotlarni o’z ichiga oladi. Bu muloqotlar jarayonida talaba shaxsining qobiliyatlari, qiziqishlari, diqqati, xotirasi, xayoli va tafakkuri kabilar o’z aksini topadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati “Psixologiya ( Yosh davrlari psixologiyasi)” - E.G‘.G‘oziyev, T .1994y “Yosh davrlari va pedagogik psixologiya”- Darslik, -SH.A.Do’smuxamedova., X.A.Tillayeva, G.Yu.Baykunusova, G.Z.Ziyavitdinova, Nizomoiy nomidagi TDPU, 2021yil “Umumiy psixologiya” - Ivanov I., Zufarova M.”. O’z.FMJ., 2008. “Sport psixologiyasi” - Masharipov Yu., T:2016 yil. Download 80.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling