Din markazi - ehromdir. Dinning muhim elementlari cherkovga qatnovchilar hayotining maishiy asoslarini tartibga soluvchi bayramlar, shuningdek postlardir. Din markazi - ehromdir. Dinning muhim elementlari cherkovga qatnovchilar hayotining maishiy asoslarini tartibga soluvchi bayramlar, shuningdek postlardir.
U Avliyo Andrey kunidan keyingi birinchi yakshanbada - 30 noyabrda boshlanadi. Ular uch ibodat bilan: yarim tundagi, ertalabki va kunduzgi bilan nishonlanib, Bibi Maryam homilador bo'lishi, Isoning tug'ilishi va dindorning qalbida bo'lishi kabi ramziy ma'noni anglatadi. O'sha kuni tazim qilish uchun ehromlarda go'dak Isoning figurasi qo'yilgan yaslilar o'rnatiladi. Katolik iyerarxiyasida uch darajadagi ruhrniylar bor:diaon (kyure, pater, kendz) Yepiskop.Yepiskopni papa tayinlaydi. Papani kardinal kollegiya saylaydi. Bunda umumiy ovozning uchdan ikki qismi plyus 1 ovoz to'planishi shart.(yashirin ovoz berish yo'li bilan). II Vatikan soborida (1962-1965 yillari) cherkov hayotining barcha jabhalarini yangilash, zamonaviylashtirish jarayoni boshlandi. Birinchi navbatda ibodat an'analariga tegishli bo'ldi. Masalan, ibodatni lotin tilida olib borishdan voz kechildi.
Milodiy post katoliklarda advent deb ataladi
Protestantlik oqimi Protestanizm tarixi Martin Lyuterdan (1483-1546) boshlanadi. U birinchi bo'lib katolik cherkovi bilan aloqani uzdi va protestant cherkovining asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va uni himoya qildi. Bu nizomga ko'ra, insonning Xudo bilan bevosita muloqoti mumkin. Lyuterning diniy va dunyoviy hokimiyatga qarshi chiqishlari,katolik dindorlarning imonni va vijdonni inson bilan Xudo o'rtasidagi vositachi sifatida nazorat qilish haqidagi mulohazalarga qarshi chiqishi jamoatchilik tomonidan favqulodda diqqat bilan tinglandi. Protestantizmning mohiyatiga ko'ra, ilohiy lutfu marhamat insonlarga cherkovning vositasisiz, bevosita in'om etiladi. Inson najot topishi uning shaxsiy e'tiqodi va Isoning vosita orqali ro'y beradi. Avom ruhoniylardan farqlanmaydi, ruhoniylik hamma dindorlarga bir xilda joriy etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |