Mavzu: Xristianlikdagi oqimlar. Reja


Download 24.16 Kb.
bet9/10
Sana31.01.2024
Hajmi24.16 Kb.
#1829905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Boshlang’ich ta’lim v-hozir.org

Presviterianlar


  • Presviterianlik kalvinistik cherkovdan kelib chiqqan bo'lib, (yunoncha eng eski) mo''tadil puritanlardir.

  • 1592 yili Shotlandiya parlamenti bu ta'limotni asosiy mafkura deb hisoblash haqida qaror qabul qilgan. Bu jamoa boshida uning a'zolari tomonidan saylangan presviter turadi. Jamoalar mahalliy va davlat ittifoqlariga birlashadi. Diniy marosim ibodat, presviterning mav'izasi, oyatlarni kuylashdan iborat. Liturgiya bekor qilgan, na "din ramzi" va na "otche nash" o'qilmaydi. Faqat dam olish kunlari bayram kuni deb hisoblanadi.

Anglikan cherkovi


  • Anglikan cherkovi - Angliyaning davlat cherkovi 1534 yilda mahalliy katolik cherkovi Rim qiroli Genrix VIII ning cherkov boshlig'i deb e'lon qildi, ya'ni cherkov qirol hokimiyatiga bo'ysundirildi. XVI asr o'rtalariga kelib ibodatni ingliz tilida olib borish joriy etildi, postlar bekor qilindi, but va sanamlar olib tashlandi, ruhoniylar uylanmasligi majburiy bo'lmay qoldi. "Mo''tadil yo'l" ta'limoti, ya'ni Rim katolisizmi va protestanizm orasidagi o'rtacha yo'l shakllandi. Anglikan diniy ta'limoti "Umumiy ibodatlar kitobi"da aks ettirilgandir.

Baptizm


  • Protestant ta'limotining eng ko'p sonli davomchilari baptistlardir.

  • Baptizm (yunoncha "suvga cho'ktirish") XVII asr boshlarida vujudga kelgan bo'lib, hozirgi kunda dunyoning 130 mamlakatida o'z tarafdorlariga ega.

  • Bu ta'limot tarafdorlari faqat o'spirinlarnigina cho'qintirishga olib boradilar.

  • "Hech kim, jumladan, ota-onalar ham kishi uchun biror dinni tanlay olmaydi. Kishi dinni ongli ravishda o'zi ixtiyor qilmog'i zarur", degan qoida baptistlar va zabur xristianlarining asosiy qoidasidir, ularda ibodat o'ta soddalashtirilgan bo'lib, diniy qo'shiq, ibodat va mav'izadan iborat.

  • Zabur xristianlari to'rtta rusumni saqlab qolishgan: cho'qintirish, (o'spirinlar uchun) tanovul, nikoh, qo'l bilan silab qo'yish.

  • Bu xristianlar uchun but ehtirom ramzi emas.

Download 24.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling