Mavzu: Xususiy kapital hisobini tashkil etish va uning vazifalari


Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari hisobi


Download 74.71 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi74.71 Kb.
#1624984
1   2
Bog'liq
Xususiy kapital hisobi shukrulloyev.M

5. Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari hisobi
8910-“Kelgusi xarajatlari va to‘lovlar rezervlari” hisobvarag‘i bir maromda xarajat va to‘lovlarni ishlab chiqarish yoki muomala xarajatlariga kiritish yo‘li bilan belgilangan tartibda rezerv qilingan summalar holati va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlash uchun qo‘llaniladi.
Xususan, ushbu hisobvaraqda asosiy vositalarni ta’mirlash bo‘yicha kelgusi xarajatlar summasini aks ettirish mumkin. Rezervning hosil bo‘lishi:
Debet 2010, 2110, 2310, 2510
Kredit 8910-“Kelgusi xarajatlari va to‘lovlar rezervlari”.
Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq bunday rezervni tashkil qilish tavsiya qilinmaydi, chunki korxona uni tashkil etishda o‘z hisobotida amalga oshirilmagan xarajatlarni aks ettiradi va foydani kamaytiradi.
Tijorat korxonalari, agar hisob sig‘satida bu aks ettirilgan bo‘lsa, faqat sof foyda hisobiga rezerv tashkil etishlari mumkin. Ishlab chiqarish ehtig‘jlari uchun rezervdan foydalanishda soliq solinadigan baza mazkur xarajatlar summasiga kamaytiriladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobiga rezerv tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, asosan mavsumiy ishlaydigan korxonalar uchun ruxsat etiladi.
Korxonalarda tashkil etilgan ushbu rezervlardan asosiy vositalar ta’mir qilinag‘tganda va boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin.
Ilgari tashkil etilgan rezerv hisobidan asosiy vositani kapital ta’mir qilish uchun materiallar sarflansa, quyidagicha provodka beriladi:
Debet 8910-“Kelgusi xarajatlari va to‘lovlar rezervi”
Kredit 1010-“Xom-ashyo va materiallar”.
Ilgari rezerv qilingan summalar bo‘yicha hisob-kitob schyotidan xarajatlar to‘lansa, quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 8910-“Kelgusi xarajatlari va to‘lovlar rezervi”
Kredit 5110-“Hisob-kitob schyoti”.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.O’zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi to’g’risida qonuni. 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan.
2.BHMS № 1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot». O’z.R. Adliya Vazirligidan 1998 yil 14 avgustda ro’yxatdan o’tgan, № 474.
3.Mahsulot (ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda oxirga moliyaviy natijalarni shakllantirish to’g„risida Nizom». O’z.R. Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54- son qarori bilan tasdiqlangan.
4.Xo’jalik yurituvchi subektlarning harajatlari va moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibini takomillashtirish to’g’risida. O’z.R. VM ning 2003 yil 15 oktyabrdagi qarori, № 444.
5. BHMS № 3 «Moliyaviy natijalar to’g„risida hisobot».O’z. R. Adliya Vazirligidan 1998 yil 26 avgustda ro’yxatdan o’tgan, 484.
6.BXMS № 21 « Xo’jalik yurituvchi subektlar moliyaviy xo’jaligi buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo’yicha yo’riqnoma». O’z.R. Adliya Vazirligidan 2002 yil 23 oktyabrda ro’yxatdan o’tgan, № 1181.
7.Abdullayev A. Qayumov I. Buxgalteriya hisobi. T, «Minhoj» nashriyoti, 2002. 8.Zavalishina I.A. Praktika nalogooblojeniya. Izd.dom «Mir ekonomiki i prava», Tashkent, 2003.
9 Zavalishina I.A. Buxgalterskiy uchet po novomu. Izd.dom «Mir ekonomiki i prava», Tashkent, 2003.
10. Bobojonov O., Jumaniyozov K. Moliyaviy hisob. T., «Moliya», 2002. 11.Umarova M., Eshboyev O’., Axmadjonov Q. Buxgalteriya hisobi, T., Mehnat, 1999
12.G‘ulomova F.G‘. Buxgalteriya hisobi bo’yicha mustaqil o’rganish uchun qo‘llanma.T., Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, 2000
Download 74.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling