Mavzu: Xususiy kapital hisobini tashkil etish va uning vazifalari. Qo`shilgan kapital va zaxira kapitalini shakllantirish va ishlatilishini hisobga olish


Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari hisobi


Download 100.67 Kb.
bet2/2
Sana01.11.2023
Hajmi100.67 Kb.
#1737787
1   2
Bog'liq
Xususiy kapital hisobini tashkil etish va uning vazifalari.

5. Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari hisobi
8910-“Kelgusi xarajatlari va to‘lovlar rezervlari” hisobvarag‘i bir maromda xarajat va to‘lovlarni ishlab chiqarish yoki muomala xarajatlariga kiritish yo‘li bilan belgilangan tartibda rezerv qilingan summalar holati va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlash uchun qo‘llaniladi.
Xususan, ushbu hisobvaraqda asosiy vositalarni ta’mirlash bo‘yicha kelgusi xarajatlar summasini aks ettirish mumkin. Rezervning hosil bo‘lishi:
Debet 2010, 2110, 2310, 2510
Kredit 8910-“Kelgusi xarajatlari va to‘lovlar rezervlari”.
Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq bunday rezervni tashkil qilish tavsiya qilinmaydi, chunki korxona uni tashkil etishda o‘z hisobotida amalga oshirilmagan xarajatlarni aks ettiradi va foydani kamaytiradi.
Tijorat korxonalari, agar hisob sig‘satida bu aks ettirilgan bo‘lsa, faqat sof foyda hisobiga rezerv tashkil etishlari mumkin. Ishlab chiqarish ehtig‘jlari uchun rezervdan foydalanishda soliq solinadigan baza mazkur xarajatlar summasiga kamaytiriladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobiga rezerv tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, asosan mavsumiy ishlaydigan korxonalar uchun ruxsat etiladi.
Korxonalarda tashkil etilgan ushbu rezervlardan asosiy vositalar ta’mir qilinag‘tganda va boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin.
Ilgari tashkil etilgan rezerv hisobidan asosiy vositani kapital ta’mir qilish uchun materiallar sarflansa, quyidagicha provodka beriladi:
Debet 8910-“Kelgusi xarajatlari va to‘lovlar rezervi”
Kredit 1010-“Xom-ashyo va materiallar”.
Ilgari rezerv qilingan summalar bo‘yicha hisob-kitob schyotidan xarajatlar to‘lansa, quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 8910-“Kelgusi xarajatlari va to‘lovlar rezervi”
Kredit 5110-“Hisob-kitob schyoti”.


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Zaxira kapitali tarkibiga nimalar kiradi?
2. Grantlar, subsidiyalarni hisobga olish nimalardan iborat?
3. Xususiy kapitalning tarkibiy qimslarini ko‘rsating?
4. Aktivlarni qayta baholash qanday amalga oshiriladi?
5. Olingan grant mablag‘larining hisobi qanday tashkil qilinadi?
6. Ustav kapitali deb nimaga aytiladi?
7. Turli mulkchilik shaklidagi korxonalarda ustav kapita-lini shakllantirish xususiyatlari
nimalarda o‘z ifodasini topadi?
8. Ustav kapitalining shakllanishi va foydalanilishi hisobi qanday tashkil qilinadi?
9. Qo‘ shilgan kapital tarkibiga nimalar kiradi?
10. Korxonada rezerv kapitalini tashkil qilishning qanday afzalliklari mavjud?
Download 100.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling