Mavzu XVI asrdan XX asr boshlarigacha O’zbekistonda ijtimoiy-falsafiy tafakkur Reja
Download 161.02 Kb.
|
Mavzu XVI asrdan XX asr boshlarigacha Oâzbekistonda ijtimoiy-fal-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- Yusuf al-Qorabog’iy
Mavzu XVI asrdan XX asr boshlarigacha O’zbekistonda ijtimoiy-falsafiy tafakkur Reja MAVZU
XVI asrdan XX asr boshlarigacha O’zbekistonda ijtimoiy-falsafiy tafakkur Reja: 1. Temuriylar davlatidan keyingi ijtimoiy jarayonlar. 2. Amirlik va xonliklar davri falsafasi. 3. Millatning g’oyaviy tarqoqligi va mafkuraviy tanazzul oqibatlari. 4. Jadidchilik-milliy g’oyalar uchun kurash falsafasi. Tayanch tushunchalar Ma’rifatparvarlik, Temuriylar davlatining inqirozi, Shayboniylar davlati, xonlik va amirliklar davri falsafasi, jadidchilik, jadidlar falsafasi.Temuriylardan keyingi ijtimoiy jarayonlar. XV1 asrdan boshlab Mavorounnahrda o’zaro urushlar, nizolar avjga chiqdi, Temuriylar davlati inqirozga yuz tutib, mayda davlatlarga bo’linib ketdi. Natijada Shayboniylar davlati tuzildi, 1510 yilda Shayboniyxon Ismoil Safaviy lashkarlari tomonidan o’ldirilganidan so’ng, markazlashgan davlat inqirozga yuz tutdi. Shayboniylardan Abdullaxon va uning o’g’li Abdulmo’min vafotidan so’ng, XVI asr oxirida bu davlat barham topib, hokimiyat ashtarxoniylar sulolasiga o’tdi. Imomoqulixon (1611-1642) davrida davlat birmuncha mustahkamlangan bo’lsa-da, keyingi davrlarda taxt uchun kurashlar davom etdi. Bu esa iqtisod, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at ravnaqiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Ayniqsa, tabiiy-ilmiy fanlar rivoji zaiflashdi, dunyoviy bilimda tanazzul ro’y berdi. XVI-XVII asrlarda falsafiy va axloqiy fikr sohasida Poshoxo’ja, Mirzajon ash-Sheroziy al-Bog’naviy, ibn Muhammadjon Yusuf al-Qorabog’iy, Muhammad Sharif al-Buxoriy va boshqalarning asarlarini ko’rsatish mumkin. Poshoxo’ja (1480-1547) Niso shahrida tug’ilib, Buxoroda vafot etadi. u «Miftoh ul-adl» («Adolat kaliti») va «Gulzor» hikoyalar to’plamini yaratgan bo’lib, ularda insof, adolat, diyonat, saxovat, donolik va aql-zakovat, rostgo’ylik, ruhiy komillik, halollik, mehr-oqibat, kamtarlik va boshqa ma’naviy-ahloqiy fazilatlarni tahlil qiladi, salbiy illatlar, insoniylikka zid xatti-harakatlarni qoralaydi. XVII asrning mashhur mutafakkiri, faylasufi Yusuf al-Qorabog’iy (1563-1647) asli Ozarbayjondan bo’lib, keyinchalik Buxoroga keladi. U yoshligidan fiqh, falsafa, tasavvuf bilan shug’ullanadi. Uning muhim risolalari «Risolayi botiniya», «Risolayi xilvatiya», «Fi ta’rifi ilm» va boshqalardir. Bulardan tashqari u Davoniy, Taftazoniy, Shahobiddin Suxravardiylarning kitoblariga sharhlar bitgan. Qorabog’iy o’z salaflari singari dunyoni, butun olamni bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lgan yagona jism deb biladi. Uningcha, Olam yagona jism, undagi barcha mavjud narsalar uning a’zolaridir. Olamdagi butun narsalarni Xudo yaratgan, u birinchi sababdir. Borliqdagi hamma narsalar sabab-oqibat orqali bir-biri bilan bog’langan. Shuningdek, olim harakat va uning turlari, to’rt unsur haqida ham o’z fikrini bildiradi. Bu davrda Boborahim Mashrab, So’fi Olloyor, Turdi Farog’iy va boshqalarning ijtimoiy-falsafiy qarashlari muhim o’rinni egalladi. Bular orasida Mashrabning hurfikrlik ruhi bilan sug’orilgan ijtimoiy-falsafiy va ahloqiy fikrlari e’tiborga sazovordir. Download 161.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling