Mavzu: XVII asr musiqa madaniyati Nemis opera san’ati. Reja


Download 39.76 Kb.
bet3/6
Sana23.03.2023
Hajmi39.76 Kb.
#1289326
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2. Mavzu XVII asr musiqa madaniyati Reja

Fransuz operasi. XVII asrning ikkinchi yarmi — fransuz absolutizmi rivojlanishidagi eng yuqori avj nuqta bo’ldi. 1567-yil Parijda Karl IX dan qirol imtiyozini olgan «Poeziya va musiqa akademiya»sining ochilishi bilan mashhur bo‘ldi. Uning shiori — antik davrga murojaat — bo'lajak klassik san’atning ham shioriga aylandi.
XVII asrda Fransiya Italiya musiqasining qudratli ta’siriga qarshilik ko'rsata olgan hamda o'zining milliy opera turini yaratgan.
Yevropadagi yagona mamlakat bo‘ldi. Shu bilan birga, ikkala davlatning qadimdan mavjud bo‘lgan aloqalari va yaqinligi ushbu jarayonni yengillashtirdi. Milliy operani shakllantira borib, fransuz kompozitorlari o'sha vaqtda qiyomiga yetgan Italiya opera san’atining tajribasidan foydalana oldilar.
1647-yilda Parijda Italiya kompozitori Luidji Rossini qalamiga mansub «Orfey» operasi qo‘yildi. Opera muvaffaqiyatli chiqdi va uni bir necha bor takrorlashdi.
Biroq Italiya operasiga berilib ketish fransuz ruhoniylari hamda Mazarini raqiblarining qarshiligiga uchradi. Faqat bir necha yil o‘tganidan so‘ng parijliklar Italiya operasi bilan yangidan tanishdilar. Kavallining 1660-yilda taqdim etilgan «Kserks» va 1662-yilda qo'yilgan «Gerkules» asarlari bu tanishuvni boshlab berdi. Ushbu operalarning sahnalashtirilishi saroy musiqachisi Jan Batist Lyullining kompozitorlik faoliyatining boshlanishiga to‘g‘ri keldi. «Kserks»ni fransuz sahnasiga moslashtirib, Lyulli unga balet musiqasini yozdi va Kavallining operasidan o‘zi uchun ancha foydali narsalarni oldi. Romen Rollan ta’kidlashicha, «Gerkules» Lyulli o‘n yildan so‘ng qadam qo'ygan yo‘lni ochib berdi.
Kavalli asarlari ijro etilishidan oldinroq fransuz operasining yaratilishiga ilk qadam qo'yilgan edi. Uning tashabbuskorlari — shoir Pier Perren va kompozitor Rober Kamber edi.
Kamber Luidji Rossining ta’siri ostida «Noshukur gung ayol» musiqiy-sahna asarini yozdi; bu asar 1658-yil ijro etildi; bir yil o'tib, 1659-yilda Kambeming Perren so'ziga yaratgan «Pastoral»i paydo bo'ldi. «Pastorabning muvaffaqiyatidan ruhlanlangan mualliflar Parijda opera teatri tashkil qilinishini so‘rab, Lyudovik XIV ga murojaat qildilar. 1669-yilda Perren va Kamber «Qirol musiqa akademiyasi»ning ochilishiga patent oldilar, bu akademiya hozirgi kungacha Fransiya musiqa san’atida karvonboshi bo‘lib kelmoqda; hozir u Grand opera (Katta opera) nomi bilan mashhurdir.
1672-yildan boshlab, Lyullining birinchi operasi («Amur va Baxus bayrami») dunyoga kelgandan to 1678-(uning vafot etgan yili hamda oxirgi operasi — «Atsis va Galateya» yozilgan) yilgacha u 19 ta opera yozdi, bu asarlar fransuz musiqa klassikasining ulkan merosi qatoridan o‘rin oldi.
Opera kompozitori Lyullining izlanishlari, undan oldin o‘tgan Kamberga qarama-qarshi yo‘nalishdan bordi. Italyan namunalariga taqlid qilish emas, balki Fransiyaning badiiy madaniyatiga chuqur kirib borish, uning turli sohalardagi milliy an’analariga suyanib ish ko'rish unga fransuz operasining mahobatli imoratini qurishga yordam berdi.


Download 39.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling