Mavzu: XVII asr musiqa madaniyati Nemis opera san’ati. Reja
Download 39,76 Kb.
|
2. Mavzu XVII asr musiqa madaniyati Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Barokko davri.
Mavzu: XVII asr musiqa madaniyati Nemis opera san’ati. Reja: Barokko davri Italyan opera maktablari Fransuz operasi Nemis opera san’ati Ingliz operasi XVII asr cholg’u musiqasi Barokko davri. XVII asr va XVIII asr boshlari musiqa tarixida katta ziddiyatlar va o‘zgarishlar ro‘y berishi bilan belgilandi. Fransuz “Quyosh” qiroli Lyudovik XIV ning hukmronlik davri, Angliyada Oliver Kromvel boshchiligidagi burjua inqilobi kapitalizm davrida yangi bosqichni namoyon etdi (1642- 1660). Absolyutizmga qarshi chiqqan ijtimoiy harakat (1648-1653) “fronda” nomi bilan mashhur bo‘lib, urush davri (1618-1648) o‘zining safiga ko'plab Yevropa mamlakatlami jalb etib, nihoyat, Vestfal tinchligi bilan yakun topdi va Gabsburglar hokimiyatini xonavayron bo‘lishini anglatdi. XVII asrda ro‘y bergan ijtimoiy notinch voqeliklar badiiy madaniyatda, adabiyot va san’atda o‘z aksini topdi. San’atkorlar e’tibori nafaqat jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, balki inson, uning ichki olami birinchi o‘ringa ko‘tarilib, san’at asarlari mavzusiga aylandi. Ayniqsa, bu “barokko” uslubi deb nom olgan yo‘nalishda yorqin ifodasini topdi (italyan tilidan “ajoyib”, “g‘aroyib” deb izoh etiladi).Barokko uslubi vaqtincha hokimlikni qoidan boy bermagan féodal doiralarda keng gullab-yashnadi. Italiya, I span iy a, Germaniya mamlakatlarida bu hoi kapitalistik munosabatlarni rivojlanishiga turtki boidi. Adabiyot va san’atda barokko saroy ahlining o‘zini yorqin dabdabadorlik bilan burkab, o'zining kuch-qudrati, noziktaabligini baralla ovoza qilishdan iborat bo‘lgan. Bu borada katolik va protestant cherkov namoyandalari qo‘shgan hissalari nihoyatda katta. Ammo tashqi ko‘r-ko‘ronalik tagida ilg‘or san’at namoyandalari jamiyatda aks etgan hayajon, noilojsizlikni haqqoniy va ifodaviy yoritib bera olganlar. Hayotiy idrokning yorqin dramatizmi adabiyot, musiqa, tasviriy san’at asarlarida fojiaviy mavzularga murojaat qilinishida ko‘rinadi. Aynan XVII asr va XVIII asming birinchi yarmida yangi davr san’atida muhim rol o‘ynagan yangi janr - operaning rivojlanishi Yevropa mamlakatlarining madaniyatida alohida voqelikka aylandi. Download 39,76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling