Mavzu: XVII asr musiqa madaniyati Nemis opera san’ati. Reja


Download 39.76 Kb.
bet5/6
Sana23.03.2023
Hajmi39.76 Kb.
#1289326
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2. Mavzu XVII asr musiqa madaniyati Reja

Ingliz operasi. Ingliz teatrida — musiqa (uni yaratuvchilarning fikricha), dramatik voqelikning uzviy, tarkibiy qismidir. Demokratik musiqiy janrlar xalq improvizatsion komediyalari bilan tabiiy ravishda uyg'unlashib ketardi; nozikroq pastorallar aristokratiya va saroy doiralari o'rtasida sevimli edi. Dramatik asarlar pardalari o'rtasidagi antraktlar musiqiy intermediyalar bilan to'ldirilar edi.
Shekspir o'zining sahna asarlarida musiqaga jiddiy e’tibor berardi.
Angliyada azaldan «maski» deb nomlanuvchi maxsus original musiqiy-dramatik janr mavjud bo'lgan. Ayrim tarixchilar «maski»ni milliy operaning ko'rinishi deb ham ta’riflashadi.
«Maski» divertismentga o‘xshash turli nomerlardan; zamonaviy mavzulardagi dramatik dialog, komik intermediya, lirik lavha, satirik parchalardan tuzilar edi. Bularning hammasi qo‘shiq, raqslar, cholg'u musiqasi jo‘rligida ijro etilar, hashamatli dekoratsiyalar bilan bezatilardi. Ko'plab iqtidorli san’atkorlar «maski» uchun musiqa yozishga berilib ketgan edi.
Milliy ingliz operasining asl va yagona yaratuvchisi Genri Pyorsell bo'ldi. Uning san’ati, o‘zining hayoti kabi, qo'qqisdan ochilgan va shu zahotiyoq so'ligan gulga o‘xshab juda tez kechdi. «Bu juda nozik san’at, — deb yozadi Romen Rollan. — Undagi hech narsa ataylab o'ylab chiqilmagan, barcha narsa juda nozik, hamma vaqt sodda va navqiron; biroz moddiy hayotiylik yetishmaydi: uni nafis va rangpar Van Deyk bilan tenglashtirish mumkin».
Genri Pyorsell. Genri Pyorsell (taxm. 1659— 1695-yy.) Vestminsterda tug'ildi. Uning otasi Vestminster abbatligidagi xorning regenti va qirol kapellasining qo‘shiqchisi edi. Yuqori malakali o‘qituvchilar unga bolaligidan boshlab chuqur bilim berdilar, u o‘n ikki yoshida yozgan asarlarining darajasi o‘sha davrdagi taniqli san’atkorlar asarlaridan qolishmasdi.
Pyorsell italyan musiqasini o'rgandi, undan ko‘p narsalarni olishga muvaffaq bo‘ldi, biroq Lyullining ijodi unga yaqinroq edi, uni nozik va kuchliroq his etardi. «Didona va Eney» — ingliz opera san’ati va XVII asr teatr musiqiy madaniyatining eng yaxshi meroslaridandir. Bu yerda Pyorsell buyuk iste’dodining qirralari namoyon bo'lgan: chuqur, salobatli va samimiy lirizm, ingliz xalq kuylarining ajoyib ruhi, qurilmalarning benuqson mukammalligi. Opera shakllarining xilma-xilligi va lo‘ndaligi Pyorsell operalarini uning italyan va fransuz zamondoshlarining yanada «kengroq» asarlaridan ajratib turadi. Didonaning yakuniy ariyasi — mashhur qayg'uli chakona va unga motam tutuvchi xor o‘sha vaqt operasi uchun odatdan tashqari bo‘lgan lirik-fojiaviy finalni tashkil etadi. Romen Rollanning so'zlari bilan «Didonaning vidolashuv va o'lim sahnasining o‘zi o'lmas asar yaratish uchun yetarli edi»



Download 39.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling