- Skinner o‘z intervyusida: "Men o'zga dunyo aql va asab tizimi nazariyasini yaratib, xulq- atvorni tushuntirishga harakat qilaman. Bunday nazariyani muhim va foydali deb hisoblayman,
- - degan fikrni bildirgan.
- Skinner o'z nazariyasi bilan faqatgina shaxsni emas, balki butun xulq-atvorni tushuntirishga harakat qildi. Skenner psixologiya aniq dalillar asosida va tadqiqotlar laboratoriya sharoitida amalga oshirilishi kerakligini ta'kidladi va buni asoslab berdi.
Sotsial o'rganishlar nazariyasi. - Sotsial o'rganishlar nazariyasi.
- Keyingi davrda klassik bixeviorizm rivojlanib yangi sotsial-kognitiv yo'nalish shakllandi. Uning vakillari Albert Bandura va Djulian Rotterdir. Ularning yondashuviga ko'ra insonning xulq-avtoriga atrof-muhit ta’sir ko‘rsatadi. O'z navbatida inson ham sotsial atrof-muhitning shakllanishiga faol ta'sir ko‘rsatadi. O'rganishlarning yuz berishi faqat to‘g'ridan to‘g‘ri va tashqi qo‘llab-quvvatlashda emas, xulq-atvor kuzatishlar va na’munalar asosida shakllanadi- deb takidlaganlar.
Dj.Rotter sotsial xulq-atvorni quyidagi tushunchalar orqali ifodalaydi: - Dj.Rotter sotsial xulq-atvorni quyidagi tushunchalar orqali ifodalaydi:
1. Insonning xulq-atvoriga uning kutilmasi, ya'ni insonning fikricha ma’lum vaziyatlarda u yoki bu xulq-atvorni yuz bergandan keyin ma'lum mustahkamlash bo'ladi, degan fikriga ko'ra ta'sir ko‘rsatadi. 2. Insonning xulq-atvoriga inson uchun ahamiyatli bo'lgan mustahkamlash (chet ta'sirlar), qadriyatlar ta'sir ko‘rsatadi. 3. Insonning xulq-atvoriga uning shaxs tipi, uning lokus nazorati ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, Dj.Rotterning ta'kidlashicha, xulqiy potensial texnik mavjud bo'lgan beshta asosiy reaksiyalar blokini o'ziga qamrab oladi: - Shuningdek, Dj.Rotterning ta'kidlashicha, xulqiy potensial texnik mavjud bo'lgan beshta asosiy reaksiyalar blokini o'ziga qamrab oladi:
- 1. Muvaffaqiyatga erishganlikka yo'naltirilgan- natijada sotsial e'tirof etishni asoslashga xizmat qiladigan xulqiy reaksiyalar.
- 2. Ijtimoiy me'yorlar- boshqa insonlarning talablariga moslashish bilan bog‘liq adaptatsiyani ta’minlovchi xulqiy reaksiyalar.
- 3. Ayni damdagi vaziyatning ta'sirida foydalaniladigan himoyalovchi xulq-atvor reaksiyalari.
- 4. “Zo'riqish maydonidan chiqish” qochish, dam olishga yo'nalgan qochish texnikasini ifodalovchi xulq-atvor reaksiyalari.
- 5. Agressiv xulq-atvor reaksiyalari — boshqalarning tanqidi, kinoyasi, pichingi, qiziqish va manfaatlariga zid harakatiga nisbatan jismoniy agressiyaning namoyon bo‘lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |