Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari
Shveysariya vrachlar untlarning tibbiyot ftlarida tayyorlanadi. Lezen, Lugano, Davos, Montryo va boshqalar shaharlarda mashhur kurortlar bor. shahrida taʼlimning yagona tizimi yoʻq. Har bir kanton oʻzining maktab qonuni va boshqaruviga ega. Lekin barcha kantonlar uchun 6—7 yoshdan 15—16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy qilingan. Asosiy (boshlangʻich) maktablar har bir kantonda qabul qilingan sistemaga qarab 7, 8 yoki 9 yillik boʻlib, ular 2 bosqichdan iborat (4+3, 4+4 yoki 4+5). Oʻrta maktablar 2 turkumli boʻlib umumtaʼlim va ixtisoslashgan maktablarga boʻlinadi. Hunartexnika oʻquv yurtlari, tijorat, maʼmuriy, texnika, qishloq xoʻjaligi va badiiy maktablar, oʻqituvchilar gimnaziyalari mavjud. Oliy taʼlim tizimiga universitet va institutlar kiradi. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Syurix universiteti, Jeneva, Bazel, Bern untlari, Syurix va Lozannadagi federal texnologiya institutlari, SanktGallendagi iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar maktabi.
Shveysariya ilmiytadqiqotlarga Shveysariya milliy fondi (1952) rahbarlik qiladi. Yirik kutubxonalari: Bazel universiteti kutubxonasi (2 mln.dan ortiq asar), Sh. milliy qutubxonasi (Bern shahrida, 1,5 mln.dan ortiq asar). shahrida 600 muzey bor. Yiriklari: Syurixdagi tarix muzeyi, Bazel, Bern, Jeneva va Syurixdagi sanʼat muzeylari, Lozannadagi nafis sanʼat muzeyi.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi
Shveysariya bir qancha gaz. va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: "Bazler saytung" ("Bazel gazetasi", nemis tilidagi kundalik gazeta, 1977-yildan), "Berner saytung" ("Bern gazetasi", nemis tilidagi kundalik gazeta, 1979-yildan), "Blik" ("Nigoh", nemis tilidagi kundalik gazeta, 1959-yildan), "Veltvoxe" ("Jahon hafta ichida", nemis tilidagi haftanoma, 1933-yildan), "Tages ansayer Syurix" ("Syurix kundalik sharhi", nemis tilidagi kundalik gazeta, 1893-yildan), "Tribyun de Lozann — maten" ("Lozanna minbari — tong", fransuz tilidagi kundalik gazeta, 1862-yildan). Sh. telegraf agentligi (ATS) 1894-yilda tashkil etilgan; yirik gaz. nashriyotlarining aksiyadorlik jamiyati. Sh. radioeshittirish va televideniye jamiyati, yarim tijorat tashkiloti. shahrida radioeshittirishlar 1923-yildan, muntazam telekoʻrsatuvlar 1958-yildan boshlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |