Mavzu XXI asr boshlarida shvetsariya kirish Asosiy qism Shvetsariya turizmi Tabiiy hududlar
Download 32.29 Kb.
|
MAVZU XXI asr boshlarida SHVETSARIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teatri
MusiqasiSh. xalq musiqa sanʼatida Alp togʻlarida yashovchi togʻlilarning oʻziga xos janri — yodl va choʻpon kuylari ajralib turadi. Musiqa asboblari — alp burgʻusi va shveysar hushtagi. Professional diniy musiqa taxminan 10-asrda vujudga kelgan. SanktGallen monastiri Yevropa musiqa markazi boʻlgan. 13-asrdan dunyoviy musiqa sanʼatini tarqatuvchi minnezingerlar faoliyat koʻrsatgan. 16-asrda polifoniya musiqasi ustalari X. Kotter, L. Zenfl, L. Burjua ijod qildilar. 17-asrda shahar musiqa birlashmalari tuzila boshladi. 18-asr oxiri — 20-asrda xor va musiqa jamiyatlari tuzildi, musiqa taʼlimi rivojlandi (kompozitor va pedagoglar X.G.Negeli, I.F. Xegar, X. Xuber, ritmik tarbiya tizimi asoschisi E. JakDalkroz). 20-asrda F. Andre, V. Burkxard, G. Dore, F. Marten, K.F. Seminn, 20-asr 2-yarmida G. Xolliger, V. Fogel, Yu. Vittenbax, R. Mozer kabi kompozitorlar mashhur boʻlgan. shahrida 10 dan ortiq simfonik orkestr, bir qancha opera truppalari, xor jamoalari va kamercholgʻu ansambllari, Bazel musiqa akademiyasi, Jeneva, Syurix, Bern, Lozannada konservatoriyalar bor. TeatriSh. teatr sanʼati xalq rasmrusumlari asosida vujudga kelgan va fransuz, nemis, italyan tillarida rivojlanmoqda. 16-asrda reformatsiyaning katolitsizmga qarshi kurashini aks ettiruvchi pyesalar yaratilgan. 1512-yil birinchi dunyoviy pyesa — "Tell toʻgʻrisida oʻyin"qoʻyilgan. Fastnaxtshpil janri keng tarqalgan; bunda voqelikni haqqoniy aks ettirish siyosiy satira bilan uygʻunlashib ketgan. 1738-yil Jenevada birinchi professional truppa tashkil boʻldi va u fransuz dramaturglarining pyesalarini sahnalashtirdi. Lozanna (1781), Jeneva (1782 va 1789), Shatlen (1786) va boshqalar shaharlarda teatr binolari qurildi. 1801-yilSankt-Gallenda professional teatrga asos solindi. 1879—1951-yillar Jenevada "Granteatr" faoliyat koʻrsatdi. 1908-yil Syurixda "Pfauenteatr" drama teatri (keyinchalik "Shaushpilxauz") ochildi va shahrining yetakchi milliy teatriga aylandi. 1938—61 yillarda bu teatrga taniqli rejissor Oskar Velterlin rahbarlik qildi va teatrlarda B. Brext, F. Dyurrenmatt, A. Chexov va boshqalarning pyesalari qoʻyildi. shahridagi boshqa mashhur teatrlar: Lozannadagi "Pti shen" va "Bolye", Jenevadagi komediya, "Nuvo teatr de posh" va "De Rosh" teatrlari, Syurixdagi Noymarkt teatri, Bazeldagi teatr, Bern, Lyutserndagi teatrlar. Sh. teatrining yetakchi arboblari: O. Eberle, X. Gnekov, L. Lindtberg, teatr rassomi G.Otto. Download 32.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling