Mavzu XXI asr boshlarida shvetsariya kirish Asosiy qism Shvetsariya turizmi Tabiiy hududlar
Download 32.29 Kb.
|
MAVZU XXI asr boshlarida SHVETSARIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tarixishahrida yashagan odamlarning qadimiy qarorgohlari paleolit davriga mansub. Sh. haqidagi birinchi yozma manbalar mil. av. 2-asrga oid. Oʻsha davrda shahrining katta qismiga gelvetlarning kelt qabilalari kelib oʻrnashgan (shahrining qadimiy nomi — Gelvetsiya shundan kelib chiqqan). 496—536 yillarda Sh. hududi Franklar davlati tarkibiga kirdi. 7-asrda aholini xristian diniga kiritish nihoyasiga yetdi. 10-asrda shahrining sharqiy, 1032—34 yillarda gʻarbiy qismi "Muqaddas Rim imperiyasi" tarkibiga kirdi. 13-asr oʻrtalarida Gabsburglarga qarshi boshlangan kurash natijasida Shvits, Uri, Untervalden kantonlari 1291-yil 1-avgustda oʻzaro "abadiy ittifoq" tuzib, "Muqaddas Rim imperiyasi" doirasida Shveysariya konfederatsiyasiga asos soldi, 1499-yilda esa amalda mustaqil davlatga aylandi. 1513-yil 13 kantondan iborat federatsiya sifatida toʻliq shakllandi (1798-yilgacha mavjud boʻlgan). 1648-yilgi Vestfaliya sulhiga binoan Sh. suveren davlat deb tan olindi. 16-asrda shahrida reformatsiya harakati tarqaldi. 18-asr oxirida shahrida sanoat va savdo birmuncha rivojlandi. 1798—1803-yillar Sh. hududida Gelvetsiya respublikasi mavjud boʻldi. 1814— 15 yilgi Vena kongressi shahrining hozirgi davrdagi chegarasiga yaqin boʻlgan chegarani belgilab berdi va uni abadiy betaraf davlat deb eʼlon qildi. 19-asrning 30—40-yillari siyosiy tuzumni demokratlashtirish va mamlakatni markazlashtirish harakati avj oldi. 1848-yilgi konstitutsiya boʻyicha Sh. kantonlarning uncha mustahkam boʻlmagan ittifoqidan yagona federativ davlatga aylandi. 1va Ikkinchi jahon urushi yillari Sh. oʻz betarafligini tasdiqladi. Sh. hududida turli xalqaro tashkilotlar joylashgan. Sh. 2002-yildan BMT aʼzosi. 1991-yil 23-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1992-yil 7-mayda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 1-avgust — Konfederatsiya tashkil etilgan kun (1291); 1899-yildan beri nishonlanadi. Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari[tahrir | manbasini tahrirlash]Shveysariya demokratikxristian partiyasi, 1935-yil tashkil etilgan; Shveysariya demokratlari partiyasi; Sh. "koʻkatparvarlar" partiyasi, 1983-yil asos solingan; Sh. radikaldemokratik partiyasi, 1848-yil tuzilgan; Sh. sotsialdemokratik partiyasi, 1888-yil tashkil etilgan; Sh. liberal partiyasi, 1913-yil asos solingan; Sh. xalq partiyasi, 1971-yil sentabrda Sh. dehqon, hunarmand va byurgerlar birlashgan partiyasi (1919) hamda Sh. demokratik partiyasi (1944) negizida tuzilgan; Sh. ozodlik partiyasi, 1985-yil tashkil etilgan; Sh. mehnat partiyasi, 1944-yil Shveysariya KP (1921) va soʻl sotsialistlar guruhi birlashishi natijasida tuzilgan. Sh. kasaba uyushmalari birlashmasi, 1880-yil tashkil etilgan. Download 32.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling