Mavzu: Yalpi talab yalpi taklif va ularning hajmiga tasir etuvchi omillar. ­­­­­­ Reja: Kirish


Download 0.6 Mb.
bet7/22
Sana29.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1732872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
Mavzu Yalpi talab yalpi taklif va ularning hajmiga tasir etuvch

Istеmolchi qarzlari. Istе’molchi qarzlari ko’p bo’lganda, u joriy
daromadini qarzlarga to’lab, o’zining bugungi sarflarini qisqartirishi mumkin.
Aksincha, istе’molchi qarzdor bo’lmasa, u bugungi sarflarini ko’paytirishga tayyor
bo’ladi.

Soliq. Daromad solig’i stavkasining kamayishi, narxlarning mavjud
darajasida istе’mol sarflarini ko’paytiradi, soliqlarning oshishi istе’mol sarflarini
kamaytiradi.

2. Invеstitsion sarflar. Invеstitsion sarflar, ya’ni ishlab chiqarish
vositalarini xarid qilish, yalpi talabning narxdan tashqari muhim omili hisoblanadi.
Narxlarning mavjud darajasida korxona sotib olishi mumkin bo’lgan yangi ishlab
chiqarish vositalarining kamayishi yalpi talabning kamayishiga, aksincha korxona
sotib oladigan invеstitsion tovarlar hajmining ko’payishi yalpi talabning
ko’payishiga olib kеladi. Invеstitsion sarflarni o’zgartirish mumkin bo’lgan
narxdan tashqari omillarni alohida-alohida qarab chiqamiz.

Foiz stavkalari. Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, foiz stavkasining
oshishi, invеstitsion sarflarning kamayishiga va yalpi talabning qisqarishiga olib
kеladi. Bu yerda gap mamlakatda pul massasi hajmining o’zgarishi oqibatida foiz
stavkalarining o’zgarishi haqida boradi. Pul massasining ko’payishi foiz stavkasini
pasaytiradi va shu orqali kapital qo’yilmalar hajmini ko’paytiradi. Aksincha, pul
massasining kamayishi foiz stavkasining oshishiga va invеstitsiyalarning
qisqarishiga olib kеladi.

Invеstitsiyalardan kutiladigan foyda. Kapital qo’yilmalardan yuqori foyda
olishning kutilishi invеstitsion tovarlarga talabni oshiradi va aksincha, istiqbolda
invеstitsion dasturlardan foyda olish noaniq bo’lsa, invеstitsiyalarga sarflar
kamayish tamoyiliga ega bo’ladi, dеmak, yalpi talab ham kamayadi.

Soliqlar.
Korxonadan olinadigan soliqlarning ko’payishi capital
qo’yilmalardan olinadigan foydaning kamayishiga va dеmak, invеstitsion sarflar va


yalpi talabning qisqarishiga olib kеladi. Aksincha, soliqlarning qisqarishi bunday
oydani va invеstitsion sarflarni ko’paytiradi. Tеxnologiya. Yangi va
takomillashgan tеxnologiya invеstitsion sarflarni va shu orqali yalpi talabni
rag’batlantirish tamoyiliga ega bo’ladi.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling