5) yangi paydo bo‘lgan so‘zlar – fan, texnika va san’atning rivojlanishi bilan tilda yangi paydo bo‘lgan tushunchalarning nomlarini ifodalovchi so‘zlardir: xokkeychi, limonzor, fermer, teleminora, kompyuter, disket, sayt, fayl, chip, shou, debat…
6) jargon so‘zlar (fransuzcha g‘argon – «buzilgan til» degani) – qiziqishlari, mashg‘ulotlari umumiy bo‘lgan odamlar (saroy aristokratiyasi, savdogarlar, otarchilar, talabalar, o‘quvchilar) tomonidan ishlatiladigan so‘zlardir: oftobi olam(podshoh), tish(guruch), ellik olti(ipak), qaychi(revizor) kabi.
7) argo so‘zlar (fransuzcha argot – «lahja» degani) o‘g‘rilar, bezorilar qimorbozlar o‘rtasida ishlatiladigan yashirin ma’noli so‘zlardir: loy, yakan (barchasi pul ma’nosini bildiradi), bedana(to‘pponcha), zamri(qimirlama), atamri(ishingni davom ettir), shuxer(qoch) va b.
8) olinma so‘zlar tilimizga boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlardir: litsey, institut, universitet.
Do'stlaringiz bilan baham: |