Mavzu: yangi alifboning joriy qilinishi
Download 25.25 Kb.
|
2-Mavzu. Yangi alifboning joriy qilinishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talaffuz va ohang
- O‘zbek tili lug‘atining boyish manbalari
Nutq tovushlari ikkiga bo‘linadi: Unli tovushlar. Undosh tovushlar. O‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida hech qanday to‘siqqa uchramay chiqishi natijasida hosil bo‘ladigan tovushlarga unli tovushlar deyiladi. a, o, e, o‘, u, i. O‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ining ma’lum bir joyida yoki bo‘g‘izda to‘siqqa uchrashidan hosil bo‘lgan tovushlar undosh tovushlar deyiladi. b, d, f, g, h, j, k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g‘, sh, ch, ng. Talaffuz va ohangTalaffuzda ohang muhim o‘rin tutadi. Ohang vositasida so‘z birikmalari va gap, uning bo‘laklari farq qilinadi: Yangiyo‘l (ot, atoqli ot) –yangi yo‘l (so‘z birikmasi). Gap bo‘laklari talaffuz qilinganda, ular orasida to‘xtam (pauza) bo‘ladi. Ikkita to‘xtam orasidagi nutqiy bo‘lak sintagma deb yuritiladi. 2-savol bayoni: O‘zbek tili lug‘atining boyish manbalariO‘zbek tili so‘z boyligi hayot, fan, texnika, san’atning taraqqiyoti bilan bog‘liq holda yildan yilga boyib bormoqda. Boyish, asosan, ikki manbaaga asoslanadi: 1. O‘zbek tilining ichki imkoniyatlari (ichki manba). Bunda ko‘pincha so‘z yasash orqali yangi so‘zlar hosil qilinadi: sinfdosh, limonzor, namunali, ijarachi, vazirlik, tinchliksevar, guldasta, MDH, O‘zMU va b. 2. Shevalardan so‘z olish ham ichki manbaa hisoblanadi: oyi, bolish, dugona, et(go‘sht). Boshqa tillardan so‘z olish (tashqi manbaa). O‘zbek xalqi qadim zamonlardan buyon boshqa xalqlar bilan aloqada bo‘lib kelgan. Bu tilimizda ham aks etgan. O‘zbek tiliga boshqa tillardan kirgan quyidagi so‘zlarni misol qilib keltirish mumkin: 1) arabcha: kitob, maktab, ma’no, harakat, sanoat muomala, doim, me’da, a’lo, san’at, asosiy,ommaviy, oddiy, milliy, abadiy, ammo, biroq, balki, va, lekin, vaholanki (o‘zbek tilidagi arabcha so‘zlar ko‘proq ot va sifat turkumiga tegishli bo‘lib, ularning belgilari quyidagilardir: ikkita unli yonma-yon keladi: doim, shoir, muomala, shijoat, shuur, inshoot, murojaat, tabiiy; ayirish belgisi (‘) ishtirok etadi: ma’no, qal’a; ko‘pincha yumshoq h tovushi qatnashadi; -iy, viy qo‘shimchalarini olib yasalgan bo‘ladi). 2) fors-tojikcha: barg, anor, korxona, nodon, dono, kamtar, tilla, kaptar, dasturxon, dastro‘mol, poydevor, poyabzal, darhol, darvoza, xursand, farzand, do‘st, go‘sht, sust, past, g‘isht (Ko‘rinyapdiki, fors-tojikcha so‘zlarda poy, dast, dar kabi qismlar qatnashyapdi, so‘zlar oxirida jarangsiz undoshlardan keyin t, jaranglidan keyin d tovushlari ishtirok etyapdi). 3) mo‘g‘ulcha: tuman, navkar, yasoq.. 4) uyg‘urcha: manti, lag‘mon, manpar. 5) xitoycha: choy (xitoy tilida tsay deyilar ekan). 6) ruscha: stol, stul, ruchka, samolyot, parovoz, paroxod, pulemyot, pero, cho‘t (schyot). Rus tilidan olingan so‘zlar orasida asli kelib chiqishi boshqa tillarga xos so‘zlar ham bor: buxgalter, soldat, tank, shtab (nemischa), palto, triko (fransuzcha), klub, futbol (inglizcha), tomat, limon (ispancha). Boshqa tillardan o‘tgan so‘zlar olinma (o‘zlashma) so‘zlar deyiladi. O‘zbek tilidan ham boshqa tillarga so‘zlar o‘tgan: o‘rik, anjir, somsa, (ruscha: uryuk, injir, samsa). Karandash (qora tosh), kavardak (qovurdoq), yeralash (aralash), utyug (o‘ti yo‘q) kabi so‘zlarning ham rus tiliga o‘zbek tilidan o‘tganligi isbotlangan. Hozirgi paytda o‘zbek tilida ishlatilayotgan bekat so‘zi ham yevropa tillarida piket tarzida qo‘llanayotganligi fanga ma’lum. 3-savol bayoni: O‘zbek tili lug‘atining boyish manbaalari O‘zbek tili so‘z boyligi hayot, fan, texnika, san’atning taraqqiyoti bilan bog‘liq holda yildan yilga boyib bormoqda. Boyish, asosan, ikki manbaaga asoslanadi: 1. O‘zbek tilining ichki imkoniyatlari (ichki manbaa). Bunda ko‘pincha so‘z yasash orqali yangi so‘zlar hosil qilinadi: sinfdosh, limonzor, namunali, ijarachi, vazirlik, erksevar, guldasta, MDH, O‘zMU va b. 2. Shevalardan so‘z olish ham ichki manbaa hisoblanadi: oyi, bolish, dugona, et(go‘sht). Boshqa tillardan so‘z olish (tashqi manbaa). O‘zbek xalqi qadim zamonlardan buyon boshqa xalqlar bilan aloqada bo‘lib kelgan. Bu tilimizda ham aks etgan. O‘zbek tiliga boshqa tillardan kirgan quyidagi so‘zlarni misol qilib keltirish mumkin: 1) arabcha: kitob, maktab, ma’no, harakat, sanoat muomala, doim, me’da, a’lo, san’at, asosiy, ommaviy, oddiy, milliy, abadiy, ammo, biroq, balki, va, lekin, vaholanki ( o‘zbek tilidagi arabcha so‘zlar ko‘proq ot va sifat turkumiga tegishli bo‘lib, ularning belgilari quyidagilardir: ikkita unli yonma-yon keladi: doim, shoir, muomala, shijoat, shuur, inshoot, murojaat, tabiiy; ayirish belgisi (‘) ishtirok etadi: ma’no, qal’a; ko‘pincha yumshoq h tovushi qatnashadi; -iy, viy qo‘shimchalarini olib yasalgan bo‘ladi) 2) fors-tojikcha: barg, anor, korxona, nodon, dono, kamtar, tilla, kaptar, dasturxon, dastro‘mol, poydevor, poyabzal, darhol, darvoza, xursand, farzand, do‘st, go‘sht, sust, past, g‘isht (Ko‘rinyapdiki, fors-tojikcha so‘zlarda poy, dast, dar kabi qismlar qatnashyapdi, so‘zlar oxirida jarangsiz undoshlardan keyin t, jaranglidan keyin d tovushlari ishtirok etyapdi); 3) mo‘g‘ulcha: tuman, navkar, yasoq; 4) uyg‘urcha: manti, lag‘mon, manpar; 5) xitoycha: choy (xitoy tilida tsay deyilar ekan); 6) ruscha: stol, stul, ruchka, samolyot, parovoz, paroxod, pulemyot, pero, cho‘t (schyot). Rus tilidan olingan so‘zlar orasida asli kelib chiqishi boshqa tillarga xos so‘zlar ham bor: buxgalter, soldat, tank, shtab (nemischa), palto, triko (fransuzcha), klub, futbol (inglizcha), tomat, limon (ispancha). Boshqa tillardan o‘tgan so‘zlar olinma (o‘zlashma) so‘zlar deyiladi. O‘zbek tilidan ham boshqa tillarga so‘zlar o‘tgan: o‘rik, anjir, somsa, (ruscha: uryuk, injir, samsa). Karandash (qora tosh), kavardak (qovurdoq), yeralash (aralash), utyug (o‘ti yo‘q) kabi so‘zlarning ham rus tiliga o‘zbek tilidan o‘tganligi isbotlangan. Hozirgi paytda o‘zbek tilida ishlatilayotgan bekat so‘zi ham yevropa tillarida piket tarzida qo‘llanayotganligi fanga ma’lum. So‘zlarning kelib chiqishini izohlaydigan lug‘atlar etimologik lug‘atlar deb ataladi. So‘zlarning ishlatilish darajasiga ko‘ra guruhlari: Bu jihatdan tilimizda so‘zlarni ikkita guruhga bo‘lish mumkin: 1.Umumxalq ishlatadigan so‘zlar kundalik turmushda hammaning nutqida tez-tez qo‘llanadigan so‘zlardir: non, suv, bugun, kim, besh, yaxshi, sotdi va b. Bularni yana faol so‘zlar ham deyishdi. Ular tilning asosiy so‘z boyligidir. 2. Umumxalq ishlatmaydigan so‘zlar turli sabablarga ko‘ra, kundalik turmushda hammaning nutqida ham tez-tez qo‘llanavermaydigan so‘zlardir. Bularni yana nofaol so‘zlar ham deyishadi. Bu so‘zlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 1) ATAMALAR (terminlar) - ilm-fan, texnika, san’atga xos so‘zlardir. Bular, odatda , bir ma’noni bildiradi: (tilshunoslikda) urg‘u, kesim, undalma, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol va b. Atamalar ikki guruhga bo‘linadi: Download 25.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling