Mavzu: Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz! Reja: O‘zbekistonda mustaqillikning 31 yilligi shiori. Asriy orzularning yorqin tantanasi
Nega bunday fikr yurityapmiz? Ochig‘i, kurashni rivojlantirish ishlari
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
711-22 Toxirov Ibrohimjon2
Nega bunday fikr yurityapmiz? Ochig‘i, kurashni rivojlantirish ishlari
bundan 20 yillar muqaddam boshlangan bo‘lsa-da, ushbu sport turining mamlakatdagi vakolatli tashkiloti – O‘zbekiston kurash federatsiyasining na mablag‘i, na muqim maskani bor edi. Nodavlat notijorat tashkiloti sifatida faoliyat ko‘rsatar, bu joyda mehnat qilgan xodimlar oylab, ba’zan yillab maoshsiz qolib ketar, bu esa kadrlar qo‘nimsizligiga, milliy sport turi rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatardi. Bugun-chi? Bugun O‘zbekiston kurash federatsiyasi o‘z boshqaruv organiga, viloyat, tuman bo‘limlaridan iborat, moddiy va ma’naviy ta’minotga ega kuchli sport federatsiyalardan biriga aylandiki, bu milliy sportimizni nafaqat yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarilishiga balki, yurtimizda “Polvonlari ko‘p yurt – qudratli bo‘lur”, “Kurash milliy g‘ururimiz” tamoyillari asosida tizimli tarzda joylarda kurash klublari va to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilishiga ham zamin yaratdi. Shu sababli hududlardagi o‘nlab yosh trenerlar ishli bo‘ldi, ming-minglab o‘smir yoshlar sport mashg‘ulotlari bilan qamrab olindi. Bundan tashqari, O‘zbekiston kurash federatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan rejaga asosan yurtimizning barcha go‘shalarida “Prokuror kubogi”, “Hokim kubogi”, “Mahallamiz polvonlari” kabi musobaqalar, chempionatlar tashkil etilishi asnosida xorijiy mamlakatlarda kurash bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun” xalqaro turnirlar o‘tkazila boshlandi. 711-22 Toxirov Ibrohimjon Joriy yil davomida Germaniya, Bolgariya, Turkiya, Fransiya kabi davlatlarda o‘tgan kurash musobaqalari orqali milliy san’atimiz, xalq amaliy san’ati, hunarmandchilik durdonalari, milliy taomlarimiz keng jamoatchilikka armug‘on etildi. Ming-minglab xorijliklar o‘zbekona lutfdan, mehmondo‘stlikdan bahra oldi. Jonajon vatanimizga chet mamlakatlarda qiziqish, hurmat oshdi. Ayni holatlarning o‘zi Mustaqilligimizning, asriy orzularimizning yorqin tantanasi bo‘ldi. Bu, yurtimizda “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” g‘oyasining hayotbaxsh ekanligining yana bir ifodasidir. Yuqorida aytganimiz, inglizlar mustaqil bo‘lgani, yaponlar qat’iyat ko‘rsatgani tufayli o‘z qadriyatlarini umumbashar mulkiga aylantira oldi. Bugun biz, o‘zbekistonliklar ham kurashni sport turi sifatida jahonning eng ommaviy jismoniy mashg‘ulotlaridan biri bo‘lishi uchun katta yo‘lga chiqqanlardanmiz. Bu yo‘l, uning dovonlari naqadar mashaqqatli ekanligi hech kimga sir emas. Ammo manzil nurli va viqorli. Eng muhimi, uning poydevori Yangi 711-22 Toxirov Ibrohimjon O‘zbekiston tamoyili asosida mustahkamlanmoqdaki, bu yangi g‘alabalarni, yangi yuksalishlarni boshlab kelishi, shubhasiz. Zotan, davlatimiz rahbari e’tirof etganlaridek, “...poydevor qancha mustahkam bo‘lsa, xalqimiz ham, davlatimiz ham shuncha kuchli bo‘ladi. Faqatgina mana shunday zaminga tayangan holda biz yurtimizda Uchinchi Renessans asoslarini barpo eta olamiz”. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling