Mavzu: Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz! Reja: O‘zbekistonda mustaqillikning 31 yilligi shiori. Asriy orzularning yorqin tantanasi


Ota-bobolarimizdan meros kurashning sport turi sifatida Olimpiya o‘yinlari


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana25.03.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1294971
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
711-22 Toxirov Ibrohimjon2

Ota-bobolarimizdan meros kurashning sport turi sifatida Olimpiya o‘yinlari 
tizimidan joy olishi yo‘lida qilinayotgan ishlar, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida 
ommaviy sport turi maqomiga ega bo‘lishi uchun amalga oshirilayotgan sa’y-
harakatlar Uchinchi Renessans asoslari yaratilayotganligidan emasmi? 
Inson hamisha ozodlik va hurriyatga intilgan, tinch va osoyishta yashashga, 
tahlikalardan uzoqroq bo‘lishga harakat qilgan. Tarixdan maʼlumki, bu tabiiy 
ehtiyojga osonlikcha erishilmagan. Shu bois, odamlar Mustaqillik, Istiqlol, Hurriyat 
degan ulug‘ neʼmatning qadr-qimmatini asrashni, himoya qilishni vatanparvarlik 
burch sifatida bilganlar. Kerak bo‘lsa bu yo‘lga jon berib, jon olganlar. 
Ayniqsa, bugungi globallashayotgan, tezkor o‘zgaruvchan zamonda ayrim 
mintaqa davlatlari o‘rtasidagi ziddiyatlar, yirik davlatlar tahdidi, natijasini oldindan 
bilib bo‘lmaydigan voqea-hodisalar har doim Mustaqillikning qadrini yanada 
chuqur his qilishimiz, ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashimiz lozimligini 
ko‘rsatmoqda. Tinchlik va osoyishtalik har narsadan bebaho, har narsadan qadrli 
ekanini yanada ko‘proq anglayapmiz. Doimo xushyor va sergak bo‘lishimiz 
lozimligini his qilyapmiz.
Xudoga shukr, jannatmakon o‘lkamiz – O‘zbekistonda shunday murakkab va 
tahlikali vaziyatlarga qaramay so‘nggi yillarda ulkan o‘zgarishlar, bunyodkorlik 
ishlari amalga oshirilmoqda. Har qanday vaziyatda ham bir yoqadan bosh chiqarib, 
muammolarni muzokaralar, bamaslahat hal qilishni qadriyat darajasida bilgan 
xalqimiz yurt taqdiri va kelajagiga befarq emasligini ko‘rsatib, huquqiy, erkin, 


711-22 Toxirov Ibrohimjon 
demokratik, xalq manfaatiga asoslangan jamiyatini barpo qilish yo‘lida islohotlarda 
faol ishtirok etmoqda. 
“Inson qadri uchun” ezgu tamoyili asosiga qurilgan 2022-2026- yillarga 
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan 
vazifalar hayotiyligini taʼminlashda fidokorlik ko‘rsatmoqda. Bunday xalqqa
albatta, to‘yu tomoshalar, xursandchilik yarashadi. 
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston 
Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish 
va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ham shu maqsadda qabul 
qilingan bo‘lib, unda xalqimizning milliy bayrami – Istiqlol shodiyonalariga 
tayyorgarlik ko‘rish, uni yuksak darajada va munosib nishonlash bo‘yicha vazifalar 
belgilandi. 
Bu yilgi istiqlol bayrami “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan 
bosh g‘oya ostida o‘tkaziladi. Davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga 
tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan respublika 
Komissiyasi tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-
tashviqot ishlari dasturi asosida mamlakatimizning barcha hududlarida, eng chekka 
qishloq va ovullarida ham bayram tantanalarini keng nishonlash choralarini ko‘radi. 
Aholining keng qatlamlari o‘rtasida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlab 
maʼrifiy uchrashuvlar, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, dolzarb 
mavzular bo‘yicha fikr almashuvlar, madaniy tadbirlar o‘tkaziladi. Ularda so‘nggi 
yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar, 
xalqimizning hayoti, qalbi va ongida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, yurtimizda 
turli millat va diniy konfessiya vakillari o‘rtasida ahillik va totuvlik muhitini yanada 
kuchaytirish, jamiyatda tinch va osoyishta hayotni taʼminlash borasida amalga 
oshirilayotgan ishlar targ‘ib qilinadi. 
Bugungi tinch va erkin hayotni qadrlab, shukronalik tuyg‘usi bilan yashashga, 
inson qadrini ulug‘lashga daʼvat etadigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilib, 


711-22 Toxirov Ibrohimjon 
aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilash, yoshlar, xotin-qizlar, keksa avlod 
vakillari, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga doimiy eʼtibor va g‘amxo‘rlik 
ko‘rsatishga qaratilgan dasturlarimizning ijobiy natijalari ko‘rsatiladi. “Eng ulug‘, 
eng aziz”, “Ranglar jilosida – ona diyor”, “Vatan uchun yashaylik!” kabi anʼanaviy 
ko‘rik-tanlovlar o‘tkaziladi. 
Umuman, Qarorda bayram bayramdek o‘tishi uchun zarur bo‘lgan barcha 
vazifalar belgilanib, bu borada tegishli idoralarga topshiriq va tavsiyalar berildi. 
Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasi davlat 
mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori 
saviyada o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Xuddi shunday hujjat har yili 
Mustaqillik kuni arafasida qabul qilinadi. 
«So‘nggi yillarda, dunyoda koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqiroz, 
keskin raqobat, turli qarama-qarshilik va ziddiyatlar tufayli yuzaga kelgan g‘oyat 
og‘ir va murakkab vaziyatda mard va olijanob xalqimizning fidokorona mehnati 
bilan Yangi O‘zbekistonni barpo etish va uni jahonga tarannum qilish bo‘yicha 
muhim natijalarni qo‘lga kiritayotganimiz, bu yutuqlar xalqaro jamoatchilik 
tomonidan e’tirof etilayotgani, eng asosiysi, vatandoshlarimizning ongu tafakkuri, 
dunyoqarashi o‘zgarib, ular islohotlar samarasini kundalik hayotida his qilib 
yashayotganini alohida ta’kidlash zarur», — deyiladi hujjatda. 
«2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot 
strategiyasini amalga oshirish, erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, tub islohot 
jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarish, inson huquq va manfaatlari, uning qadri, 
sha’ni va g‘ururini yetakchi o‘ringa olib chiqish ustuvor vazifamizga aylangan 
hozirgi vaqtda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, davlatimizning hududiy 
yaxlitligi va bo‘linmasligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash, millatlararo 
totuvlik, diniy bag‘rikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashga intilish ko‘p millatli 
xalqimizni yanada birlashtiradigan, yuksak marralarga safarbar etadigan beqiyos 
kuchga aylanib bormoqda», — deya qayd etiladi qarorda. 


711-22 Toxirov Ibrohimjon 
Hujjat bilan 
Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling