Mavzu: Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz! Reja: O‘zbekistonda mustaqillikning 31 yilligi shiori. Asriy orzularning yorqin tantanasi
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
711-22 Toxirov Ibrohimjon2
bo‘larmidi?
Darvoqe, sportdagi harakatlar. O‘zbekiston Mustaqilligining 31 yillik shodiyonalariga tobora yaqinlashganimiz sari 31 yil avvalgi jismoniy tarbiya va sportdagi holatimiz va bugungi darajamiz ko‘z oldimizga kelaveradi. O‘zbekiston Mustaqilligining ilk yillarida birgina O‘zbek kurashini xalqaro maydonga olib chiqish, uning qamrovini kengaytirish masalasiga davlat tomonidan alohida e’tibor qaratilgan, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlangan bo‘lsa, keyinchalik uning safiga belbog‘li kurash, turon, o‘zbek jang san’ati, uloq-ko‘pkari 711-22 Toxirov Ibrohimjon kabi o‘yinlar qo‘shildi. Hozirda qator olimlar, mutaxassislar yana bir nechta xalq o‘yinlarining sport terminologiyasini ishlab chiqish borasida izlanishlar olib bormoqdaki, bu ham xalqimizning ma’naviy merosi naqadar boyligidan dalolat. Prezidentimiz joriy yil yanvar oyining so‘nggi kunlarida o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida “Yangi O‘zbekistonni barpo etishda ikkita mustahkam ustunga, ya’ni bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot hamda ajdodlarimizning boy merosi, milliy va umumbashariy g‘oyalarga asoslangan kuchli ma’naviyatga tayanamiz. Ma’naviyat – jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir”, deya ta’kidlagandilar. Haqiqatan shunday. Bugun xalqimiz ma’naviyatining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan xalq o‘yinlari, uning sarchashmalaridan yaralgan milliy sport turlarimiz, ularning xalqaro maydondagi rivojiga davlat darajasida e’tibor qaratilayotganligi, qo‘llab- quvvatlanayotganligi shundan. Birgina kurash sport turining rivoji borasida 1991 yillardan harakatlar boshlangan bo‘lsa, 2018 yilga kelib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida e’tibori tufayli o‘zbek sporti – kurash Osiyo o‘yinlari maqomiga rasman ko‘tarildi. 711-22 Toxirov Ibrohimjon O‘tgan 3-4 yil oralig‘ida birgina kurash sport turini rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini oshirish borasida hukumat miqyosida bir qator tarixiy qarorlar qabul qilindi, dasturlar, rejalar, “yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi. Mazkur tarixiy hujjatlar tufayli kurashni yanada rivojlantirishning mustahkam iqtisodiy va ma’naviy poydevori yaratildi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling