O`qituvchi va o`quvchilar o`rtasida ma`naviy –ma`rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish ” mavzusida metodik tavsiya


Download 22.99 Kb.
Sana08.06.2023
Hajmi22.99 Kb.
#1462872
Bog'liq
Metodik tavsiyasi


O`zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi
Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi
Uzun tumani maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi

O`qituvchi va o`quvchilar o`rtasida ma`naviy –ma`rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish ” mavzusida



METODIK TAVSIYA


Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir, Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat.


Sh.M.Mirziyoyev

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek “Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim”

Yosh avlodda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir.

Mazkur hujjatlar asosida umumta`lim muassasasalarida ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish , nazariy va amaliy ishlarni tashkil etishda e`tiborli jihatlar :



  • maktab ta’limini umummilliy harakatga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni mazmunan yangi bosqichga ko‘tarish;

  • maktab o‘quvchilari kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, ma’naviy kuch va milliy iste’dodlarni saqlash;

  • harbiy vatanparvarlik hamda buyuk ajdodlar jasoratini targ‘ib etish, o‘rganish;

  • uzluksiz ta’lim tizimida ma’naviy tarbiya asoslarini kuchaytirish;

  • o‘quvchilarni zamonaviy bilim va tajriba, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash jarayonida maktab, mahalla va oila hamkorligini mustahkamlash.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda umumta`lim muassasalarida ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirishda eng avvalo ma`naviy-axloqiy tarbiyani shakllantirishda asosiy mezon sifatida qaralishi lozim .
“Har bir millatning saodati, davlatlarning tinch va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog’liqdir”
Ushbu so`zlar har bir o`qituvchining ,ota-onaning farzand kamoloti yo`lidagi dasturulamali bo`lishi lozim .
Taʼlim va tarbiyaning asosi, poydevori bu - maktab. Maktabni maktab qiladigan kuch esa oʻqituvchilardir. Maʼlumki, murakkab oʻtish yillarida maktablardagi maʼnaviy-maʼrifiy muhit, oʻqituvchi kasbining obroʻyi, nufuzi pasayib ketgani, yangi davr pedagoglarini tarbiyalash, innovatsion taʼlim texnologiyalarini joriy etishga yetarli eʼtibor berilmagani sohada bir qator jiddiy muammolarni keltirib chiqardi. Pedagogik mehnat ustalari ta’lim muassasalarida vujudga keladi, o’quvchilar bilan muomalada shakllanadi. Demak, tarbiyaviy tadbirlar jarayonida pedagog pedagogik mahoratga ega bo’lish bilan birga, u o’quvchi qalbini tushunishi, uning qiziqish va moyilliklarini his qilishi kerak. Shunga ko’ra tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirishi va o’tkazishi lozim. Albatta, rejalashtirish o’quvchilarning maslahatisiz amalga oshirib bo’lmaydi. Tarbiyaviy tadbirlarni shunday tashkil qilish kerakki, unda o’quvchilar faol bo’lishsin, o’qituvchi esa nazoratchi sifatida namoyon bo’lsin. Shundagina ko’zlangan maqsadga aniq va tez erishish mumkin. O’quvchilar bilan tarbiyaviy tadbirlar o’tkazishda o’qituvchining muomala odobi ham juda katta ahamiyatga egadir. O’qituvchining o’quvchilar bilan bevosita yoki bilvosita muomalasi o’tkazilishi lozim bo’lgan tarbiyaviy tadbirlarga tayyorgarlik jarayonida sodir bo’ladi.



Darsdan tashqari olib boriladigan ishlar mazmunida innovatsion texnologiyalarini qo`llab shaxs ma’naviyatini shakllantirish, ongini o’stirish va tafakkurini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bular orqaligina erkin va mustaqil fikrlaydigan, o’zligini anglay oladigan, ya’ni har xil zararli oqimlarga qo’shilib ketavermaydigan bo’lajak mutaxassislarni intellektual salohiyatli, siyosiy ongli qilib tarbiyalash imkoniyati yaratiladi. Shaxs ma’naviyatini shakllantirish muammosi asrlar davomida ilm ahli uchun dolzarb muammo bo’lib kelgan. Chunki shaxs ma’naviyati jamiyat ma’naviyatini tashkil etadi.
Hozirgi paytda tez-tez qo'llanilayotgan interfaol usullardan, ya'ni klaster, sinkveyn, aqliy hujum, ajurli arra, munozara, o'z o'rningni top, kichik guruhlarda ishlash, menyu, debatlar, tanqidiy fikrlash va boshqalardan foydalanish dars samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga egadir. Ana shunday interfaol usullarni sinfdan tashqari ishlarda joriy etilishi barchamiz uchun samarali natijalar berishi muhumligini anglashimiz lozim .

Ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish.
Yoshlar — har qanday jamiyatning ertasi. Ular tom maʼnoda, Oʻzbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi hisoblanadi. Zero, yangi Oʻzbekiston yoshlari — kelajagimiz va istiqbolimiz poydevoridir. Bugun yurtimizda ularning zamonaviy ilm-fan va yuqori texnologiyalarni mukammal egallashi uchun barcha kuch va imkoniyatlar ishga solinayotgani, xususan, Prezident va ijod maktablari tashkil etilayotgani zamirida katta maʼno mujassam. Hozir biz zamonaviy talablar asosida jihozlangan, barcha shart-sharoitlarga ega oʻquv binolarida taʼlim olayotgan yoshlarning yutuqlari bilan haqli ravishda faxrlana olamiz. Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan gʻoyani ilgari surgani bejiz emas. Zotan, yurtboshimiz taʼkidlaganidek, “Agar katta avlodning bilimi va tajribasini, uzoqni koʻra olish fazilatlarini yoshlarimizdagi gʻayrat-shijoat, mardlik va fidoyilik bilan birlashtira olsak, koʻzlagan marralarga albatta yetamiz”.


Oʻzbekiston haqiqiy maʼnoda yoshlar mamlakati. Bu yurtda ulgʻayotgan yigʻit-qizlarning orzulari va oʻz oldiga qoʻygan maqsadlari bisyor. Davlat rahbarining tashabbusi va qoʻllab-quvvatlashi esa ularga bu maqsadlarni amalga oshirishda koʻmak beradi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning: “Biz oʻz oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulugʻ maqsadni qoʻygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulugʻbeklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, taʼlim va tarbiyani rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy gʻoyamizning asosiy ustunlari boʻlib xizmat qilishi lozim”, soʻzlari yoshlar uchun katta marralar sari yoʻl ochdi. Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulugʻ maqsadni amalga oshirishda , yosh avlod ta`lim tarbiyasida pedagoglar oldida ulkan , mas`uliyatli vazifa turibdi . Bu jarayon o`z –o`zidan ma`naviy barkamollikni ta`minlaydi .
Download 22.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling