Reja; 1.Rivojlangan xorijiy davlatlardagi talim-tarbiya, maktab va maorif taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari. 2.Yaponiyada ta’lim-tarbiya va uning o’ziga xos xususiyatlari. 3.Germaniyada ta’lim tizmining rivojlanishi. 4.Buyuk Britaniyada ta’lim tizmini rivojlantirish. 5.Rivojlangan xorijiy davlatlar va mustaqil O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizmidagi o’zari uyg’unlik masalalari. Yapon ta`lim tizimlarining mumtoz shakllanishi 1867-1868 yillardagi mamlakat hukmdori Meydzi tomonidan amalga oshirilgan islohotlarga borib taqaladi. Bu hukmdorning o’z oldiga qo’ygan ikki qat`iy shiori bo’lib, biri «Fukoku kioxsi» - boyish, mamlakatni mustahkamlash va harbiylashtirish, ikkinshisi esa «Siokusan kogio»- ilg’or G’arb ishlab chiqarish texnologiyasi asosida mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish edi. Meydzi ikki maqsadni amalga oshirishning bosh omili ta`lim tizimlarini tubdan o’zgartirish va yangilashda deb hisoblardi. Yaponiyada 1872 yilda «Ta`lim haqida Qonun» qabul qilindi Qonunga muvofiq tez orada eski uslubdagi ta`lim tizimi o’rnida mamlakat rivojlanishini ta`minlashga samarali xizmat xizmat qiluvchi yangi yo’nalishdagi 53750 ta boshlang’ish, 256 ta o’rta maktab, 8 ta dorilfunun tashkil etildi. Bu o’quv yurtlaridagi ta`lim shakllari ma`rifatli G’arb ta`lim uslublari bilan uyg’unlashtirildi. 1890 yilga kelib ilgarigi 3-4 yillik boshlang’ish maktablar qat`iy 4 yillikka aylantirildi va u bepul amalga oshirila boshlandi. 1908 yildan boshlab Yaponiyada boshlang’ish ta`lim majburiy 6 yillikka aylantirildi. O’quv-tarbiya ishlari bepul amalga oshiriladigan bo’ldi. 1893 yildan e`tiboran Yaponiyada kasb yo’nalishidagi dastlabki kollejlar paydo bo’la boshladi. - 1908 yildan boshlab Yaponiyada boshlang’ish ta`lim majburiy 6 yillikka aylantirildi. O’quv-tarbiya ishlari bepul amalga oshiriladigan bo’ldi. 1893 yildan e`tiboran Yaponiyada kasb yo’nalishidagi dastlabki kollejlar paydo bo’la boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |