Mavzu: yaylov o‘simliklari va uning ahamiyati reja
Qora qo‘ng‘ir tog‘ tuproqlarining agrokimyoviy ko‘rsatkichlari
Download 182.5 Kb.
|
1-Yaylov o‘simliklari va uning ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gidrogeologik sharoiti
- O‘simliklar qoplami
- 3. Adir mintaqasi, yaylovlarning tabiiy sharoitlari
Qora qo‘ng‘ir tog‘ tuproqlarining agrokimyoviy ko‘rsatkichlari
(A.Z.Genusov, N.V.Kimberg ma’lumotlari)
Gidrogeologik sharoiti Ma’lumki, hududlar tog‘ mintaqasidagi suv ayirgichlaridan to daryo sohillarigacha bo'lgan masofa 4 ta gidrogeologik zonaga bo‘linadi: 1. Gidrogeologik mintaqa - yer usti suvlarining singib kirish mintaqasi. 2. Gidrogeologik mintaqa - sizot suvlarning yer yuziga qisman sizib chiqish mintaqasi. 3. Gidrogeologik mintaqa - sizot suvlarning bug‘lanish mintaqasi. 4. Gidrogeolgik mintaqa - sohil mintaqasidir. Yuqorida keltirilgan gidrogeologik mintaqalar bo‘yicha tog* yaylovlari 1- gidrogeologik mintaqaga, ya’ni yer usti suvlarining singib kirish yoki yer osti sizot suvlarini paydo bo'lish mintaqasiga kirib, bunday yerlarda tuproqning ustki qatlami uncha qalin bo‘lmagan qumoq va gil zarralardan, quyi qismlari esa qum, shag‘al, mayda tosh aralashmalaridan iborat bo‘lib, yer osti suvlari o‘nlab, ba’zan yuzlab metrmasofada joylashgan. Shuning uchun bu qatlamlar suvni juda ko‘p shimib oladi va katta tezlikda pastga o‘tkazib yuboradi. Bu qatlamlarda pastga suvni o'tkazmaydigan jinslar joylashgan. Yer osti va sizot suvlari shu suv o‘tkazmaydigan jinslar yuzasida to‘planadi hamda yopiq yo‘nalish bo'yicha juda katta tezlikda (100-1000 m sutka) oqadi. Shuning uchun bu mintaqada yer osti sizot suvlari juda chuqur joylashgan va chuchuk (minerallashganlik darajasi 0,2-0,3 g/1) dir. Yer osti va sizot suvlari o‘simliklaming o‘sish va rivojlanishida ishtirok etmaydi. O‘simliklar qoplami Tog' mintaqasi yaylovlarining o‘simliklar qoplami joylashish balandligiga bog'liq holda bo‘ladi. Baland tog* yaylovlarida asosan boshoqdoshlar oilasiga mansub turli o‘tloq o‘simliklari (oqso‘xta, timofeyevka, suvbug'doyiq, dalachoyi, qizil sebara, segir quyruq, osoka, o‘tloq qo‘ng‘irboshi, astragal, kavul, tipgan, perey, esparset, efemerlar, shuvoqlar). Tog4 yaylovlarining hosildorligi 6-25 s/ga ni tashkil etadi. 3. Adir mintaqasi, yaylovlarning tabiiy sharoitlari Relyef. Adir yaylovlari tog* tizmalarining yonbag'ir qismlarining yonbag‘ir qiyaliklarini, adirlarni, daryolarni o‘rta va yuqori terrasalarini va tog* etagi prolyuvial tekisliklarini o‘z ichiga oladi. Adir yaylovlarining yuqori chegarasi dengiz sathidan 1400-1600 m, quyi komini esa 250-300 m dan 500 m gacha balandliklardan o'tadi. Adir yaylovlari relyefik ko'plab daryo va dara-soylari bilan bo'lingan katta tog1 oldi qiya pastliklaridan va adirlardan iborat. Shuning uchun bunday yerlarning relyef sharoiti mizorelyef xususiyatlarga xosdir. Download 182.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling