Mavzu: yaylov o‘simliklari va uning ahamiyati reja
Download 182.5 Kb.
|
1-Yaylov o‘simliklari va uning ahamiyati
Meliorativ mintaqalar
1. Tog' mintaqasi. 2. Adir mintaqasi. 3. Tekislik mintaqasi. 4. Sohil mintaqasi. O'zbekiston Davlat yer loyihalashtirish instituti yaylovlami quyidagi guruhlarga bo'lishni tavsiya qilgan: 1. Tog' - tog' va baland tog' yaylovlari. 2. Adir - tog' oldi adirlar, baland va quyi adirlar. 3. Cho'l (tekislik) - qum cho'llar, gipsli cho'llar, sho'rxok cho'llar va baland cho'llar. 4. To'qaylar (sohil) - daryo sohillari. Ma’lumki, O'zbekiston tog'lari O'rta Osiyodagi Tyan-Shan va Oloy tog' tizmalarinig davomidir. Tyan-Shan tizmasiga Qorajon tog', Ugam, Pskom, Sandalash, Chotqol va Qurama tog'lari kiradi, ular o'rtacha dengiz sathidan balandligi 25003000 m. Oloy tizmalariga Turkiston, Zarafshon va Hisor tog'lari kiradi. Turkiston tog' tizmasi Farg'ona vodiysidagi Ko'ksuv, Chumqor va Morguzar tog'larini hamda Nurota (Gubdantog', Oqtog', Qoratog') tog'larini o'z ichiga oladi. Turkiston tog' tizmalarining balandligi dengiz sathidan 3000-4000 m balandlikdadir. Zarafshon tog' tizmasiga Chaqilkalon, Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog'lari kiradi, ularning dengiz sathidan balandligi 800-1200 m dir. Hisor tog‘ tizmasi janubiy-g'arb tomondan Hazrati Sulton, Yakka- bog‘, G‘uzor, Boysun, Ko‘hitang, Surxontog‘ va Bobotog1 tizmalaridan tashkil topgan. Bu tog‘larning dengiz sathidan balandligi 2000-3700 m. Yuqorida keltirilgan tog‘ tizmalari respublikamiz g‘arbiga borgan sari pasayib, adirlar va tekisliklar bilan qo‘shiladi. Barcha tog‘ tizmalarining qo‘yi qismlari adirlardan, adirlarning quyi qismlari esa tekisliklardan iborat bo‘ladi. Respublikamizning tekislik mintaqasiga Farg'ona, Chirchiq, Ohangaron, Mirzacho‘l, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo vohalari Amudaryo deltasi, Qoraqum, Qizilqum, Ustyurt, Nurota, Qarnob va boshqa tekisliklar kiradi. Yuqorida ko‘rsatilgan mintaqalar chorvachilik uchun asosiy ozuqa manbai bo‘lgan tabiiy yaylovlardir. O‘zbekiston Respublikasi hududida tog‘ yaylovlari 1459 ming ga, adir yaylovlari 17 mln ga, tekislik yaylovlari esa 20 mln gektardan oshiq. Bu tabiiy yaylovlar bir-biridan iqlim, gidrologik, relyef, o‘simliklar qoplami vegetatsiya davri va yaylov davrining davomiyligi bilan farqlanadi. Download 182.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling