Mavzu: Yelimlarni ishga tayyorlash va ulardan foydalanish qoidalari. Quticha ustiga mato yoki oboy yelimlashning texnologik haritasi va texnikasi qoidalari. Ta’limiy maqsad


Download 1.57 Mb.
bet2/8
Sana19.11.2020
Hajmi1.57 Mb.
#147870
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6,7


O’tilgan mavzuni so’rash (10 daqiqa). (Kichik guruhlarda ishlash va bahs-munozara): O’tilgan mavzuni so’rashda bahs-munozara metodidan foydalaniladi. Bunda o’qituvchi har bir guruhga o’tilgan mavzuga oid savollar beradi. Berilgan savollar bo’yicha tayyorgarlik ko’rish uchun vaqt ajratiladi. Berilgan savollarga qaysi bir guruh tayyor bo’lsa, o’sha guruh javob beradi. Agar guruh tomonidan berilgan javob to’liq bo’lmasa ikkinchi guruh qo’shimcha qilishi mumkin. Guruhlarga o’tilgan mavzuga oid quyidagi savollarni berish mumkin:

1-guruh:1 nafar o`quvchi “Zinama zina ” o`yinini kompyuterda bajaradi.

Boshqa o`quvchilarga savollar



  1. Yelimlarning qanday turlari bor?

  2. Yelimlar qanday ishga tayyorlanadi?

  3. Yelimlardan qanday foydalanish kerak?

2-guruh: 1 nafar o`quvchi “Zinama zina ” o`yinini kompyuterda bajaradi.

Boshqa o`quvchilarga savollar



  1. Quticha ustiga mato yoki oboy yopishtirish uchun qanday yelim tanlash kerak?

  2. Qutichaga mato yoki oboy yopishtirishda qanday xavfsizlik qoidalariga amal qilish kerak?

  3. Qutichaga qanday oxirgi ishlov beriladi va ortiqcha yelimlardan qanday tozalanadi?

Berilgan savollarga qaysi guruh oldin va to’liq javob bersa o’sha guruh g’olib hisoblanadi hamda guruh a’zolari baholanadi.

Amaliy mashg’ulot (35 daqiqa): o’qituvchi o’quvchilarga turli ko’rinish va o’lchamga ega bo’lgan yarim tayyor qutichalar namunalarini beradi. O’quvchilar qutichalarga yelimlash orqali mato yoki oboy yopishtirishni va bezatishni o’rganadilar.

Mavzu: Yog’ochga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo’yicha ish usullari.

Ta’limiy maqsad: O`quvchilarni Xalq hunarmandchiligida yog’ochga ishlov berish yordamida yasaladigan turli xil kerakli, dekorativ va foydali buymlarni yashashga oid bilim, malakalarni shakillantirish.

Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarda umummehnat madaniyati va duradgorlik kasb egalariga nisbatan hurmatli bo`lishga o`rgatish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning yog;ochlar bilan ishlashini o`rganib olish va o`z qo`llari bilan buyum tayyorlash ko`nikmalarini hosil qilish. Xalq hunarmandligi namunalaridan birini yasash va o’quvchilarni rag’batlantirish.

Dars turi: Yangi tushuncha bilim ,ko`nikma va malakalarni shakllantiruvchi, nazorat qiluvchi ;

Dars metodi: “BBB” , “Sinkvein” , “Interfaol”

Dars jihozi: (darsda foydalanilgan jihozlar): kompyutеr texnikasi, videoproyektor, slaydlar, ko’rgazmali qurollar, tayyor va yarim tayyor mahsulot namunalari

Darsning borishi

Tashkiliy qism (3-5 daqiqa): salomlashish, davomatni aniqlsh, sinf xonasi va o’quvchilarni darsga tayyorlash (inglizcha salomlashish) va yo’qlama olish. O’quvchilarni guruhlarga bo’lish (o’qituvchi tomonidan oldindan guruhning har bir a’zosi uchun tayyorlangan emblemalarni tarqatiladi va bir xil emblemaga ega bo’lgan o’quvchilarni birinchi qatorga, ikkinchi guruh o’quvchilarini esa ikkinchi qatorga o’tirishlari kerakligini aytadi);



II. O’tigan mavzuni so’rash (10 daqiqa). O’tilgan mavzuni so’rash, uyga vazifani baholash va rag’batlantirish uchun ”BBB” metodidan foydalanamiz. Bunda o’quvchilar daftarlariga jadval yordamida B – Bilaman , B – Bilib oldim , B – Bilmoqchiman kabi savollarga o’z bilimlaridan kelib chiqqan holda mavzuga oid ko’nikmalarni yozishadi. Bilib oldim ustuni yordamida o’tilgan mavzu baholanadi. Bilmoqchiman ustuni yordamida esa yangi mavzu tushuntiriladi.


III. Yangi mavzuning bayoni (15 daqiqa)

IV. Amaliy mashg’ulot (35 daqiqa): o’qituvchi o’quvchilarga turli ko’rinish va o’lchamga ega bo’lgan yarim tayyor mahsulot namunalarini beradi. O’quvchilar yo’g’ochdan tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlarga stanok yordamida ishlov berishni o’rganadilar.








Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling