Mavzu: Yer va suvdan samarali foydalanishni ta'minlash yo'llari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Yer va suv resurslaridan foydalanishda ekologik munosabatlarning maqsadi va vazifalari
Download 465.39 Kb.
|
Yer va suvdan samarali foydalanishni ta\'minlash yo\'llari
2.2. Yer va suv resurslaridan foydalanishda ekologik munosabatlarning maqsadi va vazifalari.
Suvni xuquqiy muhofaza qilishdan maqsad suv resurslari va ularning manbalaridan oqilona foydalanish, suvni tabiiy xossalarini saqlash, uni ifloslanishidan, zaxarlanishidan, tarkibi buzilishidan himoya qilish ayniqsa, suvni sanitariya talablariga mosligi va unda yashaydigan tabiiy mavjudotni ekologik me‘yor holatini ta‘minlashdan iborat bo’lishi lozim. Amaldagi «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi Qonunning XXIV bobida suvni xuquqiy muhofaza qilishning maqsadi o’z ifodasini topgan. Hamma suvlar (suv ob‘ektlari) aholi sog’lig’iga zarar yetkazishi, shuningdek, baliq zahiralarining kamayishi, suv ta‘minoti sharoitining yomonlashishi hamda suvning fizikaviy, kimyoviy va biologik xossalari pasayishi, suvning tabiiy tozalanish xususiyati kamayishi, suvning gidrologik va gidrogeologik rejimining buzilishi natijasida kelib chiqadigan boshqa ko’ngilsiz hodisalarga olib kelishi hollaridan muhofaza qilinishi kerak. Ta‘kidlash o’rinliki, suv resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish ko’p hollarda nazorat qilish tartibi bilan bog’liq bo’ladi. Mazkur masala yuzasidan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 24 maydagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi katta va alohida muhim suv xo’jaligi ob‘ektlarning texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish Davlat inspektsiyasi (Davlat suv xo’jalik nazorat)ini tashkil qilish to’g’risidagi Farmoni katta ahamiyatga ega. Xalq xo’jaligini faoliyat ko’rsatishi, qishloq xo’jaligi ekinlaridan barqaror hosil olinishi suv xo’jaligi ob‘ektlarining ishonchli hamda bexatar ishlashiga bog’liqdir. Mana shunday shar – sharoitlarni ta‘minlash bunday ob‘ektlarning texnik holati ustidan nazorat kuchaytirilishi, turli vazirliklar va idoralar faoliyati muvofiqlashtirishini, Markaziy Osiyo davlatlaridagi suv xo’jaligi tashkilotlarining baxamjixat hararakat qilishlarini taqozo etadi. Shuningdek, katta va alohida muhim suv xo’jaligi ob‘ektlarining ishonchli texnik holatini hamda bexatar ishlashini ta‘minlash ko’zda tutilgan. Bundan tashqari, hozirgi paytda aholi yashash joylarini ichimlik suvi bilan ta‘minlash va uni muhofaza qilish maqsadida hukumat tomonidan ham bir qator chora – tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu muammoning yechimi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 1 iyunda qabul qilingan «Qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‘minlashni yanada yaxshilash chora – tadbirlari to’g’risida»gi Qarorida ham o’z ifodasini topgan. Uning 5 – bandida qishloq aholisini ichimlik suvi bilan ta‘minlash samaradorligini oshirish va sifatini yaxshilash maqsadida qishloq suv ta‘minoti idoraviy tizimlarni kommunal xizmat ko’rsatish hududiy organlari balansiga berish yo’li bilan yo’li bilan ichimlik suv ta‘minoti sohasida tarkibiy o’zgartirishlarning amalga oshirish va mintaqaviy va mintaqalararo magistral suv quvurlaridan foydalanishning yagona tizimini yaratish maqsadga muvofiq deb hisoblanishi alohida ko’rsatilgan. Suvni xuquqiy muhofaza qilish maqsadiuning ma‘lum vazifalarini ham amalga oshirish holati bilan bog’liqdir. «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi Qonunda ko’rsatilishicha, «Hamma suvlar aholi sog’lig’iga zarar yetkazishi shuningdek baliq zahiralarining kamayishi, suv ta‘minoti sharoitining yomonlashishi hamda suvning fizikaviy, kimyoviy va biologik xossalari pasayishi, suvning tabiiy tozalanish xususiyatining kamayishi suvni gidrologik va gidrogeologik rejimining buzilishi natijasida kelib chiqadigan boshqa ko’ngilsiz hodisalarga olib kelishi hollaridan muhofaza qilinishi kerak» (97 - modda). Suv to’g’risidagi qonunda, faoliyati suvlarining holatiga ta‘sir etuvchi korxonalar, tashkilotlar va muassalar, mahaliy hokimiyat organlari, tabiatni muhofaza qilish, suv xo’jaligi, sanitariya nazorati organlari hamda boshqa mafaatdor idoralar bilan kelishilgan holda texnologiya, o’rmon – melioratsiya va agrotexnika, gidrotexnika, sanitariya – texnika tadbirlarini o’tkazishlari shart, deb ko’rsatilgan. Suv manbalarini ifloslanishdan muhofaza qilishning eng yaxshi yo’li markazlashgan suv ta‘minotini tashkil qilishdan iborat. Ochiq suv havzalaridan suv olinadigan joyni tanlashda suvning ifloslanmasligi, suv havzasiga yetarli miqdorda suv tushib turishini, suv havzasi atrofining to’silganligini, qirg’oqning buzilmasligini hisobga olish kerak. Suv olinadigan joyni tanlash har safar murakkab sanitariya masalasi hisoblanadi. Muhimi, suv olinadigan joyni tanlash oqova suvlar tushadigan joydan yiroqligi aholi yashaydigan punktning istiqboli, ya‘ni kengayishi nazarda tutiladi. Shuningdek, suv olinadigan joy daryo irmoqlari chuqurligi kamida 2,5 metr bo’lgan, qirg’og’i yuvilmaydigan joydan olinadi. Bu qoida suv omborlariga ham tegishlidir. Har qanday suv manbai, ayniqsa ochiq suv havzalari tashqi muhit bilan bog’langanligi va suv sifatiga tabiiy hodisalar, sanoat va communal qurilishlar, aholining xo’jalik va turmushdagi faoliyati ta‘sir qilishni hisobga olib, vodoprovod qurilishida albatta, sanitariya zonasi tashkil etish kerak. Mavjud qonunchilikka asosan tashkilotlar barcha vodoprovod uchun sanitariya muhofazasi zonasi tashkil qilishlari kerak. Sanitariya maishiy suv ta‘minotidan foydalanadigan rayonlarda sanitariya muhofazasi zonasi yaratish zarur. Bunday hollarda sanitariya nazorat organlari va shu teritoriyadagi suvdan foydalanishni va muhofaza qilishni boshqaradigan organlarga quyidagi hajmli yer ajratiladi: Download 465.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling