Mavzu: Yer va suvdan samarali foydalanishni ta'minlash yo'llari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
O’zbekistonning yer resurlaridan foydalanish muamolari
Download 465.39 Kb.
|
Yer va suvdan samarali foydalanishni ta\'minlash yo\'llari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv resurslari, chuchuk suv maummosi.
2.4. O’zbekistonning yer resurlaridan foydalanish muamolari.
Insoniyatning yer resurslari bilan ta`minlanganlik darajasi jahon yer resurslari bilan belgilanadi. Jahon yer resurslari 13,4 mlrd gektarni tashkil etadi. Ishlov beriladigan yerlar eng qimmatbaho yer hisoblanadi, bunday yerlar insoniyatga zarur bo`lgan oziqovqat mahsulotlarining 88 foizini beradi.O`tloq va yaylov yerlarning ham ahamiyati katta. Ular insoniyat istemol qiladigan oziqovqatning 10 foizini beradi.Biroq sayyoramiz yer fondining tarkibi o`zgarib turadi. Yer fondi tarkibiga bir-biriga qarama-qarshi bo`lgan ikki jarayon to`xtovsiz ta`sir ko`rsatadi. Bir tomondan insoniyat minglab yillar davomida yashash va qishloq xo`jaligida foydalanishga qulay bo`lgan yerlarni kengaytirish uchun zo`r berib kurashib keladi. Bunda qo`riq yerlarni katta ko`lamda o`zlashtirilganligi jihatidan Rossiya, Qozog`iston, AQSH, Kanada, Xitoy, Braziliya alohida ajralib turadi. Lekin yeri kichik, aholisi zich o`rnashgan mamlakatlar dengizlarning qirg`oq bo`yi qismlarini jadal o`zlashtiryapti. Ikkinchi tomondan yerlar to`xtovsiz oriqlab boryapti. Yerlarning botqoqlanishi va sho`r bosishi natijasida 1,5 mln gektar yer ishdan chiqyapti. Shaharlar o`sib borgan sari turar joysanoat va transport qurilishlari hm qishloq xo`jaligi yerlariga tobora jadal kirib bormoqda. Jahonning qurg`oqchil o`lkalarida sodir bo`layotgan cho`llashish jarayoni qishloq xo`jaligi yerlarini kamaytirib boryapti. Cho`llashish hozirning o`zidayoq 900 mln gektarni “yutib” yubordi. Va yana o`nlab, mamlakatlarda xavf solyapti. Sahroi Kabir, Atakama, Namib va boshqa cho`llar kengayib boryapti. Olimlarning hisoblariga qaraganda, kelgusi 0 yil davomida G`arbiy Yevropaning yarmiga teng keladigan yerlari ishdan chiqayapdi. Bu jarayonlar natijasida yerga tushayotgan tazyiq to`xtovsiz ortib boryapti, yer resurslari bilan taominlanganlik darajasi esa kamib ketayapti. Noosfera - aql zakovati sferasi odamlarning xo`jalik faoliyati geografikmuhitga tabiatning o`zida ro`y beruvchi geologik jarayonlardan kamta`sirko`rsatyapti, deb yozgan edi Vernadskiy (1863-1905). O`shandan beri jamiyat bilan tabiat o`rtasidagi “moda almashinuvi” ko`plab marta o`sib, global miqyoslarga yetdi, biroq tabiatni “zabt etar” ekanlar, odamlar o`z hayot faoliyatlarining asosiga juda katta zarar yetkazdilar. Atrofmuhit holati yomonlashdi. Bu holatni tasvirlab fransuz okeanshunosi Jak Iv Kusto “ilgari tabiat insonni qo`rqitar edi, endi inson tabiatni qo`rqitmoqda” deb yozgan edi. Yer yuzining qancha mamlakat va rayonlarida ekologik vaziyat juda taranglashib ketib ekologik tanazzul darajasiga yetdi. Hozirgi vaqtda bu muammoni yechish uchun tobora ko`p davlatlar o`z kuch va imkoniyatlarini birlashtirmoqdalar. Suv resurslari, chuchuk suv maummosi. Yaqindagina suv ham havo kabi tabiatning tekin inomlaridan biri hisoblanar edi. Faqat obikor dehqonchilik joylardagina suv hamma vaqt yuqori baholanib kelingan. Keyingi vaqtlarda quruqlikdagi suv resurslariga munosabat o`zgardi. Bunga sabab shuki, chuchuk suv resurslari gidrosfera umumiy hajmining 2,5 foizini tashkil etadi. Buning ustiga,chuchuk suvning asosiy qismi Antarktida, Grenlandiya muzliklariga, Arktika muzlari, tog` muzliklariga jamlab qo`yilgan, hozircha ulardan amalda foydalanib bo`lmaydi. Muammo shundaki, insoniyatning chuchuk suvga bo`lgan ehtiyojini ta`minlaydigan manba daryolar bo`lib uning miqdori boro`g`i 47 ming km.kubga teng. Chuchuk suvni ishlatish tobora ortib bormoqda, 2000 yilga borib yiliga 5 ming km.kubdan oshib ketdi. 1980 yilda 3,5 ming km.kub edi. Shu bilan birga suv eng ko`p qishloq xo`jaligida sarf bo`ladi. Qishloq xo`jaligida ayniqsa obikor dehqonchilikda ishlatilgan suv resurslari asosiy o`rniga qaytmaydi. Daryolar suv resurslari o`zgarmagan holda suvdan foydalanishning bunday o`sib borish tanqisligi yuzaga kelishi xavfini vujudga keltiradi. Yer yuzida chuchuk suv notekis taqsimlangan. Ekvatorial mintaqa va mo`tadilning shimoliy qismida chuchuk suv yetarli va hatto ortiqcha ham. Bu joylarda suvga eng serob mamlakatlar joylashgan. Ularda aholi jon boshiga yiliga 25000 km.kubdan ortiq suv to`g`ri keladi. Quruqlikning 1/3 qismini tashkil etgan qurg`oqchil mintaqalarida suv tanqisligi juda keskin seziladi. Bu yerda suvga kambag`al mamlakatlar joylashgan. Ulardan kishi boshiga 5 ming m.kubdan kam suv to`g`ri keladi. Insoniyatning suv muammosini yechishning bir necha yo`llari mavjud. Bu yo`llardan asosiysi aftidan ishlab chiqarish jarayonlarining suvga nisbatan talabini kamaytirish va suv isrofgarchiligini qisartirishdir. Daryolar oqimini boshqaradigan suv omborlarini qurish katta ahamiyati kasb etadi. Jahonda hammasi bo`lib, umumiy suv hajmi 6,5 ming km.kub bo`lgan 30 mingdan ortiq suv ombori bunyod etilgan. Bunga suv yer kurrasi daryolarida bir vaqtda mavjud bo`lgan 3,5 barobar ko`pdir. Bu suv omborlarining umumiy maydoni 400 ming km.kv dan ortiq yoki Azov dengizi maydonidan 10 barobar katta. Katta suv omborlarining ko`pligi bilan AQSH va Rossiya alohida ajralib turadi. AQSH, Kanada, Avstraliya, Hindiston, Xitoy, Misr va MDHga kirgan mamlakatlarda suvni hududlarda katta taqsimlash ishlari amalga oshirilgan. Biroq keyingi paytlarda bir daryo xavzasidan boshqa daryo xavzasiga oqizish yuzasidan tuzilgan yirik loyihalar iqtisodiy va tabiiy muhofazasi mulohazalari sababli bekor qilindi. Fors qo`ltig`i, O`rta dengiz bo`ylaridagi mamlakatlarda, Turkmanistonda, Kaspiy dengizida, AQSHning janubida, Yaponiyada, Karip dengizi orollarida dengiz suvini chuchitish amlga oshirilyapti, dunyo bo`yicha Quvaytda eng ko`p suv chuchitiladi. Chuchuk suv endilikda jahon bozorida sotiladigan tovarga aylanib qoldi. Chuchuk suv dengiz kemalarida tashiladi. Uzoqqa cho`zilgan quvurlar orqali yuboriladi. Ma`lumki, daryo suvidan elektr energiya olishda foydalaniladi. Jahonning foydalanish mumkin bo`lgan gidroenergetika zaxirasi 10 trln kvt.st elektrenergiyasi olish mumkin deb hisoblanadi. Bu gidroenergetika zahirasinng 1/2 qismiga yaqini, 6 ta mamlakatga to`g`ri keladi. Bular: Xitoy, Rossiya, AQSH, Zair, Kanada, Barziliya. YU.A.Shakolpskiy (1856-1960), P.P.Shirshov (1905-1953), K.K.Markov (1905-1980), N.N.Zubov (18851960) kabi rus tadqiqotchilari o`nlab ekspedisiyalarning ishlari natijasida dunyo okeani ko`p sirlarini bilib olishdi. Dengiz geologiyasi yordamida okean tabiiy resurslarini juda katta xazinasi ekanligi isbotlandi. Bu xazinani quruqlik resurslari bilan bemalol qiyoslash mumkin. Bu xazina avvalo dengiz suvidan iborat. Dengiz suvi miqdori haqiqatdan ham juda ko`p. Ya`ni 1338 mln km.kub yoki gidrosferadagi suv miqdorining 96,5 foizini tashkil qiladi. Bundan tashqari dengiz suvi o`ziga xos “tirik ruda” bo`lib, tarkibida 75 xil kimyoviy elementlar mavjud. Misirliklar va Xitoyiiklar qadim zamonlardayoq suvdan tuz ajratib olishni o`rganib olishgan. Hozir undan ko`p miqdorda tuz olinadi. Dengiz suvidan yana magniy, brom, yod olinadigan manba bo`lib xizmat qiladi. Bundan keyingi boylik dunyo okeani tagidagi mineral resurslardir. Materik sayozligi resurslari orasida neft va tabiiy gaz eng katta ahamiyatga ega. Ko`pchilikhisoblarga qaraganda bu boyliklar butun jahon zahirasining 1/2 qismidan ortiqrog`i materik sayozligiga to`g`ri keladi. Sayozlikdagi qattiq foydali qazilmalarni nishab shaxtalar yordamida qazib olish mumkin. Bunday boyliklar ko`pincha hozirgi zamon mo`may boylik topuvchi ustalarning qo`liga tushadi. Okeanlar chuqur qismining asosiy boyligi temir, marganes qotishmalaridir. Dunyo okeanining bundan keyingi boyligi energetika resurslaridir. Bu boylik ham juda katta, nihoyat, dunyo okeanining yana bir boyligi biologik resurslardir. Bular suvda yashovchi hayvonlar (boyliklar, sut emizuvchilar, mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar) va o`simliklardir. Okeanlarning biologik moddalari umumiy miqdori 35 mlrd tonna hisoblanadi, ular 140 ming tur mavjudotdan iborat. Norvegiya, Bering, Oxota, Yaponiya dengizlari dunyoda eng mahsuldor dengizlar hisoblanadi. Biroq okeanlardagi ovlanadigan ko`pchilik baliqlar va hayvonlar muhofazaga muhtoj. Yer yuzining 71 foizini egallovchi dunyo okeani mamlakatlar va xalqlarning aloqasida har doim muhim rol o`ynab kelgan. Biroq to XX asrning o`rtalarigacha kishilik faoliyatining dunyo okeanidagi barcha turlari jahondagi daromatning atigi 12 foizini bergan, xolos. Biroq fantexnika taraqqiyoti jadallashgan sari dunyo okeani har tomonlama tadqiq etish va o`zlashtirish butunlay boshqacha ko`lam kashf etdi. Birinchidan, global energetika va xomashyo muammolarining o`tkirlashuvi dengiz tog`kon, kimyo sanoatlari va dengiz energetikasining paydo bo`lishiga olib keldi. Download 465.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling