Mavzu: Yer va suvdan samarali foydalanishni ta'minlash yo'llari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Download 465.39 Kb.
|
Yer va suvdan samarali foydalanishni ta\'minlash yo\'llari
-Davlat va xuquqning umumiy tamoyillari;
-Suvga doir maxsus tamoyillar. Ma‘lumki, suv xuquqi xuquq tizimining sohasi sifatida suvga doir ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda davlat va xuquq tizimining quyidagi umumiy ahamiyatdagi tamoyillaridan foydalaniladi; qonuniylik; ijtimoiy adolat; oshkoralik; ishontirish va majburlov choralarining qo’llanilishi; shaxslarning xuquq va burchlarining birligi va boshqalar. Suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning maxsus tamoyillari davlat va xuquqning umumiy tamoyillariga asoslangan holda olib boriladi. Suvga doir ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi Qonunida ushbu soxadagi umumiy va maxsus tamoyillar belgilanmagan. Biz o’ylaymizki, O’zbekiston Respublikasining yangi suv qonunchiligi maxsus tamoyillarni o’z ichiga olishi o’z navbatida suvga doir davlat siyosatini to’g’ri yo’naltirishga xizmat qiladi. Suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning maxsus tamoyillari quyidagilardan iborat: atrof tabiiy muhitning barqarorligin saqlash; aholining suvga bo’lgan xuquqlarini kafolatlash; suv resurslaridan umumiy foydalanganlik uchun xaq olinmasligi; suv resurslaridan maxsus foydalanganlik uchun xaq olinishi; suvga nisbatan davlat mulkining qo’llanilishi; suvga doir munosabatlarni boshqarishda havza tamoyilning qo’ullanilishi; suvlarni muhofazakilish va tejab foydalanganlik uchun rag’batlantirish choralarini belgilanishi; suvga yetkazilgan zararni qoplash va undirishning majburiyligi; suv kadastirini yuritishning majburiyligi va boshqalar. Ushbu maxsus tamoyillar asosida O’zbekiston Respublikasida suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish jarayoni ta‘minlanadi va kafolatlanadi. Suv xuquqi predmeti, yo’nalishlari, maqsad va vazifalarga ega bo’lgani kabi u usullariga ham ega bo’lib, suvga doir munosabatlarni davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, yuridik va mansabdor shaxslar tomonidan tartibga solish shakllari belgilanadi. Suv xuquqida asosan quyidagi usullar qo’llaniladi: Ekologiyalashtirish; Ma‘muriy – xuquqiy; Fuqoroviy – xuquqiy; Ekologiyalashtirish usuli – suvlarni muhofaza qilish, undan oqilona foydalanish jarayoniga jamiyat hayotining barcha jabhalari, xalq xo’jaligining turli soxalarini jalb etish orqali amalga oshiriladi. Maxmuriy xuquqiy usul – davlat va xuquqning muhim usullaridan biri bo’lib, davlatning boshqaruv chora – tadbirlarning qo’llanilashida namoyon bo’ladi. Suv xuquqida mazkur usul keng qo’llanilib, suvlarni muhofaza qilish va suv resurslaridan oqilona foydalanish jarayonini ta‘minlovchi qoida – talablarning belgilanishi, barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ekologik qoida talablarga buzilgan taqdirda javobgarlik chora tadbirlarni qo’llashda katta axamiyatga egadir. Fuqaroviy xuquqiy usul - suv xuquqida tobora rivojlanib borayotgan usul sifatida bevosita suv xuquqiy munosabatlari ishtirokchilarning tengligi, moddiy rag’batlantirish, suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishda iqtisodiy chora tadbirlarning qo’llanilishida namoyon bo’ladi. Ekologiyalashtirish, ma‘muriy xuquqiy, fuqarolik xuquqiy usullar orqali suv xuquqiy munosabatlari tartibga solinadi. Suv xuquqi xuquq tizimidagi boshqa xuquq soxalari bilan bog’liq bo’lib, suv xuquqiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladi. Suv xuquqiy munosabatlarni tartibga solishda konstitutsiyaviy, ma‘muriy, fuqarolik, jinoiy va xo’jalik xuquqi soxalarining tamoyil, qoida va talablari ham ishtrok etadi. O’zbekiston Respublikasining qonunlari suvdan foydalanish va muhofaza qilish bilan bog’liq umumiy va maxsus tamoyil, qoida talablar belgilangan bo’lib, ular quyidagi yo’nalishlarda ko’rinadi: suvga doir davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining vakolatlari; xuquqni muhofaza qilish organlarining suv xuquqiy tartibotni mustaqkamlashdagi vazifalari; fuqarolarning majburiyatlari; foydalanuvchilarining ekologik xuquqlari; suvga doir davlat siyosatining asosiy tamoyillarining belgilanishi va boshqalar. Ushbu muhim yo’nalishlarda suv xuquqi konstitutsiyaviy xuquq bilan o’zaro bog’liqdir. Download 465.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling