Mavzu: Yer va suvdan samarali foydalanishni ta'minlash yo'llari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Download 465.39 Kb.
|
Yer va suvdan samarali foydalanishni ta\'minlash yo\'llari
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
Mavzu: Yer va suvdan samarali foydalanishni ta'minlash yo'llari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism 2.1 Yer va suvdan oqilona foydalanishning ekologik-xuquqiy asoslari 2.2 Yer va suv resurslaridan foydalanishda ekologik munosabatlarning maqsadi va vazifalari 2.3 Suv resurslarini ekologik-xuquqiy munosabatlarining o’ziga xos xususiyatlari 2.4. O’zbekistonning yer resurlaridan foydalanish muamolari. III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Yer osti suvlarini ekologik-xuquqiy muhofaza qilish, birinchi navbatda, suvni chiqaruvchi va undan foydalanishni ta‘minlovchi idoralarning xuquq va majburiyatini belgilash bilan boshlanadi. Chunki yer osti suvlari joylanishining o’ziga xos tomonlari yer qa‘ridan foydalanuvchilarning hatti-harakatlariga bevosita bog’liqdir. Yuridik va jismoniy shaxslar yer qa‘ridan yoki yer osti suvlaridan foydalanishda ularning kamayib ketishi, foydali xususiyatlarini yo’qotishi yoki ifloslanishiga yo’l qo’ymasliklarga shart. Suv qonunchiligi suvlarni ekologik-xuquqiy muhofazalash me‘yorlarining amalda bajarilishini iqtisodiy ta‘minlash maqsadida: suvdan maxsus foydalanilganlik, suv ob‘ektlarini ifloslantirganlik va ularga zararli ta‘sir ko’rsatishning boshqa xil to’lovlari o’ndirib olinadi. Ushbu to’lov turi, miqdorli va tartibi Soliq kodeksi, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Moliya vazirligi va tegishli davlat organlarning qonun osti me‘yoriy hujjatlariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Suvdan tejab-tergab, yangi texnologiyalar asosida foydalanuvchilar uchun «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi qonunning 106 moddasiga muvofiq ravishda xuquqiy (masalan, birlamchi foydalanuvchi), iqtisodiy (imtiyozli kredit), tashkiliy (qo’shimcha korxonalar tashkil etish), ijtimoiy (tajribalarini keng targ’ib qilish), ekologik (ekologik to’lovlardan ozod etish) va boshqa rag’batlantirish omillarining samarali tizimini qo’llash mumkin. Suvdan oqilona foydalanishni yo’lga qo’yish maqsadida suv zaxiralari davlat yo’li bilan hisobga olinadi. Uning tarkibiga yagona suv fondini tashkil etuvchi suvlarning miqdori, sifati, aholini va xalq xo’jaligining ehtiyojlari uchun suvdan foydalanishga oid ma‘lumotlar kiritiladi. 1990-2001 yillar mobaynida O’zbekistonda toza suvdan foydalanish 52,4 kub km dan 44 kub km ga kamaygan. Undan qayta ishlatiladigani 5,9 kub km dan 4,0 kub km, ifloslangan suvlarni suv shoxobchalariga tashlash 32,7 kub km dan 16,9 kub km, tozalab tashlangan suvlar 12,1 kub km dan 10,5 kub km ga kamaygan. Bu degan so’z xalq xo’jaligida suvdan foydalanish va uni tozalash, oqova suv sifatini oshirish mustaqil Respublikamizda kundan-kunga yaxshi yo’lga qo’yilmoqda. Suvdan ekologik jihatdan foydalanish va uni muhofaza etishni rejalashtirishda prioritet masala bo’lib aholining ichimlik va maishiy xizmati inobatga olinadi. Rejalashtirish ilmiy va kadastr ma‘lumotlariga asoslangan, suv xo’jaligi balanslari, kompleks foydalanish, suvga so’ngra, maishiy xizmatga bo’lgan talabi muhofaza qilish jadvallarini hisobga olgan holda bajarilishi kerak. Davlat suv kadastri «Davlat kadastrlari to’g’risida»gi qonun va Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1998 yil 7 yanvarda 11-son qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish tartibi to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq olib boriladi. Suvning mavjud miqdori va undan foydalanish darajasini baholash esa, daryo havzalari va tumanlar bo’yicha suv xo’jaligi balanslari asosida belgilanadi. Suvdan kompleks foydalanish va uni muhofaza qilishning bosh va havza (hududiy) jadvallarida aks etgan bo’ladi. Bularning hammasi, jumladan, suv monitoringi ham Vazirlar Mahkamasi belgilab bergan tartibda davlat byudjeti hisobidagi tegishli davlat idoralari tomonidan olib boriladi. Suvdan oqilona foydalanish hamda uni muhofaza qilish talablarini buzgan yuridik va jismoniy shaxslar tegishli javobgarlikka tortiladilar. Masalan, «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi qonunning 114-moddasiga muvofiq suvdan foydalanish xuquqini boshqalarga berish hamda davlatning egalik xuquqini oshkora yoki yashirin tarzda buzadigan boshqa xil bitimlar xaqiqiy hisoblanmaydi. Suv qonunchiligiga oid javobgarlik va tegishli yuridik jazo quyidagi hollarda qo’llaniladi; Download 465.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling