Mavzu: Yerlarning meliorativ holatini baholash mundarija
Sug’oriladigan yerlar haqida ma’lumot
Download 44.16 Kb.
|
kurs iwi 11 Yerlarning meliorativ holatini baholash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Insonning tuproqqa ijobiy va salbiy tasiri
2.1 Sug’oriladigan yerlar haqida ma’lumot
Sugʻorish – bu suvning oqim shaklini tuproq namligi shakliga aylantirishtexnologik jarayoni boʻlib, tuproq tabiiy manbalar hisobiga yetarlichanamiqmaydigan sharoitlarda qishloq xoʻjaligi ekinlaridan yuqori va barqaror hosilolish maqsadda qoʻllaniladi. Sugʻorish tuproqning suv, oziq, havo, issiqlik, tuzrejimlarini va unda kechadigan mikrobiologik jarayonlarni boshqarishga imkonberadi. Hozirgi vaqtda agromeliorativ va tashkiliy-xoʻjalik sharoitlardan kelibchiqqan holda quyidagi sugʻorish turlari qoʻllaniladi: namiqtiruvchi,namiqtiruvchi-shoʻr yuvish va maxsus sugʻorishlar. Namiqtiruvchi sugʻorishlartuproqda va atmosferaning yerga yaqin qatlamida oʻsimliklarni oʻsib rivojlanishiuchun tuproqning qulay suv rejimini taʼminlash maqsadida qoʻllaniladi.Namiqtiruvchi-shoʻr yuvish sugʻorishlar esa shoʻrlangan yerlarda qulay tuzrejimini taʼminlashda qoʻllaniladi. Maxsus sugʻorishlarga nam toʻplash maqsadida, shudgordan oldin vaekishdan oldin sugʻorishlar, urugʻ suvi berish, oʻgʻitlash, sovuq urishiga qarshi vaprovokatsion sugʻorishlar kiradi.Sugʻorish turlari har xil boʻlishiga qaramay, ular tuproq, oʻsimlik va atrofmuhitga kompleks taʼsir etadi. Sugʻoriladigan dehqonchilik amaliyotidamuntazam va nomuntazam sugʻorishlar qoʻllaniladi.Oʻzbekistonda deyarli barcha ekinlar muntazam sugʻorish sharoitida yetishtiriladi. Bunda nam toʻplash maqsadda sugʻorishlardan tashqari ekinlaroʻsuv davrida oʻsimlikning suv isteʼmol qilish dinamikasi xususiyatlarini hisobga olgan holda doimiy ravishda sugʻorib turiladi. Nomuntazam sugʻorishlar suvresurslari bilan kam taʼminlangan hududlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini bir yokikoʻpi bilan ikki marotaba sugʻorish boʻlib, u koʻpincha respublikaning togʻli vatogʻ oldi rayonlarida don va yem-xashak ekinlarini yetishtirishda qoʻllaniladi.Unga nam toʻplash maqsadida va liman sugʻorishlarni ham misol qilib koʻrsatishmumkin.Bunday sugʻorishlar mavsumda 1,5–2 m. li tuproq qatlamini namiqtirish uchun birinchi marotaba oʻtkaziladi. Kuz va erta bahorda tuproqda yetarlicha namzaxirasi toʻplash kuzgi va bahorgi donli ekinlar, koʻp yillik oʻtlar, bogʻ vatokzorlardan yuqori hosil olish garovidir.Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Kavkaz ortining togʻli va togʻoldi mintaqalarida yetishtirilayotgan ekinlardan ayrimlarigina sugʻorib turiladi.Bunday sugʻorish tanlab sugʻorish deyiladi. Yogʻin kam tushadigan, lekintuproqlari unumdor boʻlgan vodiylarda esa sugʻorishga talabchan gʻoʻza,sabzavot, sholi va boshqa ekinlar yetishtiriladi. Bu hududda parvarish qilinayotganekinlarning barchasi sugʻorish oʻtkazishni talab etadi va shu sababdan bundayyerlardagi sugʻorishlar yalpi (yoppasiga) sugʻorishlar deb yuritiladi. Shudgordan oldin sugʻorish. Oʻzbekistonning tekislik mintaqalaridagisizot suvlari chuqur joylashgan yerlarda ekinlarni oʻsuv davrida sugʻorishlartugallanib, hosil yigʻib olingandan soʻng yogʻinning deyarli tushmasligi oqibatidatuproqning ustki qatlamida, ayniqsa, bugʻdoy, yozda haydab buziladigan bedapoyava boshqa koʻp yillik oʻtlardan boʻshagan dalalar tuprogʻida nam miqdori keskinkamayib ketadi. Bu hol yerga asosiy ishlov berishni qiyinlashtiradi: yerbelgilangan chuqurlikda haydalmaydi, palaxsa kesaklar koʻchib, mayinshudgorlashga erishilmaydi. Yerni sifatli haydash uchun tuproq namligi CHDNSga nisbatan 70–75%dan kam boʻlmasligi (TNS ga nisbatan 40–60%) lozim.Buning uchun yoz oylarida shudgorlashdan 7–10 kun, kuzgi shudgorlashdan 10–12 kun oldin eski muvaqqat sugʻorish tarmoqlari, yoʻlak va cheklar orqalisugʻorish oʻtkaziladi. Sugʻorish meʼyorlari haydov qatlamini namiqtirishhisobidan belgilanadi: yengil tuproqlarda 700–800, oʻrtacha-900-1000 va ogʻirtuproqlarda 1000–1200 m3/ga suv beriladi.Nam toʻplash maqsadida sugʻorish.Oʻzbekistonning tekislik mintaqasida,ayniqsa, janubiy mintaqalarda kuz, qish va erta bahor oylarida yogʻin suvlariningkam (120–200 mm/yil) va bugʻlanishning koʻp boʻlishi ekish davrida tuproqdanamlikning yetarlicha toʻplanmasligiga va buning oqibatida urugʻning bir tekisdatoʻliq unib chiqmasligiga sabab boʻladi. Tuproq namligini yetarlicha boʻlishinitaʼminlash uchun nam toʻplash maqsadida sugʻorish (yaxob berish, zahirasugʻorish) oʻtkaziladi. Bunday sugʻorish natijasida tuproqning tabiiy namligiortadi, qiygʻos koʻchatlar olinadi, mavsum davridagi birinchi sugʻorishni 5–6kunga kechiktirib oʻtkazishga sharoit yaratiladi, sugʻorish soni kamayadi, paxtahosili 2–4 ts/ga. ga oshadi.Nam toʻplash uchun sugʻorishlarni sizot suvlari yer yuzasiga yaqin (1–1,5m) joylashgan yerlarda oʻtkazish tavsiya etilmaydi.Sugʻorishlar oʻtkazilgan yerlarda begona oʻtlar jadal unib chiqadi va ularkultivatsiya oʻtkazilganda nobud boʻlib, oʻsuv davrida ularning miqdori keskinkamayib ketadi.Nam toʻplash uchun sugʻorishning qulay muddatlari boʻlib fevral va martoyining boshlari hisoblanadi. Sugʻorish maxsus olingan egatlar orqali yokiyoʻlaklab yoppasiga bostirib oʻtkaziladi. Mevali bogʻlarda eski egatlar yokiyoʻlaklar orqali amalga oshiriladi.Yengil mexanik tarkibli tuproqlarda 1,5–2 m.li qatlamni namiqtirish uchunsugʻorish meʼyori 1000–1200 m3/ga, oʻrtacha – 1200–1600 va ogʻir tuproqlarda1800–2000 m3/ga atrofida belgilanadi. Ekishdan oldin sugʻorish. Janubiy iqlim mintaqasidagi paxtayetishtiriladigan yerlarda tuproq namligi CHDNS ga nisbatan 50–56%gachakamayib ketadi. Chigit ekilgandan keyin urugʻ suvi berib, ularni undirib olishqator kamchiliklarga ega: uni oʻtkazish juda murakkab va sermehnat; sugʻorishnatijasida tuproq ustida paydo boʻlgan qatqaloqni yumshatishda oʻsimliklarningbir qismi zararlanib, nobud boʻladi; sugʻorishda ish unumdorligi juda kam(smenada 0,5 gektargacha) va boshqalar. Shu sababdan bunday yerlarda ekinniekishdan oldin sugʻorish katta ahamiyat kasb etadi.Ekishdan oldin sugʻorishdan asosiy maqsad – bu tuproq namligini ekishdavri uchun qulay darajada taʼminlash hamda urugʻni bir tekisda va qiygʻosundirib olish uchun qulay sharoit yaratishdir.Ishlab chiqarish amaliyotida sugʻorishlar ekishdan 10–12 kun oldin oraligʻi60 yoki 90 sm boʻlgan 16–18 sm chuqurlikda olingan egatlar orqali yoki yoʻlaklabyoppasiga bostirib oʻtkaziladi. Sugʻorish meʼyori tuproqning mexanik tarkibi va namligiga bogʻliq holda0,7–1,0 m qatlamni namiqtirish uchun qumli, yengil qumoq va oʻrtacha qumoqtuproqlarda 1000–1200 m3/ga, ogʻir mexanik tarkibli boʻz tuproqlarda 1500–1600m3/ga. ni tashkil etadi.Urugʻ (chigit) suvi berish. Bahorda dalani ekishga tayyorlash va ekishjarayonida tuproqning ustki qatlamini qayta-qayta agʻdarilishi, havo haroratinikoʻtarilishi va shamol taʼsirida chigit ekiladigan qatlam haddan ziyod qurib ketishimumkin. Agar urugʻ namligi yetarlicha boʻlmagan tuproqqa tushsa, u unibchiqmaydi. Shu sababdan bunday yerlarda ekish tugallanishi bilan urugʻ suviberiladi. Buning uchun chigitni ekish bilan bir vaqtda 10–12 sm chuqurlikda egatolib ketiladi, soʻngra muvaqqat ariqlar olinib, sugʻorish oʻtkaziladi. Yengilmexanik tarkibli tuproqlarda sugʻorish har bir egat orqali, ogʻir tuproqlarda esaegat oralatib oʻtkazilishi mumkin.Egatlardan suvni jildirab oqishi, bir egatdan boshqa egatga oʻtib ketishi vaqoʻllashiga, pushtani suv bosishiga yoʻl qoʻymaslik lozim. Aks holda pushtadaqatqaloq paydo boʻlib, oʻsimliklarni nobud boʻlishiga sabab boʻladi.Tuproqni ortiqcha namlash gʻoʻzada ildiz chirish kasalligini keltiribchiqaradi. Chigit suvi nisbatan kichik meʼyorlarda, yaʼni tuproqning ustki 0–50 smqatlamini namiqtirish hisobidan oʻtkaziladi. Sugʻorish meʼyori yengil mexaniktarkibli tuproqlarda 600–700 va ogʻir tuproqlarda 700–800 m3/ga ni tashkil qiladi 2.1. Insonning tuproqqa ijobiy va salbiy ta'siri Insonning tuproqqa ijobiy va salbiy ta'siri ajratiladi. Ijobiy ta'siriga tuproq hosildorligini oshirish, erlarning holatini yaxshilash, yashil o'simliklar ekish, ixotazorlar tashkil etish, tabiiy o'g'itlar berish va hokazolar kiradi. Salbiy ta'siriga, shaharlar qurilishi, atrof-muhitning ifloslanishi, agrotexnik tadbirlarning talabga javob bermasligi, gidrotexnika tadbirlarining noto'g'ri yo'ga qo'yilishi, kimyoviy moddalardan me'yordan ortiq ishlatilishi, yaylovlarga chorva mollarini boqish, o'rmon va to'qaylarni qirqib yuborish va hokazolar ta'siri oqibatida erlar yaroqsiz holga keladi. Insonning ta'siri ayniqsa sug'oriladigan erlarda kuchli bo'lib, sug'orib ekin ekayotganda ilg'or agrotexnika qoidalariga rioya qilinsa, (sug'orish qoida va me'yorlariga rioya qilish, erlarning meliorativ holatini yaxshilash va b.q.) tuproqning holati, fizik-kimyoviy va biologik xususiyatlari yaxshilanib, uning hosildorligi ortib boradi. Tabiatda shamol va suv ta'sirida tuproqning emirilishi yoki eroziyasi kuzatiladi. Lekin bugungi kunda kishilarning tuproqqa noto'g'ri munosabatda bo'lishi tufayli, ya'ni tik erlarni noto'g'ri haydash, bostirib sug'orish, o'simliklarga noto'g'ri munosabatda bo'lishi, qayta sho'rlanish, zaxarli kimyoviy moddalar solish va boshqalar tuproq eroziyasini vujudga keltirib chiqaradi. Antropogen eroziya tuproq resurslaridan noto'g'ri foydalanishining oqibati bo'lib, uning asosiy sabablari o'rmon va to'qaylarni qirqib yuborish, yaylovlarda chorva mollarini boqish normasiga amal qilmaslik, dehqonchilik yuritishning noto'g'ri usullaridan foydalanish va boshqalardir. Ma'lumotlarga ko'ra, har kuni Yer yuzida eroziya natijasida 3500 gektar unumdor tuproqli erlar ishdan chiqadi. Suv eroziyasi ko'proq tog' oldi va tog'li rayonlarda, shamol erozmiyasi kuzatiladi. Eroziya jarayonlarining oldini olish uchun o'simlik qoplamini tiklash, agrotexnik tadbirlarni to'g'ri olib borish, yashil himoya qalqonlarini bunyod qilish, gidrotexnik tadbirlarni rejali o'tkazish va boshqalar kiradi. Oltmishinchi yillarda almashlab ekish usuli tanqid qilinib, ancha yillar davomida ta'qiqlab qo'yildi. Keyinchalik ko'p mintaqalarda monokultura tufayli almashlab ekishni keng joriy etish imkoni bo'lmay qoldi. Natijada erning unumdorligi borgan sari kamaya bordi. Respublikamizda qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yerlarning umumiy maydoni 28 mln ga erlarni tashkil etsa, undan: 23 mln ga yaylovlar, 0,7 mln ga yer lalmikor va 4,2 mln ga sug'oriladigan yerlardan iborat. Sug'oriladigan yerlarning 42% ga paxta, 12% ga g'alla ekiladi. Xulosa Sug‘oriladigan yerlarni meliorativ holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatilayotgan antropogen omillar (sanoat va mayishiy chiqishdan chiqindi gazlarini ko‘payishi ihota daraxtlarini kesish, Yerga noto‘g‘ri ishlov berish, ilmiy asoslanmagan holda sug‘orish, minYeral o‘g‘itlar, turli gerbitsidlar, fungitsidlar, defolyantlar, desikantlar solish, o‘simliklarga o‘sishi va rivojlanishini rostlovchi moddalar bilan ishlov berish). Sug’oriladigan yerlar yaxshilab tekislanganda, dalalar teng taqsimlanib, tuproqqa bir vaqtda sifatli ishlov berishga erishiladi, undagi tuproq bir tekis namiqadi, sug’orish meyori kamayadi, sug’orish shaxobchalarini qurish bilan bog’liq ishlarning hajmi kamayadi, qishloq xo’jalik ishlarini mexanizasiyalashtirish imkoni ko’payadi, sug’orish ishlariga kam mehnat sarflanadi, hosil ortadi. Yaxshi tekislangan yerlarda suvchining ish unumdorligi kuniga 2-3 gektarni tashkil etsa, tekislanmagan yerlarda bor-yo’g’i 0,5-0,8 gektarni tashkil etadi. Yerlarni tekislash, yangi va sho’rlangan yerlarni o’zlashtirish hamda yerlarni meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo’jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish garovidir. Ekin maydonidagi baland joylar tuprog’ini uning past joylariga keltirib to’kish, yani undagi past balandliklarni, o’nqir-cho’nqir joylarni yo’qotish yo’li bilan shu maydon yuzasida malum nishab yaratish (yoki unda gorizontal yuza hosil qilish) yer tekislash deyiladi. Yer tekislashda bajariladigan tuproq ishlari hajmiga bog’liq holda, tekislashni uch usulga ajratish mumkin. a) asosiy (kapital) tekislash; b) qisman tekislash; v) joriy tekislash. Asosiy (kapital) tekislash. Yer tekislash usulining eng ko’p mehnat talab qiladigan turi asosiy tekislashdir. Bu usul asosan yangi yerlarni o’zlashtirishda qo’llaniladi. Asosiy tekislashda sug’orish uchastkasi sirtining tabiiy ko’rinishi butunlay o’zgaradi, nishablik esa sug’orish texnikasiga moslashtriladi. Shuning uchun, bunda juda katta hajmdagi tuproq ishlarini bajarishga to’g’ri keladi.Oʻzbekistonda deyarli barcha ekinlar muntazam sugʻorish sharoitidayetishtiriladi. Bunda nam toʻplash maqsadda sugʻorishlardan tashqari ekinlaroʻsuv davrida oʻsimlikning suv isteʼmol qilish dinamikasi xususiyatlarini hisobgaolgan holda doimiy ravishda sugʻorib turiladi. Nomuntazam sugʻorishlar suvresurslari bilan kam taʼminlangan hududlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini bir yokikoʻpi bilan ikki marotaba sugʻorish boʻlib, u koʻpincha respublikaning togʻli va togʻ oldi rayonlarida don va yem-xashak ekinlarini yetishtirishda qoʻllaniladi.Unga nam toʻplash maqsadida va liman sugʻorishlarni ham misol qilib koʻrsatish mumkin. Download 44.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling