Mavzu: Yerning o’z o’qi va Quyosh atrofida aylanishi. Darsning maqsadi


Download 28.1 Kb.
bet3/4
Sana08.05.2023
Hajmi28.1 Kb.
#1446484
1   2   3   4
Bog'liq
5-s Yerning o’z o’qi va Quyosh atrofida aylanishi dars ishi

Geografik kenglik deb meridianning ekvatordan berilgan nuq-tagacha bo'lgan qismi yoyining daraja (gradus) hisobidagi kattaligiga aytiladi. Globus yoki xaritadagi istagan nuqtaning kengligini aniqlash uchun qaysi parallelda joylashganini bilish zarur. Ma-salan, Toshkent 40° va 50° parallellar oralig'ida, aniqrog'i 41° paral­lelda, Suvaysh kanali 30°, Kiyev esa 50° parallelda joylashgan. Bu parallellarning hammasi ekvatordan shimolda joylashganligi sababli ularning kengligi shimoliy kenglik deyiladi. Ekvatordan janubda joylashgan nuqtalarning kengligi esa janubiy kenglik deb belgilanadi. Lekin har bir parallelda bitta nuqta emas, juda ko'p nuqtalar 32 bor. Shuning uchun globus va xaritadagi kerakli nuqtaning o'rnini aniqlashda kenglikni bilishning o'zi kamlik qiladi. Buning uchun geografik uzunlikni aniqlash zarur. Geografik uzunlik deb Bosh meridiandan berilgan nuqtagacha bo'lgan parallel yoyining daraja hisobidagi uzunligiga aytiladi. London shahri yaqinidagi Grinvich rasadxonasi meridiani Bosh meridian deb qabul qilingan.
Geografik kengliklar globusda parallellarga Bosh meridian yoni-ga yozib qo'yilgan darajalar yordamida aniqlansa, geografik uzun­liklar meridianlarning ekvator yoniga yozib qo'yilgan darajalar yorda­mida topiladi. Geografik uzunliklar Bosh meridiandan sharqda bo'l­sa, sharqiy uzunlik, g'arbda bo'lsa, g'arbiy uzunlik deyiladi.
Yer yuzasidagi har bir nuqtaning kenglik va uzunligi uning geo­grafik koordinatasi deb ataladi. Masalan, Toshkentning geografik koordinatasi 41° shimoliy kenglik va 68° sharqiy uzunligini tashkil etadi.
Yer Quyosh atrofmi 365 sutka va 6 soatda bir marta to'liq ayla-nib chiqadi. Hisobga to'g'ri bo'lsin deb bir yil 365 kun deb qabul qilingan. Shunda har yili 6 soatdan yig'ilib, 4 yilda 24 soat, ya'ni bir sutka boiadi. Shuning uchun har uch yildan keyin to'rtinchi yil 366 kun bo'ladi. Bu yil kabisa yili deyiladi. Shu yili fevral oyi 28 kun emas, 29 kun hisoblanadi.
Nega yil fasllari almashinib turadi? Buni tushunish uchun 24-rasmni tahlil qilamiz. Rasmda Yerning Quyosh atrofida aylanayotgan turli vaqtlaridagi holati tasvirlangan. Iyun oyida Shimoliy yarimshar Quyoshga ko'proq qarab turadi. 22 iyunni yozgi Quyosh turishi kuni deyiladi. Quyosh ufq ustida eng baland ko'tariladi. Shimoliy yarimsharda yoz, Janubiy yarimsharda esa qish bo'ladi. 21
mart va 23 sentabr kunlari esa Quyosh ikkala yarimsharni bir xilda yoritadi. Bu kunlarni bahorgi va kuzgi teng kunlik deyiladi. 22 dekabrda esa Yer Janubiy yarimshari bilan Quyoshga qarab turadi. Shimoliy yarimsharda kun eng qisqa, tun esa eng uzun bo'ladi. Bu vaqtda Janubiy yarimsharda yoz, Shimoliy yarimsharda esa qish bo'ladi. 22 dekabrni Quyoshning qishki turish kuni deyiladi.
Qutbiy doiralar qutb kuni va qutb tuni bo'ladigan joylarning che-garasidir. Shu chegarada yozda bir sutka qutb kuni va qishda bir sutka qutb tuni bo'ladi. Qutblarda esa qishda 178 sutka tun, yozda 186 sutka kunduzi bo'ladi.

Download 28.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling