Mavzu: Yetim bolalar bilan olib boriladigan faoliyat. Maqsad


Ijtimoiy tarbiya metodikasi


Download 88.92 Kb.
bet6/8
Sana09.01.2022
Hajmi88.92 Kb.
#260382
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5390945157828840294

Ijtimoiy tarbiya metodikasi ijtimoiy tarbiyani maqsadga muvofiq tashkil qilishning yangi usullari va metodlarini ishlab chiqadi.

Ijtimoiy tarbiya menejmenti va iqtisodiyoti bir tomondan jamiyatning “inson kapitali”ga bo’lgan ehtiyojini, boshqa tomondan ijtimoiy tarbiyani tashkil qilishda foydalanishi mumkin bo’lgan jamiyatning iqtisodiy resurslarini tadqiq etadi. Bundan tashqari bu bo’limda ijtimoiy tarbiya boshqaruvi ham ko’rib chiqiladi.

Nazorot savoli:

1.Ota ona qarmog‘ida bo‘lmagan bolalar haqida ma‘lumot bering.



Test:

1.Yetim bolalar bu ... yoshgacha ota onasi vafot etgan bolalardir.

A.18

B.17


C.16

D.19


2.Go’daklar uyida tarbiyalash xususiyatlari. Go’daklari uyi yosh bolalarni tarbiyalash tizimida aloxida o’rin egallaydi. Bu tarbiyaviy-sog’lomlashtirish muassasalri ota onasi qaramog’isiz qolgan bolalarga oila o’rnini bosishga, ona mehridan judo bo’lgan bolaningnormal rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan.

Xozirga kunda go’daklar uyining moddiy bazasi ancha kengaydi, ulardagi tarbiyaviy ishlar ham yaxshilandi. Tarbiyaning ilmiy asoslangan asosiy qoidalarining amalga oishirilishi bolalar rivojlanishida ijobiy natijalariga olib kelmoqda.

Go’daklar uylarida bolalar tarbiyasi samaradorligini belgilab beruvchi asosiy omil tarbiyachilarning insoniyligi, o’z ishiga mas’uliyat bilan yondashishidir.

Xar bir tarbiyalanuvchiga mexr bilan munosabatda bo’lish bolalar sog’ligi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lganasosiy shartdir. Go’daklar uyi tarbiyachisi nafaqat tibbiy va pedagogik ma’lumoti bo’lishi, balki

bolalarni seviishi xam zarurdir. Bolalar uylarida bolalarning tarbiyalanishi va rivojlanishi uchun sharoitlar yaratishda bolalrning yoshini emas, ularning salomatligi, rivojlanganlik darajasini inobatga olish lozim.

Bolalarning bir qismi bilan tarbiya jarayoni ularning yoshiga qarab tashkil qiliish mumkin, biroq aksariyat tarbiyalanuvchilar o’zlaridan ancha kichik yoshli bolalarga xos bo’lgan ta’lim tarbiyaga extiyoj sezadilar. Odatda, go’daklar uyiga ijtimoiy nosog’lom oilalarda kuchsizlangan go’daklar kelib tushishadi, ularning ba’zilari esa bundan oldin uzoq vaqt shifoxonada davolanishgan bo’lishlari xam mumkin. Bunday bolalarga alohida e’tibor qaratish lozim.

Go’daklar o’ziga xos xususiyatlari, bola organizmi rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadigan o’z salbiy jixatlariga ham ega. Odatda, tarbiyalanuvchining xar tomonalama rivojlaninshini ta’minlash qiyin, biroq bu go’daklar uyiningasosiy maqsadi xisoblanadi. Tarbiyachi va ijtimoiy pedagog noxush omillarning bolaga ta’sirini kamaytiradi, bola xayotiniijobiy taassurotoar bilan boyitish lozim.

Go’daklar uyininig asosiy vazifasi bolalarning to’liq jismoniy va ruxiy rivojlanishlarini ta’minlash, ularni jamiyat xayotiga tayyorlash va ijtimoiy adaptatsiyalarning engillashtirishdir.Go’daklar uyida pedagogik ishni tashkil qilayotganda, yosh bolalarning asab ruxiy rivojlanishlari qonuniyatlariga tayanish, ular rivojlanishidagi jadallik, organizmning past qarshilik ko’rsatish darajasi, jismoniy va ruhiy rivojlanishning o’zaro yaqin munosabati xususiyatlari xamda ularda kattalar bilan muomala qilishga, ijobiy emotsiyalarga, xarakat faolligiga, yangi taassurotlarga katta extiyoj borligini inobatga olish lozim.

Go’daklar uyida bolalar sog’lomligini saqlash, xususan, ularning asab tizimlarini asrashga katta e’tibor beriladi. Bu esa ularda xarakat, nutq, xotir, diqqat, tafakkurinig asosi hisoblanadi. Gudak xayotining ilk uch yili ichida kerakli ko’nikmalarni egallay olmasa, keyinchalik buni o’rnini to’ldirishning imkoni bo’lmaydi. Shuning uchun go’daklar uyning vazifasi bola xayotining ilk oylaridanoq rivojlanishdan ortda qolishga imkon bermaslik.

Go’daklar uyida tarbiyalanyotgan bolalar bir qator xususiyatlari bilan boshqa balalardan ajralib turishadi. Ijtimoiy nosog’lom oilalardan keli tushgan bolalarning aksariyat noxush ijtimoiy kechinmalarga egadirlar. Agar xizmat ko’rsatuvchi shaxslar boladagi emotsional xarakatlrga vaqtida javob bermasalar, u xolda bolada shaxsiy emotsional muomala aloqasi o’z vaqtida shakllanmaydi. Natijada xayotning ilk yilidayoq bolaning yurish turishida nuqsonlar paydo bo’lishi mumkin.

Birinchisi, bolaning xarakat va emotsional faolligi past bo’lib, bu unda salbiy odatlarni paydo bo’lishga olib keladi.

Ikiknchidan, notinch uyo’u sababsiz yig’i, boshqa bolalarga agressiv munosabat va buninig natijasida yurish turishida salbiy streotiplar paydo bo’lishidir.

Bunday nuqsonlar bor bolalarga kattalar bilan kam muomalada bo’lishi oqibatida nutq rivojlanishining orta qolishi kuzatiladi. Xayotning ilk yilida oliy nerv tizimining shakllanishiga etarlicha e’tibor bermaslik, bu tizimning rivojiga keyinchalik ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Xayotning ikkinchi yilida bolaning anglash faolligi susayadi, bola xonada maqsadsiz xarakatlanadi, yangi odamlardan qukqadi yoki aksincha, ular bilan

ortiqcha jismoniy aloqaga intiladi. Nutq rivojlanishi ortda qolaveradi, salbiy odatlar ham saqlanib qoladi.

Xayotning uchinchi yilida bolada mavxum anglashning ilk belgilari namayon bo’lishi lozim: bola o’zining shaxs sifatida ajrata boshlaydi. Uning nutqi muomala vositasiga aylanishi mumkin. Go’daklar uyida tarbiyalanayotgan boshqa bolalar bu borada ortda qolish kuzatilishi mumkin. Bunda asabiylikning namayon bo’lish xollari kuchayadi, boshqa bolalarga, ba’zan esa kattalarga nisbatan agressivlik kuzatiladi. Bular mikroijtimoiy muhit xususiyatlari va salomatlik holati kabi obektiv sabablarning natijasidir. Bunda kattalar bilan muomala qilishning etishmasligi va ijobiy emotsiyalarning kamligi asosiy o’rin tutishini inobatga olib, bularning o’rnini bolaga tarbiyaviy ta’sir orqali to’ldirishga xarakat qilish lozim. Bunday hollarda ijtimoiy pedagog oliy nerv faoliyatining rivojlanishini tavsiflaydigan me’yoriy ko’rsatkichlar kelib chiqishi kerak. mikroijtimoiy muhit talablarini aks ettiruvchi ijtimoiy yurish turishlarning muayyan turi shakllanadi. Mikroijtimoiy muhitning o’zgarish yurish turishning o’zgarishini ham keltirib chiqaradi. Bu esa yoshlik davrida anchagina mushkul vazifa bo’lib, odatda, adaptatsiya sindrom rivojlanishiga olib keladi.

Bolalar go’daklar uyida doimo muassasasining mikroijtimoiy muhitda bo’ltishadi va bu muxit ularda ijtimoiy yurish turishni shakllanishining asosi hisoblanadi. Bu sharoitda bolalar oiladagidan barvaqtroq tengdoshlari bilan muomalaga ko’nikishadi hamda kattalar bilan aloqalarga kirishishadi.

Bolalar uyida go’dak ijtimoiy moslashish streotiplarni o’zgartirish zarurati xaqida gapirilganda quyidagi uch asosiy holatni nazarda tutish lozim:

Bola hayotining ilk oylarida shifoxanadan to’g’ri go’daklar uyiga o’tkaziladi;

Bola yoshiga qarab, boshqa guruxga o’tkaziladi;

Bola bolalikka olinadi yoki bolalar uyiga topshiriladi.

Albatta, kam uchraydigan holatlar ham bo’lishi mumkin. Masalan, bola go’daklar uyiga to’g’ri oilasidan kelib tushadi yoki onasi uni go’daklar uyiga to’g’ri oilasidan kelib tushadi yoki onasi uni go’daklar uyiga tashlab ketadi. Barcha sanab o’tilgan xolatlar o’z xususiyatga ega bo’lib, u yoki bu darajada adaptatsiya sindromi keltirib chiqaradi. Shuning uchun biz ularga batafsil to’xtalamiz.


Download 88.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling