Mavzu: Yetkazib beruvchilar bozorining ma’lumotlar bazasini shakllantirish Mundarija: Kirish


Download 0.75 Mb.
bet1/16
Sana21.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1640028
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Ahmadova Kurs ishi



Mavzu: Yetkazib beruvchilar bozorining ma’lumotlar bazasini shakllantirish
Mundarija:
Kirish………………………………………………….
1.Bob: Logistika bozorida ma’lumotlar bazasi shakllantirishning nazariy asoslari
1.1. Ta'minot logistikasining asosiy tushunchalari, ma’lumotlar bazasini shakllantirish
1.2. Yetkazib beruvchilarni boshqarish
1.3. Yetkazib beruvchilarni tanlash
2.Bob: Logistika bozorida ma'lumotlar bazasining tizimi
2.1. Logistika tizimi konsepsiyasi.
2.2. Zamonaviy tashish texnologiyalari
2.3. Global yetkazib berishlar zanjirlarida tashishni tashkil qilish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Bugungi kunda O‘zbekistonda logistika-biznes tashkilotlarini boshqarishning xarid qilish, ishlab chiqarish, mablag‘lar, marketing, sotish kabi odatdagi funksiyasiga aylangan. Har qanday sanoat yoki savdo sohasidagi yirik va hatto hozirgi kunda o‘rtacha kompaniyani boshqarishning umumiy tuzilmasida alohida logistika xizmati – logistika bo‘limi, direksiyasi yoki departamentining bo‘lmasligi salbiy holat bo‘lib hisoblanadi. Biroq yaqindagina, bundan qandaydir-bir 6-7 yil oldin O‘zbekistonda alohida logistika xizmatiga ega bo‘lgan kompaniyalar barmoq bilan sanarli bo‘lgan (ko‘proq yuz foyizli chet el investisiyalariga ega bo‘lgan kompaniyalar). Endilikda, 2016 yilning boshiga kelib xuddi bunday kompaniyalarning soni, ba'zi bir baholashlarga ko‘ra, 15 mingtadan oshiqni tashkil qiladi. Biroq mamlakatda biznesni boshqarish tuzilmasida logistika xizmatiga ega bo‘lgan kompaniyalar sonining keskin o‘sishi – boshqacha qilib aytganda, bunday “holat” – yuqori rahbariyat va kompaniya egalarining logistikaga yangicha sifatiy qarashlariga olib kelgani yo‘q. Aksariyat hollarda logistika operasion logistik faoliyat – yuklarni tashish, omborlarga joylashtirish, yuklarga qayta ishlov berish, import-eksportning bojxona rasmiylshtirilishi va hokazolarga e'tibor qaratish bilan ikkinchi darajali, ta'minlovchi xizmat («xarajatlar markazi») sifatida qabul qilinadi.
Shu bilan birgalikda, sanoati rivojlangan mamlakatlar va ilg‘or korxonalarning ish tajribasi zamonaviy biznesda logistika strategik muhim ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi . Logistika deganda biznes tashkiloti barcha resurslarning optimal sarfida korporativ maqsadlarga erishishi uchun moddiy oqimlari va unga hamrohlik qiluvchi boshqa oqimlarni (axborot oqimlari, moliyaviy oqimlar, servis) samarali boshqarish tushuniladi. Hozirgi kunda ilg‘or firmalarda logistikaning an'anaviy funksiyalari – tashish, zahiralar, xaridlar va buyurtmalarni boshqarish, yuklarni omborlarga joylashtirish va ularga qayta ishlov berish – strategik innovasion tizim hosil qilish bilan umumiy axborot-komp'yuter platformasi bazasida integrallashgan. Logistik resurslarni optimallashtirish uslublari va mos keluvchi zamonaviy texnologiyalarning biznes amaliyotiga joriy qilinishi firmalarga tovar zahiralarini sezilarli darajada qisqartirish, mablag‘larning aylanishini tezlashtirish, mahsulotning tannarxini pasaytirish, operasion xarajatlarni kamaytirish, iste'molchilarni sifatli logistik servis xizmatlari bilan yanada to‘laroq qanoatlantirish imkonini beradi.
Mamlakatdagi kompaniyalarda logistikaning yetarlicha aniq pozisiyaga ega emasligi muammosi O‘zbekistonda logistika bo‘yicha oliy ma'lumot olgan mutaxxassislarning keskin yetishmasligi bilan chuqurlashadi, chunki “Logistika” mutaxassisligi bo‘yicha davlat ta'lim standarti O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta mahsus ta'lim Vazirligi tomonidan 2000 kelib tasdiqlangan, mutaxassislikning o‘zi esa sinov tariqasida 2017 yilning aprel' oyiga kelib O‘zbekistondagi bor-yo‘g‘i to‘rtta oliy o‘quv yurtlarida ochilgan. Mamlakatda “logist” malakasiga ega bo‘lgan birinchi ma'lumotli mutaxassislar 2004 yilga kelib yetishib chiqqan, hozirgi kunda ularga bo‘lgan ehtiyoj – mehnat bozorini tadqiq qilishning ko‘rsatishicha – juda yuqori.
Mamlakatda logistikani rivojlanishining nisbatan qisqa muddati, oliy ma'lumotli logist-mutaxassislar sonining kamligi , logistikaning jamiyatda ommalashish darajasining pastligi, logistika bo‘yicha darsliklar va maxsus adabiyotlarning yetarli emasligi shunga olib kelganki, ko‘pgina o‘zbek kompaniyalarining yuqori rahbariyati logistikaning asosiy tushunchalari to‘g‘risida o‘ta sayoz tasavvurga ega, atamalarni chalkashtirib yuboradilar, logistikaning biznesni samaradorligiga ta'sir ko‘rsatish mexanizmlarini (xarajatlarni kamaytirishga harakat qilishdan tashqari) tushunmaydilar.
Zamonaviy logistning funksional faoliyati sohasi – bu endilikda faoliyatning tashish, ekspeditorlik kuzatuvi, buyurtmani jamlash, tovarlarni omborlarda saqlash, transport vositalarini yuklash-tushirish, bojxona rasmiylashtirilishi va hokazolar kabi nafaqat ko‘pchilikka mavjud bo‘lgan turlaridir. Bugungi kunda firmani boshqarish shajarasining turlicha darajadagi logistlari (top-menejerlar, xarid qilish, distrib'yusiya va ishlab chiqarishda logistik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchilar, analitiklar va funksional menejerlar) logistikaning korporativ strategiyasini tanlash va asoslash, zamonaviy logistik konsepsiyalar va texnologiyalarni qo‘llash, firmaning funksional logistika sohalarida optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish, logistikani qo‘llab-quvvatlaydigan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni tanlash, logistik biznes-jarayonlarni modellashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar va kompaniyada samarali logistika tizimini yaratishning boshqa muhim masalalari bilan shug‘ullanadilar.
Demak, logistning asosiy vazifasi — moddiy oqimlar va u bilan bog‘liq bo‘lgan axborotni va mablag‘larni boshqarish bo‘yicha yechimlarning optimal variantlarini qidirishdir. Odatda kompaniyalarimizda ko‘pincha logistikaning strategiya va optimallashtirish borasidagi rolini ko‘rmaydilar. U esa moddiy oqimlarni boshqarish orqali resurslarning optimal sarflari bilan korporativ strategiyani bajarishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ladi. Hozircha, taassufki, logistikani joriy qilishga urinayotgan ko‘pgina kompaniyalarda sof o‘zbekcha talqin qilish ustuvorligicha qolmoqda, bunda logistika xizmatlariga omborxona, transport, bojxona rasmiylashtirishi va hokazo bo‘linmalar “mexanik tarzda”, hech qanday konstruktiv g‘oyasiz birlashtirilmoqda, bu ko‘pincha kompaniyaning ichida tez-tez ziddiyatli vaziyatlar vujudga kelishiga olib
keladi. Shu bois, yana bir bor shuni ta'kidlash lozimki, firmalarda logistikani tashkil qilish va uni boshqarish bilan maxsus ma'lumotga ega bo‘lgan o‘qimishli odamlar shug‘ullanishlari lozim. Aynan ular usiz logistik
bilimlarning zamonaviy korporativ bazasini qurib bo‘lmaydigan va rivojlantirib bo‘lmaydigan fundament vazifasini o‘tashlari lozim.
Kompaniya xodimlarining logistika va yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarish sohasidagi bilimlarini boshqarishda logistika va tijoratning yangi yo‘nalishi — SCM (Supply Chain Management — yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarish) sohasida bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish eng muhim vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Faqat strategik to‘g‘ri yo‘naltirilgan logistikagina asosiy biznes-jarayonlarning rivojlanayotgan integratsiyalanishi aspektida ko‘zga ko‘rinarli natijalarni berishga qodir bo‘ladi. Taassufki, hozircha mamlakatdagi firmalarning unchalik ko‘p bo‘lmagan rahbarlarigina logistikani strategik yo‘naltirish, kompaniyaning logistika xizmatining mos keluvchi korporativ strategiyasini shakllantirish, logistika tarmog‘ining konfiguratsiyasini optimallashtirish, integratsiyallangan axborot ta'minoti va tovar zahiralarini boshqarish tizimini joriy qilish haqida o‘ylamoqdalar. Bizning nazarimizda, bugungi kunda O‘zbekistonning korxonalarida logistik bilimlar bazasini boshqarishga yetarlicha e'tibor qaratilmayapti. Bilimlar bazasi logistika xizmati xodimlarini tayyorlashning chuqur o‘ylangan tizimi – xodimlarning malakasini oshiradigan qisqa muddatli dasturlardan tortib MVA da logistika va SCM bo‘yicha oliy ma'lumot berishdan tashkil topadi.


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling