Mavzu: Yetkazib beruvchilar bozorining ma’lumotlar bazasini shakllantirish Mundarija: Kirish


- jadval. Xaridlar saytlarining Internet-manzillari


Download 0.75 Mb.
bet8/16
Sana21.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1640028
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Ahmadova Kurs ishi

2- jadval.
Xaridlar saytlarining Internet-manzillari.

www.narm.org

Kanada xaridlarni boshqarish Assosiasiyasining Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasidagi Institutining sayti

www.pci-pmac.bc.ca

Manbalar, kompaniyalar, mahsulotlar, axborotlar ro‘yxati

www.picosof.com

Qidiruv tizimi (spravochnik)

www.cityline.ru

Qidiruv tizimi

www.aport.ru

Metallurgiya korxonalari bo‘yicha spravochnik (ma'lumotlar bazasi)

www.rusmet.ru

Qidiruv tizimi

www.rambler.ru

Alta Vistaga so‘rovnoma yuborish imkoniyatiga ega bo‘lgan qidiruv tizimi

yandex.ru

Mintaqaviy transport serveri

www.baltics.ru

Kanada xaridlarni boshqarish Assosiasiyasining Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasidagi Institutining sayti

Sanoat firmalari uchun yetkazib beruvchilarni tanlashda aksariyat hollarda ularning me'zonlar, omillarga muvofiqligining reyting bahosi qo‘llaniladi, bunda mumkin bo‘lgan jamlanmalardan biri quyidagicha.


1. Etkazib berishning ishonchliligi.
2. Sifat kafolati.
3. Ishlab chiqarish quvvatlari.
4. Narxlar.
5. Joylashgan joyi.
6. Texnik salohiyat.
7. Moliyaviy ahvoli.
8. Kelishuvlarga erishish imkoniyati.
9. Aloqa va buyurtmalarga ishlov berish axborot tizimining mavjudligi.
10. Sotishdan keyingi servis.
11. O‘zining sohasidagi mavqei va roli.
12. Ish tashabbuskorligi.
13. Boshqarish va tashkil qilinish.
14. Faoliyatni nazorat qilish.
15. Xaridorga bo‘lgan munosabat.
16. Qiyofa.
17. Tovarga ko‘rinish berish (o‘rash).
18. Mehnat munosabatlari.
19. Ish tajribasi va o‘zaro munosabatlarning tarixi.
20. Yordamchi adabiyotlar va yo‘riqnomalar.
21. Foyda va manfaatlarning o‘zaroligi.
Yetkazib beruvchini yakuniy tanlashni logistika (xaridlar) bo‘limida qaror qabul qiladigan shaxs amalga oshiradi.
Yetkazib beruvchini samarali tanlash – bu butun boshli san'atdir. Ba'zan, sub'ektiv axborotning cheklpangan soniga ega bo‘lgan holda yetkazib beruvchi bo‘yicha ob'ektiv to‘g‘ri qaror qabul qilish faqatgina o‘z kasbining ustasining qo‘lidan keladi.
Xaridlarni boshqarish kompaniyaning raqobatbardoshliligiga sezilarli darajada ta'sir ko‘rsatadi va firmaning korporativ maqsadlariga erishishga va logistik strategiyasining bajarilishiga o‘z hissasini qo‘shishi lozim bo‘ladi. Agar xaridlarni boshqarish faoliyati kerakli ko‘rinishda bajarilmasa, u holda kompaniya kerakli muddatda kerakli sifat va miqdordagi xomashyo yoki tyyor mahsulotni mahsulotning oxirgi qiymatining raqobatbardoshligini saqlaydigan narxlarda ola olmaydi.
Umumiy holatda ta'minot logistikasining bu funksionali quyidagi tiplashgan vazifalarni hal qilishni o‘z ichiga oladi:

  • kompaniya bo‘linmalarining ta'minot predmetlari va xizmatlarga talabnomalarini yig‘ish va ularga ishlov berish;

  • ta'minot predmetlariga bo‘lgan ehtiyojni rejalashtirish;

  • buyurtmalar proseduralarini boshqarish;

  • xarid qilish kelishuvlari, shartnomalarining shartlarini aniqlash va korrektirovka qilish;

  • xarid qilinadigan mahsulotni yetkazib berishni logistik qo‘llab-quvvatlash;

  • xarid qilingan mahsulotni olish va uning sifatini kiruvchi nazorat qilish;

  • ta'minot predmetlarini kompaniyaning omborxona tizimida (“kirishda”) saqlash va yuklarga qayta ishlov berish;

  • logistik xarid qilish kanallarida ta'minot predmetlarining zahiralarini boshqarish;

  • ta'minot predmetlari va xizmatlarga haq to‘lash uchun hujjatlarni tayyorlash, yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qilish.

1. Ta'minot predmetlarini ko‘proq qulay narxlarda sotib olish.


2. Xarid qilinadigan mahsulot zahiralarining optimal miqdorini ushlab turish.
3. Xarid qilinadigan ta'minot predmetlarining sifatini standartlarga (sertifikatlarga) muvofiq nazorat qilish.
4. Yetkazib berish grafiklarini barqaror bajarish, yukning yo‘lda saqlanishi, tovar-transport hujjatlarining aniq rasmiylashtirilishini ta'minlash, buyurtmaning nomenklaturasi va hajmiga amal qilish.
5. Xarid qilishga ketadigan transaksion xarajatlar va xarid qilinadigan mahsulotni yetkazib berishga ketadigan logistika xarajatlarini optimallashtirish.
6. Ta'minot predmetlarini avtomatlashgan samarali hisobga olish.
7. Ta'minot xizmati xodimlarining bilimlar bazasini rivojlantirish.

Xarid qilish faoliyati — bu uning yordamida ta'minot predmetlari oxirgi iste'molchilarning talablarini qanoatlantiradigan tayyor mahsulotga transformasiyalanadigan operasion resursdir, shu sababli uni yetkazib berishlar zanjirida qo‘shilgan qiymatni boshqarish pozisiyasidan baholash lozim bo‘ladi.
Sanoat korxonalarida, ularning MRP g‘oyasiga asoslangan integrallashgan axborot-boshqarish tizimlarida (avtomatlashgan) MRP modulining qo‘llanilishi bu korxonalar uchun moddiy resurslariga bo‘lgan ehtiyojlar va xaridlarni rejalashtirishning samarali quroli bo‘lib hisoblanadi.
APICS lug‘atidagi ta'rifga ko‘ra,
MRP (Material Requirements Planning)o‘zida mateirallarga bo‘lgan ehtiyojlarni hisoblash uchun VOM (Bill of Material) mahsulotining spesifikasiyalaridagi ma'lumotlardan, zahiralar to‘g‘risidagi ma'lumotlar va MPS (Master Production Schedule) ishlab chiqarish grafigidan foydalanadigan bir qator qurollarni taqdim qiladi. MRP texnologiya asosida moddiy zahiralarini to‘ldirish uchun buyurtmalarga tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Tovarni peshtaxtaga taqdim qilishning yuqori darajasi bilan xarajatlarning pastligi me'zonlari o‘rtasidagi ziddiyatni yumshatish uchun ko‘pgina riteylerlar xarid qilishlarni kechiktirishga asoslangan logistik texnologiyalaridan foydalanadilar, bu yetkazib beruvchilar bilan yanada jipsroq o‘zaro munosabatlarni, ilg‘or axborot tizimlarini qo‘llash va tashishni optimallashtirishni ko‘zda tutadi. Bu texnologiyalar doimiy to‘ldirib borish (CRP — continuous replenishment programs), iste'molchining so‘rovlariga samarali reaksiya ko‘rsatish (ECR — efficient con-sumer response), zahiralarni birgalikda rejalashtirish, prognozlash va to‘ldirish (CPFR — collaborative planning, forecasting and replenishment) dasturlarini o‘z ichiga oladi).
Savdo kompaniyalarining (xususan, chakana savdo tarmoqlarining) xaridlarini rejalashtirishni qo‘llab quvvatlaydigan bir qator mahalliy dasturiy mahsulotlar ham mavjud, ulardan «Open to Buy» yechimlar lineykasini ko‘rsatish mumkin.
Xaridlarni samarali boshqarish uchun xarid qilish kelishuvlarini (shartnomalarini) tuzish, yetkazib beruvchilar bilan shartnoma shartlarini aniqlash va o‘zgartirish kiritish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tipik xarid qilish shartnomasi (etkazib berish shartnomasi) quyidagi asosiy rekvizitlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
1. Shartnomaning predmeti.
2. Etkazib berish shartlari.
3. Shartnomaning bahosi va hisob-kitob qilish tartibi.
4. Kafolat majburiyatlari va tovar bo‘yicha da'volarni qanoatlantirish tartibi.
5. Tomonlarning javobgarligi va kelishmovchiliklarni hal qilish tartibi.
6. Tovarni bozorda ilgari surish shartlari
7. Shartnomaning amal qilish muddati va boshqa shartlar.
8. Tomonlarnig imzolari va rekvizitlari.
Shartnomaga ilovalar sifatida «Xaridorning buyurtmasi», «Spesifikasiya» va hokazolardan foydalanish mumkin.
Tovarlarni import bo‘yicha xarid qilish shartnomasining tarkibi qo‘shimcha rekvizitlar – atamalarning izohli lug‘ati (glossariy), qo‘llaniladigan xuquqiy asoslar va hokazolarni o‘z ichiga olishi mumkin. Shartnoma rekvizitlarining tiplashgan ro‘yxati quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
1.Atamalarni ta'riflash (glossariy).
2.Shartnomaning predmeti.
3.Tovarlarning narxi. Hisob-kitob qilish shartlari va tartibi.
4.Etkazib berish shartlari.
5.Etkazib berish tartibi:
sotuvchining majburiyatlari
• xaridorning majburiyatlari
6.Reklamasiyalar.
7.Xaridlarga kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko‘rsatish.
8.Qo‘llaniladigan huquq asoslari.
9.Kelishmovchiliklarni hal qilish tartibi.
10.Hal qilib bo‘lmaydigan omillar holati (fors-major).
11.Boshqa shartlar.
12.Tomonlarning manzillari va bank rekvizitlari.
Shartnomaga ilovalar sifatida tovar taqvimi, spesifikasiyalar, tovar kartasi va boshqalardan foydalanilishi mumkin.
Xarid qilinadigan ta'minot predmetlarining zahiralariga ketadigan xarajatlarni qisqartirish usullaridan biri tizimli shartnomalardan foydalanish hisoblanadi.
Xaridlarni boshqarish masalasini hal qilishda aosiy e'tibor bu faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy xarajatlarni qisqartirishga qaratilishi lozim. Bu yana shunisi bilan ham muhim bo‘ladiki, xaridlarni boshqarish xarajatlari rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tayyor mahsulot ishlab chiqarish tannarxining tarkibida 40% dan 60% gachani tashkil qiladi. Xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarda eng katta solishtirma og‘irlik moddiy resurslarning o‘zining qiymati, tashish xarajatlari va moddiy resurslar zahiralarini boshqarish xarajatlariga (omborlarga joylashtirish, yuklarga qayta ishlov berish, saqlash va hokazolar) to‘g‘ri keladi. Kompaniyalar menejmentining chiziqli-funksional tashkiliy tarkiblarida xaridlarni boshqarish (ta'minot logistikasi pozasiyalaridan) moliya, ishlab chiqarish, xarid qilish, marketing, sotishlar va logistika bo‘linmalari kabi bo‘linmalarning ustuvorligi va o‘zaro harakatlarini hosobga olishi lozim.


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling