Mavzu: Yetkazib beruvchilar bozorining ma’lumotlar bazasini shakllantirish Mundarija: Kirish


- jadval Resurslarning solishtirma tavsiflari


Download 0.75 Mb.
bet4/16
Sana21.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1640028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Ahmadova Kurs ishi

1- jadval
Resurslarning solishtirma tavsiflari.

Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan ta'minotning tavsifi

Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan ta'minotning tavsifi

Xomashyo, moddiylar, butlovchi qismlar

Ofis va komp'yuter jihozlari, MRO (Maintenance, Repairs and Operations) tovarlari, xizmat safarlari

Ishlab chiqarish grafigiga bo‘ysunadi

Ma'lum bir maqsad yo‘lida amalga oshiriladi, grafikka bo‘ysunmaydi

Xaridlar bo‘yicha menejerning tasarrufida bo‘ladi

Xodimlarning tasarrufida bo‘ladi

Tasdiqlashga muhtoj emas

Tasdiqlashga muhtoj bo‘ladi

Avtomatlashtirishning yuqori darajasi

Deyarli avtomatlashtirilmagan

Dizaynning spesifikasiga bog‘liq bo‘ladi

Kataloglar bo‘yicha tanlanadi

Ko‘proq umumiy tarzda zamonaviy ta'minot — bu ikkita funksionalni: xaridlarni boshqarish (Purchasing) va yetkazib beruvchilarni boshqarishni (Supplier Management) birlashtiradigan faoliyatdir. Keltirilgan atamalarni umumlashtirish bilan ta'minotga quyidagicha ta'rif berish mumkin: ta'minot — bu tashkilotni talab qilinadigan mahsulotlar va xizmatlar bilan ta'minlashdir, u o‘z ichiga xaridlar va yetkazib beruvchilarni boshqarish bo‘yicha barcha o‘zaro bog‘langan faoliyat turlarini, resurslarning optimal sarfida korporativ strategiyani bajarish uchun zarur bo‘ladigan barcha tashkilotlarni oladi.


«Xaridlarni boshqarish — bu tashkilotni boshlang‘ich manbadan o‘z vaqtida kerakli joyga qulay narxda berilgan sifat va miqdorlagi mahsulot bilan ta'minlashdir» .
«Etkazib beruvchilarni boshqarish deganda xarid qilish yoki ta'minot faoliyatining yetkazib beruvchilarning bazasini rasionallashtirish, ularni tanlash, ularning ishini muvofiqlashtirish, ularning faoliyat yuritish ko‘rsatkichlarini baholash va ularning faoliyat yuritish salohiyatini oshirishga taalluqli bo‘lgan jihati tushuniladi.
Sanoat va savdo kompaniyalarining aksariyatida ta'minot funksiyalari shu nomdagi bo‘linmalar – ta'minot (xarid qilish) bo‘limlari, xizmatlari, departamentlari zimmasiga yuklatilgan, ular o‘z navbatida ko‘pincha tijorat direksiyalariga bo‘ysunadi. Bunda ko‘pgina kompaniyalarda ta'minot xizmati menejmenti xodimlari, mohiyati bo‘yicha, universal xodimlar rolida chiqish bilan faoliyatning bir nechta turlarini (jihatlarini) – tijorat, logistika, marketing faoliyatini birlashtiradi. (1- rasm)
1-rasm. Ta'minot faoliyatining jihatlari va hal qilinadigan vazifalar.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling