Mavzu: Yetkazib beruvchilar bozorining ma’lumotlar bazasini shakllantirish Mundarija: Kirish


Download 0.75 Mb.
bet7/16
Sana21.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1640028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Ahmadova Kurs ishi

1.3. Yetkazib beruvchilarni tanlash

Xaridlarni amalga oshirishning zamonaviy tendensiyalari o‘zida ishlab chiqarish, sifatni yaxshilash, zahiralar darajasini pasaytirish, yetkazib beruvchilar va xaridorlarning tizimlarini yagona logistik majmuaga integratsiyalash, yetkazib berishlar zanjirlarida birgalikda harakat qilish munosabatlari va muvofiqlashtirishni yaratish, birgalikda biznes olib borish o‘rniga yetkazib beruvchilar bilan ishlashning samaradorligini oshirishga bo‘lgan ehtiyojni shartlaydi. Hozirgi kunda ko‘pgina kompaniyalarning yetkazib beruvchilarni tobora ko‘proq diqqat bilan tanlash tomonga qarab burilishi va ularga nisbatan yanada yuqoriroq talablarni qo‘yishi kuzatilmoqda.


Ta'minot manbaini tanlashdan oldin barcha potensial yetkazib beruvchilar to‘g‘risida maksimal darajada to‘liq ma'lumotlarni yig‘ish zarur bo‘ladi.
Bunday axborot manbalari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
• Kataloglarva prays-varaqalar.
• Savdo jurnallari.
• Internet qidiruv tizimlari.
• Reklama moddiylari – firma kataloglari, ommaviy axborot vositalaridagi e'lonlarni o‘rganish.
• Mahalliy manbalar, masalan, berilgan hududda faoliyat yuritadigan yuridik shaxslar yoki “xabarchilar”.
• Konkurslar (tenderlar) to‘g‘risidagi e'lonlar.
• Banklar va moliya institutlari.
• Ko‘rgazmalar va yarmarkalar (Ekspo-markaz, VVS va boshqalar).
• Savdolar va auksionlar.
• Savdo direksiyalari («Sariq sahifalar», «Ulgurji xaridor», «Tovarlar va narxlar» va hokazolar).
• Savdo vakolatxonalari.
• O‘zining qidiruvlari.
• Mumkin bo‘lgan yetkazib beruvchilar bilan yozishmalar va shaxsiy aloqalar.
• Potensial yetkazib beruvchining raqobatchilari.
Savdo assosiasiyalari, masalan, Rossiya Federatsiyasi Savdo-sanoat palatasi.
• Axborot agentliklari (masalan, RIA «RosBiznes­ Konsalting»).
• Davlat manbalari, masalan, ro‘yxatga olish palatalari, soliq inspeksiyalari, lisenziyalash xizmatlari va tanishish uchun ochiq bo‘lgan axborotga ega bo‘lgan boshqa manbalar.
Sanab o‘tilgan axborot manbalarining aksariyati alohida tushuntirishni talab qilmaydi, biroq, masalan, “O‘zining qidiruvlari” kabi manbalar yetarlicha katta hajmli bo‘lib hisoblanadi va quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
• Hamkasblar, tanishlar, raqobatchilar bilan norasmiy shaxsiy aloqalar;
• Mumkin bo‘lgan yetkazib beruvchilar bilan norasmiy shaxsiy aloqalar va yozishmalar;
• Potensial yetkazib beruvchining raqobatchilari bilan muloqot qilish va boshqalar.
Xorijda yetkazib beruvchilar to‘g‘risida asosiy axborot manbai bo‘lib kataloglar, savdo jurnallari, prays-varaqalar va hokazolar kabi umum kirishi mumkin bo‘lgan axborot spravochniklari xazmat qiladi. Ayniqsa Internetga katta e'tibor qaratiladi. Internet — bu hali oxirigacha o‘rganib chiqilmagan imkoniyatlarga ega bo‘lgan ulkan «Axborot banki» dir. Keyingi yillarda O‘zbekistonda Internetdan biznes bo‘yicha, jumladan ta'minot sohasida ham sheriklarni qidirish uchun foydalanilmoqda. Bugungi kunda Internet xizmatlaridan foydalanmasdan biznesda samarali faoliyat yuritayotgan firmani uchratish qiyin. 2- jadvalda Internetda xarid qilishlar bo‘yicha bir nechta saytlarning manzillari keltirilgan.


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling