Mavzu: Yevro’pa ittifoqining XXI asr boshlarida faoliyati Reja: Yevro’pa ittifoqining tashkil topishi. U qanday ishlaydi Yangi Yevropa sari
Yevropa integratsiyasining uchinchi bosqichi
Download 151.89 Kb.
|
Yevro’pa ittifoqining XXI asr boshlarida faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- YeVRO ZONASI.
- SheNGeN ZONASI.
Yevropa integratsiyasining uchinchi bosqichi
1992-yilda Yevropa hamjamiyatiga a’zo barcha davlatlar tomonidan Yevropa Ittifoqini ta’sis etish to‘g‘risidagi shartnoma – Maastrixt shartnomasi imzolandi. Maastrixt shartnomasi Yevroittifoqning uchta ustunini o‘rnatdi: - iqtisodiy va monetary birlashuv; - umumiy tashqi va xavfsizlik siyosati; - ichki ishlar va adliya sohasidagi umumiy siyosat. 1994-yilda Avstriya, Finlyandiya, Norvegiya va Shvetsiyada Yevropa Ittifoqiga kirish bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tdi. Aksariyat norvegiyaliklar yana qarshi ovoz berdi. Avstriya, Finlyandiya (Aland orollari bilan) va Shvetsiya 1995-yil 1-yanvarda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘ldi. Faqatgina Norvegiya, Islandiya, Shveysariya va Lixtenshteyn Yevropa erkin savdo uyushmasining a’zosi bo‘lib qolmoqda. 1997-yilda Yevropa hamjamiyati a’zolari tomonidan Amsterdam shartnomasi imzolandi (1999-yilda kuchga kirgan). YeVRO ZONASI. Yevropaning yagona valyutasi Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlarning 19 tasidagina amalda. YeI a'zolaridan Shvetsiya, Daniya, Polsha, Chexiya, Vengriya, Bolgariya, Ruminiya, Kipr, Irlandiya va sobiq a'zo — Buyuk Britaniya o‘z milliy valyutalarini saqlab qolgan. YeI a'zolari ichida Ruminiyadan boshqa hech biri yaqin orada milliy valyutasini bataraf etib, yevroni muomalaga kiritishni mo‘ljallamayapti. Ruminiya 2019 yil 1 yanvardan yevroga o‘tadi. Andorra, Vatikan, Monako, San-Marino kabi mitti davlatlarda ham yevro amal qiladi. Shveytsariya franki o‘zi va Lixtenshteynda; Norvegiya va Islandiya, shuningdek, sobiq Yugoslaviya respublikalarida o‘z milliy valyutalari amalda. SheNGeN ZONASI. Bitim yuqorida ta'kidlanganidek, 1985 yilning 14 iyunida Belgiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Fransiya va GFR vakillari ishtirokida Lyuksemburg, Fransiya va GFR cheragasidagi Mozel daryosi uzra suzayotgan «Malika Mari-Astrid» kemasida imzolanadi. Bitim o‘sha paytda kemaga eng yaqin bo‘lgan qishloq nomi — Shengen nomini oladi. Shengen zonasi YeIga a'zo 28 davlatdan oltitasida amal qilmas edi: Buyuk Britaniya, Xorvatiya, Ruminiya, Kipr, Irlandiya va Bolgariyada. Ayni paytda Shengen vizasi bilan Yevropa ittifoqiga a'zo 22 ta davlat chegaralari bo‘ylab bemalol sayohat qilish mumkin. YeI a'zolaridan Kipr, Xorvatiya, Ruminiya va Bolgariya Shengen zonasiga a'zo bo‘lishga majbur mamlakatlar hisoblanadi va yaqin yillarda qabul qilinadi. Lekin qizig‘i shundaki, Shengen zonasi Yevro zonasi va Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘lmagan mamlakatlar hududida ham amal qiladi. Masalan, Shveytsariya, Islandiya, Norvegiya, Lixtenshteyn kabilarda. Andorra, San-Marino va Vatikan (Italiya orqali), Monako (Fransiya orqali) kabi mitti davlatlarga ham Shengen vizasi bilan bemalol kirib chiqish mumkin. Bu davlatlar chegarasi ochiq davlatlar hisoblanadi. Download 151.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling