Mavzu: Yevro’pa ittifoqining XXI asr boshlarida faoliyati Reja: Yevro’pa ittifoqining tashkil topishi. U qanday ishlaydi Yangi Yevropa sari
Yevropa integratsiyasining to‘rtinchi bosqichi
Download 151.89 Kb.
|
Yevro’pa ittifoqining XXI asr boshlarida faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi Yevropa sari
Yevropa integratsiyasining to‘rtinchi bosqichi
2002-yil 9-oktabrda Yevropa komissiyasi 2004-yilda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun o‘nta nomzod davlatni tavsiya qildi: Estoniya, Latviya, Litva, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Sloveniya, Kipr va Malta. Bu mamlakatlar aholisi taxminan 75 million edi; ularning xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha yalpi ichki mahsuloti taxminan 840 milliard dollarni tashkil qiladi, bu deyarli Ispaniya yalpi ichki mahsulotiga tengdir. Yevropa Ittifoqining bu kengayishini uning eng ulkan loyihalaridan biri deb atash mumkin. Kiprni bu ro‘yxatga kiritishni Gretsiya talab qilgan, aks holda u rejaga veto qo‘yishi mumkin edi. Yevropa Ittifoqining “eski” va kelajakdagi “yangi” a’zolari o‘rtasidagi muzokaralar yakunlanganidan so‘ng ijobiy yakuniy qaror 2002-yil 13-dekabrda e’lon qilindi. Yevropa parlamenti ushbu qarorni 2003-yil 9-aprelda ma’qulladi. 2003-yil 16-aprelda Afinada Yevropa Ittifoqining 15 “eski” va o‘n “yangi” a’zosi qo‘shilish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. 2003-yilda to‘qqiz davlatda (Kipr bundan mustasno) referendumlar o‘tkazildi va imzolangan shartnoma parlamentlar tomonidan ratifikatsiya qilindi. 2004-yil 1-mayda Estoniya, Latviya, Litva, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Sloveniya, Kipr, Malta Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘ldi. Kiprning ittifoq tarkibiga kirishi orolning ikkala qismida bir vaqtning o‘zida o‘tkazilgan referendumdan so‘ng ro‘y berdi va tan olinmagan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi aholisining ko‘p qismi orolning yagona davlatga reintegratsiya qilinishini yoqlab ovoz berdi, ammo birlashish jarayoni Gretsiya tomonidan to‘xtatildi. Gretsiya orolning shimoli turk qo‘shinlari tomonidan bosib olinishi natijalarini qonuniylashtirib qo‘yayotgan “Annan rejasi” shartlariga rozi bo‘lmadi. Natijada Kipr orolning shimoliy qismi vaqtincha Kipr Respublikasining nazoratidan tashqarida ekanligi to‘g‘risidagi eslatma bilan Yevroittifoqqa qabul qilindi. Yangi Yevropa sari Yevroittifoqqa a’zo bo‘lgan o‘nta yangi mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi Yevropaning o‘rtacha darajasidan ancha past bo‘lgan sharoitda ittifoq rahbarlari ijtimoiy sohaga budjet xarajatlari va qishloq xo‘jaligiga subsidiyalarning asosiy og‘irligi ularga yuklanadigan vaziyatga tushib qoldi. Shu bilan birga, bu davlatlar ittifoq budjetiga ajratmalar ulushini YaIMning 1 foizi miqdorida Yevropa Ittifoqi hujjatlari bilan belgilangan darajadan oshib ketishni xohlamadi. Ikkinchi muammo shundaki, Yevropa Ittifoqi kengayganidan so‘ng eng muhim qarorlarni konsensus asosida qabul qilish prinsipi samarasiz bo‘lib chiqdi. 2005-yilda Fransiya va Niderdandiyada o‘tkazilgan referendumlarda Yevropa Ittifoqining birlashgan konstitutsiyasi loyihasi qabul qilinmadi va Yevropa Ittifoqi hanuzgacha bir qator fundamental shartnomalarga amal qilmoqda. 2007-yil 1-yanvarda Yevropa Ittifoqining navbatdagi kengayishi bo‘lib o‘tdi – unga Bolgariya va Ruminiya qo‘shildi. Oldinroq ittifoq bu mamlakatlarga Ruminiya va Bolgariya korrupsiyaga qarshi kurashish va qonun islohoti sohasida hali ko‘p ish qilish kerakligi haqida ogohlantirgan. Bu masalada Ruminiya, Yevropa rasmiylarining fikriga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi standartlariga javob bermagan holda iqtisodiyot tuzilishida sotsializmning uyg‘unligini saqlab qolgan. 2005-yil 17-dekabr kuni Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun nomzodning rasmiy maqomi sobiq Yugoslaviyaning Makedoniya Respublikasiga berildi (2019-yil boshidan beri u rasmiy ravishda Shimoliy Makedoniya deb nomlanadi). 2005-yil 21-fevralda Yevropa Ittifoqi Ukraina bilan harakat rejasini imzoladi. Ehtimol, bu Ukrainada tashqi siyosiy strategiyasi Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishga qaratilgan kuchlarning hokimiyatga kelgani bilan bog‘liq edi. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi rahbariyatining fikriga ko‘ra, Ukrainaning ittifoqqa to‘liq a’zoligi haqida gapirishning hojati yo‘q, chunki yangi hukumat Ukraina xalqaro standartlarga javob beradigan to‘laqonli demokratiyani isbotlashi, shuningdek, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar o‘tkazishi kerak. 2013-yil 1-iyulda Xorvatiya Yevropa Ittifoqining 28-a’zosiga aylandi. 2016-yil 23-iyunda britaniyaliklarning 52 foizi Yevropa Ittifoqidan chiqib ketishga ovoz berdi. Brexit amalga oshadigan bo‘lsa, Buyuk Britaniya ittifoqni tark etgan birinchi mamlakat bo‘ladi. Download 151.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling