2. Yog'och material va buyumlar
Yog'och materiallar, asosan, ignabargli daraxtlarni bir necha bosqichda qayta ishlab tayyorlanadi. Ular ichida eng ko'p ishlatiladigani qarag'ay, qora qarag'ay, (yel), oq qarag'ay (pixta), pista qarag'ay (kedr) va tilag'ochdir. Qarag'ay yog'ochidan brus, taxta, duradgorlik buyumlari, faner va shu kabilar olinadi. Bargli daraxtlar qurilishda kamroq ishlatiladi. O'ta zich, teksturasi chiroyli eman, qora qayin (buk), yasen, shpon va maxsus faneralar olishda, oq qayin esa pishiq fanerlar tayyorlashda ishlatiladi.
Tilinmagan yog'och butoqlari kesilgan, po'stlog'i shilingan holda qurilishda buyum va konstruksiya sifatida ishlatiladi.
Xari ignabargli va bargli daraxtlardan, diametri 14 sm dan kam bo'lmagan, uzunligi 4-6,5 m yog'ochdir. Xari 3 navga bo'linadi: birinchi navga yuqori sifatli, ikkinchi navga ba'zi bir nuqsonli va uchinchi navga ozgina miqdorda turli nuqsonli bo'Igan (chirimagan) xarilar kiradi. Birinchi navli xarilar yog'och konstruksiyalar (to'sin, ferma, sarrov, qoziq), ikkinchi navli xarilar to'sinlar, xovonlar va duradgorlik buyumlari, uchinchi navli xarilar esa ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo'Igan konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi.
Xoda uchining diametri 8-11 sm, xodacha uchining diametri 3-7 sm, uzunligi 3-9 m bo'ladi. Xoda va xodachalar sinchli uylarni qurishda, qismlar tayyorlashda ishlatiladi.
Tilingan yog'och xarilar bo'ylama arralab tayyorlanadi. Ular ko’ndalang kesim yuzasiga ko'ra plastina, chorak g'ola , pushtaxta, taxta, brus va bruscha turlariga bo'linadi va kesish usuli 2-rasmda ko`rsatilgan. Xarini bo'ylamasiga ikkiga bo'lib, plastina, to'rtta teng bo'laklanib chorak g'o'la olinadi. Xarini brus va taxtalarga tilishdan qolgan eng chetki taxtalari pushtaxta deyiladi. Eni qalinligidan ikki baravar katta bo'Igan yog'och - taxta, eni ikki qalinlikdan oshmaydigan taxta esa - bruscha deyiladi. Taxta qalinligi 13-100 mm, eni 80-250 mm. Taxta ignabargli daraxtdan 6,5 m gacha, bargli daraxtdan 5,5 m gacha, 0,25 m qadam bilan bo'lishi mumkin. Taxta yon chetlari arralangan (to'g'ri qirrali) va yon chetlari arralanmagan turlarga bo'linadi (2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |