Mavzu: Yog’och tolali plitalar ishlab chiqarish texnologiyasi. Yog’och tolali plitalarni qurilishda qo’llash


Download 0.56 Mb.
bet4/5
Sana20.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1630166
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yog’och tolali plitalar ishlab chiqarish texnologiyasi. Yog’och tolali plitalarni qurilishda qo’llash.

Yig'ma parket - 400x400 va 600x600 mm taxtachalar qog'ozga yelimlanadi va u yotqizilgach, qog'oz ko'chirib olinadi.
Shchitli parket yog'och va bruschali asosga parket taxtachalarini yelimlab olinadi. Parket taxtasi reykalar ustiga suvga chidamli yelimlar bilan yelimlab olinadi. Uning uzunligi 1200, 1800, 2400, 3000, eni 160, qalinligi 25 mm. Parket taxtachalarining namligi 8±2% bo'lishi kerak.
Faner uch va undan ortiq shponlarni (yog'och tasmalar) ustma- ust yelimlab olinadi. Shponlarni ustma-ust yelimlaganda bir qatlamdagi shponlarning tolalari keyingi qatlam shponlarining tolalariga nisbatan реrpendikulyar holatda joylashishi kerak. Odatda, ko'zli shponlar o'rta qismlarga joylashtiriladi.
Shpon 2 m uzunlikkacha bo'lgan to'sinlarni bug'lab yoki issiq suvda yumshatib, stanok yordamida yupqa uzluksiz qirindi sifatida olinadi. Faner qayin, buk, yasen, eman, qarag'ay, arena, pista qarag'ay, tilog'ochdan tayyorlanadi. Shponlar zarur sxemada yelimlanib, taxlanib, 120-160°C, 1,4-2,0 MPa bosimda 20-30 minut presslanadi. Shponlar soniga qarab uch, besh va ko'p qatlamli fanerlardan, 1,5-18mm qalinlikda va 2400x1525 mm gacha o'lchamlarda tayorlanadi. Bezak faneri bir tomoni eman, yasen, nok kabi teksturasi chiroyli yog'ochlar shponi yoki sun'iy polimer plyonkalarni yopishtirib olinadi.
Duradgorlik taxtalari 16-50 mm reykadan iborat shchitlami ikki tomoniga shpon yopishtirib olinadi. Ular eshik, pardevor, mebel tayyorlashda ishlatiladi. Yog'ochtolali taxtalar yog'och tolalari, kukunto'ldirgich, suv polimer va qo'shimchalar (antiseptik, antipiren, gidrofobizator) aralashmasini issiq holatda presslab olinadi. Yog'och tolalari yog'och chiqindilaridan uskunalar yordamida qayta ishlab olinadi. Qattiq taxta ko'p qavatli presslarda 150-165°C haroratda, 1-5 MPa bosim ostida presslab tayyorlanadi. Besh turdagi taxtalar ishlab chiqariladi: o'ta qattiq (pm>950 kg/m3, Reg>50 MPa), qattiq (pm>850 kg/m\ Reg>40 MPa), yarimqattiq (pm>400 kg/m3, Reg>15 MPa), izolatsiyalovchi-bezak (рш>250-300kg/m3, Reg>2 MPa), izolatsiyalovchi (pm<250 kg/m3, R >1,2 MPa). Ulaming uzunligi 1200-3600 mm va eni 1000-1800 mm. Qattiq taxtalar qalinligi 3-8 mm, izolatsiya uchun 8-25 mm. Taxtalar pol, shift, devor qoplamalarida, mebelsozlikda ishlatiladi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling