Mavzu: Yog’och tolali plitalar ishlab chiqarish texnologiyasi. Yog’och tolali plitalarni qurilishda qo’llash


Download 0.56 Mb.
bet3/5
Sana20.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1630166
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yog’och tolali plitalar ishlab chiqarish texnologiyasi. Yog’och tolali plitalarni qurilishda qo’llash.

2-rasm. Xodani kesish usuli.


Xari to'rt tomonidan arralansa, brus hosil bo'ladi. Bruslarning ko'ndalang kesim yuzasi o'lchami 110x110 mm dan 220x260 mm gacha. Brus qavatlararo to'sinlar, yog'och konstruksiyalar tayyor- lashda ishlatiladi. Bruschalar esa yog'och konstruksiyalari elementlari va duradgorlik buyumlari olishda ishlatiladi.




3-rasm. Yog'och materiallar:
a - plastinalar; b - chetvertinalar; d - pushtaxta; e - yon cheti
arralanmagan taxta; f- bir yon cheti arralangan taxta: g- ikki yon cheti
arralangan taxta; h - to'rt burchagi olinmagan brus; i - brus.
Bundan tashqari qurilishda deyarli barcha binolarda shpuntlangan taxta (3-rasm) va pogonaj detallari – zinapoya tutqichlari - a, plintuslar - b, galtellar (devorni shift bilan tutashgan joyini yopish uchun) - c va deraza va eshik chetlarini yopish uchun nalichniklar – d qo`llaniladi (4-rasm a,b,c,d.).





4 – rasm. Shpuntlangan taxta.


  1. b)



  1. d)




5-rasm. Yog`ochdan tayyorlangan pogonaj detallar.


Eshik va deraza, asosan, qarag'aydan tayyorlanadi. Yog'och pardevorlari bevosita bino ichida yig'iladi, plintus va karnizlar yordamida mahkamlanadi. Shchitli eshiklar ichki qatlami reykalardan yig'iladi, ikki tomoniga bir yoki ikki qatlam qattiq yog'ochlardan layyorlangan shpon yopishtiriladi. Duradgorlik plitalari uzunligi 2500 mm gacha, eni va qalinligi 30 mm bo'ladi.
Parket pol buyumlariga donali, yig'ma va shchitli parketlar hamda parket taxtalar kiradi. Donali parket randalangan chetlari va ko'ndalang qismlari profillangan turli olchamlardagi taxtachalardir. Parket, odatda, qattiq jinsli yog'ochlar (eman, buk, yasen, oqqayin va shu kabi) dan tayyorlanadi. Taxtachalar uzunligi 150, 200, 250, 300, 400 mm, eni 30 dan 60 mm gacha 5 mm qadam bilan, qalinligi 15 va 18 mm bo'ladi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling