Mavzu: “Yorug’lik xodisalari” mavzusini o’qitish metodikasi


Download 140.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana20.10.2023
Hajmi140.93 Kb.
#1711781
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1674641084 MAMADALIYEVA GULCHEXRA




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI 
XALQ TА’LIM VАZIRLIGI 
 
NАMАNGАN VILOYAT XALQ TA’LIMI BO’LIMI 
KOSONSOY TUMAN XALQ TA’LIMI BO’LIMIGA 
QARSHLI 
 
 
22-UMUMTA’LIM MAKTABI FIZIKA 
FANI O’QITUVCHISI 
 
 
 
MAMADALIYEVA GULCHEXRA 
FAZLIDINOVNANING 
 
Yorug’likning tarqalishi va qaytishi mavzusini o’qitishda 
interfaol usullardan foydalanish mavzusidagi 
 
 
METODIK TAVSIYASI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
 
 
 
Annotatsiya 
Ushbu metodik tavsiya “Yorug’likning tarqalishi va qaytishi 
mavzusini o’qitishda interfaol usullardan foydalanish” mavzusida bo`lib u
kirish, asosiy qismi, hulosa va tavsiyalar hamda foydalanilgan adabiyotlar 
ro`yhatidan iborat. 
metodik tavsiyaning kirish qismida mаvzuning dоlzаrbligi vа uning 
аhаmiyati, mаqsаdi vа vаzifаlаri, ishning hajmi ko`rsatilgan. 
metodik tavsiyada Fizika fanini o`qitishda innovatsion texnologiyalardan 
foydalanish usullari hamda “Yorug’lik xodisalari” mavzusiga doir laboratoriya 
ishlari metodikasi batafsil bayon etilgan. 
Shuningdek, Yorug'likning tezligi, Yorug’likning qaytish va sinish qonunlari 
mavzusidagi interfaol usullardan foydalanib bir soatlik dars ishlanma 
tayyorlangan. 



MUNDARIJA
KIRISh.................................................................................................... 4 
ASOSIY QISM.................................................................................................. 
1. Fizika fanini o`qitishda interfaol usullardan foydalanish.................. 7 
2. Yorug’lik hodisalari haqida Beruniy va Ibn Sinoning Fikrlari
10 
3. Yorug’lik tarqalishi va qaytishi mavzusiga oid laboratoriya ishlarini 
o’tkazish metodikasi...................................................................... 14 
4. “Yorug’likning tarqalishi va qaytishi” mavzusidagi bir soatlik dars 
ishlanma ......................................................................................... 16 
XULOSA VA TAVSIYALAR… .................................................................... 21 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI… ...................................22 



KIRISH 
Xozirgi kunda Respublikamizda amal qilinayotgan ta’lim to‘g‘risidagi 
huquqiy meyoriy hujjatlarda va davlat dasturlarida ta’lim tizimini isloh qilish 
vazifasi belgilanib, barcha ta’lim muassasalariga fanlarning o‘qitilishini 
zamonaviylik, insonparvarlik, beriladigan bilimlar ko‘lamini hayotiy jarayonlar 
bilan ta’minlash, buning uchun o‘qitishning zamonaviy axborot texnologiyalarini 
keng qo‘llash kabi talablar qo‘yilgan. 
Shuningdek, 2018 yil 29 dekabr kuni bo`lib o`tgan 2019 yilda 
mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to`g`risidagi 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Sh. 
Mirziyoyevning 
Parlamentga 
Murojaatnomasida: “Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi birinchi 
navbatda ijtimoiy sohadagi islohotlarimiz samarasi bilan chambarchas bog`liq. 
Yoshlarimizga munosib tahlim berish, ularning ilm-fanga bo`lgan intilishlarini 
ro`yobga chiqarishimiz kerak. Shu maqsadda, maktabgacha ta`lim tizimini 
rivojlantirishimiz, o`rta va oliy o`quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini, ilmiy va 
o`quv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilashimiz kerak. 
Mamlakatimizda keng ko’lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni 
mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, jamiyatda qonun ustuvorligini, 
inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik muhitini 
ta’minlash uchun muhim poydevor bo’ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, 
jahon talablari darajasida ta’lim olishi va kasb egallashi, fuqarolarimizning 
bunyodkorlik salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. 
Yangi sharoitlardan kelib chiqib, «Ta’lim to’g’risida»gi va «Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, 
2017-2021-yillarga 
mo’ljallangan 
“O’zbekiston 
Respublikasini 
yanada 
rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi”, O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining“Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta 
tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora- 
tadbirlari to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va 
izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat 



ta’lim standartlarini kompetentsiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish
o’quvmetodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy 
etish hamda pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 
tizimini yanada takomillashtirish taqozo etadi. 
Zamonaviy ta’limning eng muhim unsurlari qadimdan shakllanib kelgan. 
Ta’lim maqsadi, mazmuni, shakl, uslub va vositalari ta’lim jarayonlari mazmunini 
tahlil qilish uchun qo’llaniladigan an’anaviy kategoriyalar bo’lib hisoblanadi. 
Aynan shu kategoriyalar ma’lum predmet, mutaxassislik yoki ixtisoslik bo’yicha 
o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qiluvchi pedagog faoliyatining predmeti sifatida 
yuzaga chiqadi. Qayd etilgan pedagogik kategoriyalarni maqsadga muvofiq 
ravishda yo’naltirilgan pedagogik faoliyatning qonuniyat va mezonlarini 
tizimlashtiruvchi omil vazifasini bajaradi. Zamonaviy o’qituvchi dars jarayonida 
«aktyor» emas, aksincha «rejissyor» bo’lishi kerakligini anglashi lozim. Buning 
uchun esa u bir necha yangicha ta’lim usullarini yaxshi bilishi kerak. 

Download 140.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling