Mavzu: Yosh gandbolchilarni tanlab saralash metodikasini ilmiy asoslash Reja: Gandbolchilarni tayyorlashda jismoniy


Download 27.47 Kb.
bet3/5
Sana31.03.2023
Hajmi27.47 Kb.
#1312771
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yosh gandbolchilarni tanlab saralash metodikasini ilmiy asoslash

Me’yoriy mashq


Tajribadan oldin


Tajribadan so’ng


N


T


N


T

Joydan turib vertikal sakrash (sm)


33,4±2,2


32,8±2,6


35,2±2,3


32,3±3,2


Joydan turib uzunlikka sakrash (sm)


170,4±3,3


171,0±3,6


176,2±3,2


181,2±2,8



Joydan turib uzunlikka sakrash sifati nazorat guruhida 170,4±3,3 sm, tajriba guruhida 171,0±3,6 sm ga teng ekanligi kuzatildi. E’tiborga loyiq joyi shundaki, V.YA. Ignateva, I.V. Petracheva, A.E. Gusak va A.P. Subbotin (1983)lar tomonidan gandbol bo’yicha ishlab chiqilgan BO’SM dasturida shu yoshdagi bolalarda joydan turib uzunlikka sakrash ko’rsatkichi o’rtacha 175 sm ga teng deb me’yoriy mezon sifatida qabul qilingan. Aniqrog’i, 10 yoshli bolalardi – 170 sm, 11 yoshli bolalard esa 180 sm deb belgilangan. Afsuski, ushbu mualliflar tomonidan joydan turib yoki chopib kelib vertikal sakrash sifatlari me’yor sifatida taqdim etilmagan.
10-11 yoshli voleybolchi bolalarda joydan turib vertikal sakrash 40-42 sm miqdorida me’yor qilib olingan. Joydan turib uzunlikka sakrash esa 180-186 sm qilib belgilangan (YU.D. Jeleznyak, 1977).
R.S. Nasimov (1987) shu yoshdagi bolalar sakrovchanligini o’rganib, bu sifatni 39,3-46,5 sm ga teng ekanligini kuzatgan. Ko’rinib turibdiki, turli mualliflar ushbu sifatlarning rivojlanganlik darajasini turlicha baholanganlar.
Basketbolda, misol uchun, vertikal sakrash darajasi 10-11 yoshli bolalarda 30 sm deb belgilangan (BO’SM dasturi, T.A. Zeldovich, S.A. Keraminas, 1967).
Fikrimizcha, mazkur sifatlarni shu yoshdagi bolalarda har xil darajada belgilanganligi tadqiqotchilarning tekshiruvga turlicha yondoshishi, tekshiruv shartlarini bir xilda emasligi yoki turli mintaqada yashovchi bolalarning jismoni tayyorgarligi turlicha bo’lganligi bilan bog’liqdir. Vaholanki, gandbol, voleybol, basketbol kabi sport o’yinlarida sakrovchanlik sifatlari birdek muhim ahamiyatga egadir.
Bizning tadqiqotimizda qo’llanilgan test mashqlari har bir bolada 3 martadan qabul qilinib, eng yaxshi natija tanlab olingan edi.
6 oylik pedagogik tadqiqot natijasida tajriba guruhida olingan ko’rsatkichlar nazorat guruhidagi bolalar qursatkichlariga nisbatan talaygina farq qildi. CHunonchi, agar nazorat guruhida tajriba boshlanishidan avval joydan turib vertikal sakrash 33,4 sm ga teng bo’lgan bo’lsa, tadqiqot muddati tugaganidan so’ng bu ko’rsatkich 35,2 sm ga ortdi (farq 1,8 sm). joydan turib uzunlikka sakrash shu guruhda tadqikotdan oldin 170,4 sm, tadqiqotdan so’ng 176,2 sm ga teng bo’ldi (farq 5,8 sm).
Pedagogik tadqiqot davomida sakrovchanlik va maxsus tezkorlik sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan estafetali – o’yin mashqlari bilan shug’ullangan tajriba guruhidagi bolalarda o’rganilayotgan ko’rsatkichlarning o’sish darajasi o’ta samarali rivojlanganligi kuzatildi. Jumladan, pedagogik tadqiqot boshlanishidan avval tajriba guruhida joydan turib vertikal sakrash 32,8 sm ga teng bo’lsa, tadqiqot so’nggida bu ko’rsatkich 39,3 sm (farq 6,5 sm)gacha o’sdi. Joydan turib uzunlikka sakrash – 170,4 sm dan 181,2 sm ga ortgani kuzatildi. Binobarin, pedagogik tadqiqot davomida qo’llanilgan maxsus estafetali – o’yin mashqlari sakrovchanlik va maxsus tezkorlik sifatlarini rivojlantirish borasida o’ta samarali ekanligini isbotlab berdi.
Alohida shuni ta’kidlash lozimki, tajriba guruhida shug’ullangan bolalarda nafaqat o’rganilayotgan maxsus jismoniy sifatlar tez sur’atlar bilan rivojlanganligi namoyon bo’ldi, balki bu bolalarda faollik va qiziqish alomatlari yaqqol ko’zga tashlandi, o’yin malakalarini o’zlashtirish jarayoni ancha yengil kechayotgani kuzatildi.


Download 27.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling