Mavzu: Yosh gandbolchilarni tanlab saralash metodikasini ilmiy asoslash Reja: Gandbolchilarni tayyorlashda jismoniy
Download 27.47 Kb.
|
Yosh gandbolchilarni tanlab saralash metodikasini ilmiy asoslash
Xulosa va amaliy tavsiyalar
Tahlil qilingan qilingan ilmiy va uslubiy adabiyotlar shundan dalolat beradiki, ko’p yillik sport trenirovkasi jarayonida yuqori malakali gandbolchilarni tayyorlash ustuvor jihatdan jismoniy sifatlarni rivojlantirish sur’atiga bog’liq. YA’ni ushbu sifatlar qanchalik shakllangan bo’lsa, shug’ullanuvchilarning yoshidan qat’i nazar texnik-taktik mahoratning o’sish darajasi shunchalik yengil kechar ekan. Bu borada sakrovchanlik va maxsus tezkorlik sifatlari texnik-taktik tayyorgarlik ko’rsatkichlari bilan uzviy bog’liqligi hamda mazkur sifatlar sport mahoratini progressiv taraqqiy etishida muhim rol o’ynashi yana bir bor e’tirof etildi. Nazorat guruhiga mansub bolalar bilan amaldagi BO’SM dasturi asosida o’tkazilgan 6 oylik mashg’ulotlar boshida va yakunida o’rganilgan sakrovchanlik va maxsus tezkorlik sifatlari sust rivojlanganligi kuzatildi. SHu muddat davomida tajriba guruhida sakrovchanlik va maxsus tezkorlik sifatlarini rivojlantirish maqsadida qo’llanilgan estafetali – o’yin mashqlari qayd etilgan sifatlarni tez sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keldi. Sinab ko’rilgan sakrovchanlik va maxsus tezkorlik sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan estafetali – o’yin mashqlari an’anaviy standart mashqlardan ustun ekanligi hamda estafetali – o’yin mashqlari o’zining emotsional mohiyati tufayli mazkur sifatlarni samarali rivojlantirish qiymatiga ega ekanligi ilmiy jihatdan asoslandi. YUqori malakali gandbolchilarni tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan ko’p yillik trenirovka jarayonidi yuqorida (2-bob) qayd etilgan estafetali – o’yin mashqlarini muntazam qo’llash nafaqat sakrovchanlik va maxsus tezkorlik sifatlarini unumli shakllantirishga imkon yaratadi, balki shu asosda texnik-taktik mahoratni qisqa muddatlarda osonroq takomillashuviga asos bo’ladi. ADABIYOTLAR 1. Karimov. I. Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T: Sharq, nashriyot-matbaa konsernining Bosh tahririyati. 1997. -378 b. 2. Karimov. I. « Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz baxt- saodati yo’lida». // Sog’lom avlod. –Tashkent, 2000. -1-son, B.2-5 . 3. Karimov I. O’zbekiston-kelajagi buyuk davlat.- T: O’zbekiston, 1992. 4. Koshbaxtiyev I.A. Povыsheniye dvigatelnix i funksionalnix vozmojnostey gandbolistov i kriterii ix otsenki. T., 1999. 5. Latыshkevich L.A., Lebed F.L. Gandbol. Kiyev, 1999. 6. Latыshkevich L.A., manevich L.R. Texnicheskaya i takticheskaya podgotovka gandbolistov. Kiyev, 1993. 7. Matveyev L.P. osnovi obshey teorii sporta i sistemы podgotovki sportsmenov. Kiyev, 1999. 8. Portnov Yu.M., Shustin B.P. Analiz sorevnovatelnoy deyatelnosti kvalifitsirovannix gandbolistov – V kn. Problemi modelirovaniya sorevnovatelnoy deyatelnosti. M., 1996. Download 27.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling